Nsvt pulemyoti


Download 0.6 Mb.
Sana25.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1120832
Bog'liq
Касимов макола


JANGOVAR TANKLARGA MO‘LJALLANGAN “NSVT PULEMYOTI”NING BOSHQARUVINI AVTOMATLASHTIRISH


Podpolkovnik, Kosimov Odiljon Olimjonovich
CHOTQMBY, “Texnik ta’minot” kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari


Annotatsiya. Maqolada Tank komandiri xavfsizligini ta’minlash, pulemyot boshqaruvini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilmani ishlab chiqish taxlil etilgan.
Kalit so‘zlar. Tank, bashniya, pushka, minora, pulemyot, avtomatlashtirish, xavfsizlik.


Kirish. Malumki hozirgi tanklarda ekipaj soni asosan 3-4 tani tashkil etadi. Bunda tarkib komandir, mexanik-haydovchi, mo‘ljalga oluvchi va o‘qlovchilardan tashkil topadi. Jang vaqtida asosan tarkib tankning ichida faoliyat ilob boradi. Lekin shahar sharoitida yuz berishi mumkin bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlarni bartaraf qilish, havodagi past uchuvchi nishonlarni yo‘q qilish zarurati tug‘ilganda komandir tank minorasi (bashnya)dagi NSVT pulemyotdan foydalanadi.

Komandir pulemyotining ko‘tarilish burchagi tank pushkasiga nisbatan anchagina kattaroq bo‘lib shahar sharoitida yuz berishi mumkin bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlarni bartaraf qilish uchun tanklardan foydalanishga to‘g‘ri kelganda, ko‘p qavatli binolarda joylashib olgan dushmanni tank pushkasi va unga juftlashtirilgan PKT pulemyoti bilan nishonga olishning umuman iloji yuq chunki ularning vertikal harakatlanish burchagi -5 gradusdan +15 gradusgachqa bo‘lgan oraliqni tashkil etadi. Tank minorasida (bashniya ustida) joylashgan komandir foydalanishi uchun mo‘ljallangan NSVT pulemyotida esa bu korsatgich -5 gradusdan +75 gradusgacha shuning uchun ushbu shahar sharoitidagi yuz berishi mumkin bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlarni bartaraf qilish uchun tanklardan foydalanilganda tankda joylashgan qurollardan samaradorligi jihatdan eng kattasi bu NSVT pulemyoti hisoblanadi.

Ushbu pulemyotdan o‘t ochish vaqtida komandir dushman o‘qlaridan himoyalanmagan vaziyatda bo‘ladi, ya’ni dushman o‘qchi va merganlari qiyinchiliksiz komandirni o‘qqa tutishi mumkin. Bu esa bunday vaziyatlarda ayniqsa pulemyotni o‘qlash jarayonida komandirning ishini yanada murakkablashtiradi.
Bu muammo ko‘pgina tanklarda mavjud. Masalan AQSh ning “M1 ABRAMS” tankida ham komandir tank minorasiga o‘rnatilgan pulemyotidan foydalanayotgan vaqtda dushman o‘qlaridan himoyalanmagan vaziyatda bo‘ladi

Ushbu muammoni hal qilishga qaratilgan bir necha ishlanmalarni ko‘rishimiz mumkin. Bu ishlanmalarda asosan tank bashniyasi ustiga qo‘shimcha pulemyot bashniyasini o‘rnatish orqali muammoni hal qilishga qaratilgan. Ammo bunday ishlanmalar ko‘p hollarda o‘zini oqlamagan, chunki bunday qo‘shimcha bashnyalar asosiy bashnya bilan birga burilishi hamda o‘t ochish burchak kengliklari ancha kam bo‘lgan va asosiy bashnya qayerga qaratilgan bo‘lsa o‘sha tomondagi dushmanlarga o‘t ocha olgan xolos. Ba’zi bir namunalarda bu bashnya o‘zi erkin holda 360 gradusda aylana olgan holda ham uning aylaninsh tezligi sezilarli darajada past bo‘lgani uchun samaradorligi kam bo‘lgan. Xuddi shunday muammo T-72 tankida ham mavjud bo‘lib, tankining pulemyoti tashqaridan boshqariladi va o‘qlanadi.
T-72 tankining NSVT pulimyoti tank komandiri uchun mo‘ljallangan va ekipaj tarkibi uch kishidan iborat, unda o‘qlash mexanizimining mavjudligi va o‘qlash mexanizimi snaryadlarni avtomatik tarizda o‘qlaydi. T-62 tankida esa ekipaj soni to‘rtta va NSVT pulemyoti o‘rniga DSHKA pulemyoti o‘rnatilgan bo‘lib u tank komandiri minorasida emas balki o‘qlovchi minorasida joylashgan.

Shu sababli bir vaqtning o‘zida PUSHKA va DSHKA pulemuotidan foydalanishning imkoni yo‘q ya’ni o‘qlovchi bir vaqtning o‘zida PUSHKAni o‘qlash va DSHKA pulemuotidan mo‘ljalga olish shuningdek otish amallarini bajarishining imkoni yo‘q. Ushbu vaziyatda bizning fikrimizcha komandir pulemyotini bashnya ichidan turib boshqarish komandir uchun ancha qulay va xavfsiz yechim bo‘la oladi. Buning uchun asosiy bashnya ustiga qo‘shimcha bashnya o‘rnatmasdan pulemyotni ichkaridan boshqariladigan mexanik va avtomatik mexanizmni ishlab chiqish zarur bo‘ladi.



Bunda pulemyotni boshqarish va qayta o‘qlash asosan avtomatik, zaruriy hollarda esa mexanik tarzda amalga oshiriladi. Bu yechimning afzalligi pulemyotni xavfsiz xoxlagan tomondagi nishonga tezda to‘g‘irlash va o‘t ochish imkoniyati yaratiladi.
Ushbu qurilmani ishlab chiqish natijasida quyidagi natijalarga erishish mumkin:
- bo‘linmalarda jangovor shaylik darajasi yanada ortadi, shuningdek jangovor vazifani muvofaqiyatli bajarish imkoniyati yuksaladi.
- tank komandiri xavfsizligi ta’minlanadi. Bu esa doimiy ravishda boshqaruv komandir ixtiyorida bo‘lishini ifoda etadi.
- NSVT pulemyotini boshqarishda bir qancha qulayliklar yaratadi. Jumladan uni nishonga tezda yo‘naltirish va aniq mo‘ljalga olib otishni
- yon atrofni gorizontal yo‘nalishda 360ºga va vertikal yo‘nalishda -5º dan +75º gacha kuzatish va nazorat qilish imkoniyati vujudga keladi.
- mexanik haydovchi tomonidan tankni harakatlantirish vaqtida, paydo bo‘lgan murakkab to‘siqlardan o‘tish va ort bilan harakatlanish komandir ko‘rsatmalari orqali muvofaqiyatli amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni takidlash joizki mana shu kabi yechimlar orqali Qurolli Kuchllarimiz tarkibidagi harbiy texnikalarning jangovor imkoniyatlari va ko‘rsatgichlarini oshirib borish zarurdir. Zero har qanaqangi davrda ham mavjud harbiy qurollar va zirxli texnikalarni modernizatsiyalashtirish hamda ularni takomillashtirib borish har bir harbiy muhandisning eng muhim vazifasi va maqsadi bo‘lmog‘i zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. G. V. Arjanuxin., A. I. Mamleev., V. I. Medvedkov. Zirhli tank texnikasi nazariya va qurilish asoslari.

  2. Tugolukov L. M., Savelev S. V., Golosov M. D., Odnourov A. N., Semechkina V. A. Texnik qo‘llanma.




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling