Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish tayyorgarligi fanidan konspekt


JANG OLIB BORISHNING TURLI KUNDUZIGI VA TUNGI SHAROITLARIDAGI, SHAKLLARI VA USLUBLARI


Download 1.23 Mb.
bet38/74
Sana25.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1719864
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Bog'liq
Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish

JANG OLIB BORISHNING TURLI KUNDUZIGI VA TUNGI SHAROITLARIDAGI, SHAKLLARI VA USLUBLARI
Gurux komandirinig o‘t ochishga komanda berish tartibi.
O‘t ochish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mo‘ljalni tanlash va o‘zgartuvchini kerakli o‘t ochish turiga qo‘yish, avtomat qo‘ndoini elkaga tirash, nishonga olish, tepkini bosish va o‘q otish davomida avtomatni ushlab turish. O‘q otish komandasida quyidagilar ko‘rsatiladi: kim otishi, nishon, mo‘ljal, o‘t ochish turi va nishonni mo‘ljalga olish nuqtasi. Masalan: «Falonchiga, ko‘krak nishoniga qarata, 3, bittadan, nishon ostiga qarata - O‘T OCH».
Mo‘ljalni o‘rnatish uchun avtomatni o‘ziga yaqinlashtirib, o‘ng qo‘lning bosh va ko‘rsatkich
barmoqlari bilan xomut qisgichini bosib, uni old qismi mo‘ljal plankasining kerakli chiziiga moslanguncha siljitiladi. Mabodo, doimiy mo‘ljal doimiy («P») aytilgan bo‘lsa, uni to‘g‘ri turganligi tekshiriladi.
O‘zgartuvchini kerakli o‘t ochish turiga o‘rnatish uchun uni egik joyidan o‘ng qo‘lning bosh barmoi bilan pastga, birinchi ‘olatga - avtomatik otish uchun, ikkinchi ‘olatga - bittadan otish uchun tushiriladi.
Avtomatni elkaga tirash uchun nishonni ko‘zdan qochirmagan xolda chap qo‘l bilan avtomatning sevyosidan yoki o‘qdonidan, o‘ng qo‘l bilan esa, pistolet ushlagichdan ushlab, qo‘ndoqning tagi elkaga to‘liq tushmaguncha o‘ziga tortiladi. Ko‘rsatkich barmoq otish tepkisiga qo‘yiladi. Bunda qo‘l tirsaklari elka kengligida erga qo‘yiladi, bosh bir oz oldinga egiladi, bo‘yin zo‘riqtirilmasdan, o‘ng yuz qo‘ndoqqa yopishtiriladi.

YOtib otganda qo‘ndoqni tirash va avtomatni ushlab turish:


a-chap qo‘l bilan sevyodan ushlab; b-chap qo‘l bilan o‘qdondan ushlab
Qo‘ndoqning tagi o‘rta qismi bilan elkaga to‘la-to‘kis tushishi kerak. Qo‘ndoq tiralganini to‘g‘ri-noto‘g‘riligi bilish uchun o‘ng qo‘l elka balandligida yon tomonga uzatiladi. Agar qo‘ndoqni tirash noto‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, unda qo‘l ko‘tarilganda qo‘ndoq pastga yoki tepaga siyanib ketadi.
Mo‘ljalga olish bitta ko‘z bilan amalga oshiriladi. Qaysi ko‘z bilan mo‘ljalga olish muammosi boshqaruvchi ko‘zni aniqlash bilan echiladi. Buning uchun qooz bo‘lagida 2,5 - 3 santimetrli diametrdagi doira qilinadi va oldga uzatilgan qo‘lda qooz tik xolda, boshni esa qimirlatmasdan ushlanadi. Keyin ikkala ko‘z bilan doiralar orqali yoru fonga o‘rnatilgan nishonga qaraladi. So‘ngra navbat bilan o‘ng va chap ko‘zlar yumiladi va nishon kuzatiladi. Agar chap ko‘zni yumganda nishon ko‘rinsa, o‘ng ko‘zni yumganda esa nishon qooz ortiga berkinsa va ko‘rinmasa, unda otuvchining boshqaruvchi ko‘zi bo‘lib o‘ng ko‘z ‘isoblanadi yoki aksincha.
Mo‘ljalga olish uchun boshqaruvchi ko‘z bilan mo‘ljalning kesigi orqali mushkaga shunday qarash kerakki, mushka kesikning o‘rtasida, uning tepasi esa nishon plankasi grivkasining tepa qismi bilan teng bo‘lishi, ya’ni to‘g‘ri mushka bo‘lishi kerak (48-rasm,b). Nafasni chiqarmay ushlab turgan xolda tirsaklar, zarur bo‘lsa, gavda yoki oyoqlarni siljitib, to‘g‘ri mushkani nishonga olish nuqtasiga to‘g‘rilanadi. Bir vaqtning o‘zida ko‘rsatkich barmoqning birinchi payi bilan otish tepkisi bosiladi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling