Mashg‘ulot 2 (2/2-soat, amaliy). Otish qoidalari, ularning mo‘ljallanishi va mohiyati.
Tog‘ hududlaridagi, ko‘rinish cheklangan sharoitlardagi (tunda, tumanda, qorda, yomg‘irda) va suv yuzasidagi nishonlarga otish qoidalari.
Esga olishni osonlashtiradigan (mnemonik) dala otish qoidalari. Vazifalar yechish.Granatomyotni otishga tayyorlash tartibi. Otish paytida shartli tutilishlar va ularni baratarf etish usullari.
Mashg‘ulot 3 (6/6-soat, amaliy)*. O‘q otar qurollaridan boshlang‘ich otish mashqini bajarish.
Boshlang‘ich otish mashqini amaliy bajarish.
Mavzu 14. BTR – 80 (BTR-82) qurol-aslaxasi (to‘p), o‘qotar qurollar va granatomyotlarni normal otish holatiga keltirish tartibi va qoidasi. (4 soat).
Mashg‘ulot 1 (2-soat, ma’ruza). BTR – 80 (BTR-82) qurol-aslaxasi (to‘p), o‘qotar qurollar va granatomyotlarni normal otish holatiga keltirish tartibi va usullari.
Nazorat - to‘g‘rilash va nazorat-otib ko‘rish nishonlari ularni mo‘ljallanishi, tuzish tartibi va ulardan foydalanish. Qurol-yarog‘lardan foydalanishni tashkil etishn va uning mohiyati. O‘qning yoyilish (jamlanish) gabariti, o‘rtacha tegish nuqtasini aniqlash usullari, o‘rtacha tegish nuqtasining nazorat nuqtasidan og‘ishi. Qurol-yarog‘lardan foydalanish bo‘yicha bo‘linma komandirlarining majburiyatlari. Bo‘linmalardagi qurol-yarog‘larni saqlanishi va texnik holatini baholash mezonlari.
Mashg‘ulot 2 (2-soat, amaliy). Jangovar mashinalar qurol-yarog‘lari kompleksini jangovar qo‘llashga tayyorlash.
Pulemet (to'p)larni normal otish holatiga keltirish tartibi va usullari. Pulemet (to'p)larni Nazorat - to‘g‘rilash va nazorat-otib ko‘rish nishonlari yordamida normal otish holatiga keltirish tartibi. Uzoq nuqtadagi nishon yordamida pulemet (to'p)larni normal otish holatiga keltirish. Qurolni (avtomat, pulemyot, to‘p) normal otish holatiga keltirish qoidasi va tartibi. Nazorat - to‘g‘rilash va nazorat-otib ko‘rish nishonlari ularni mo‘ljallanishi, tuzish tartibi va ulardan foydalanish. Xavfsizlik choralari.
Qurol-yarog‘larni saqlanishi. Rahbariy hujjatlar va umumiy qoidalar. Saqlash turlari, ularni qo‘llash sharoitlari. Uzoq va qisqa saqlashga qo‘yishda bajariladigan ishlar ro‘yxati va tartibi. Qurol-yarog‘larni saqlashdan yechish va ularni jangovar holatga keltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |