1. Zirhli mashinalar Bronetransportyorlar.
Zirhli mashinalar.
Bronetransportyorlar. BTR-70. Bronetransportyor jangovar g‘ildirakli, zirhlangan, suza oladigan, yengil zirhlangan nishonlarni zararlaydigan, 14,5 mm.li katta kalibrli pulemyot va u bilan juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyotiga ega.
BTR-70 bronetransportyori.
Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 13600 kg. Eng yuqori tezligi 80— 90 km.s, suzishdagi eng yuqori tezligi — 9,5 km.s, shosseda yurish zaxirasi — 600 km, yonilg‘i zaxirasi — 300 litr (benzin), nishablik burchagi — 30°, kren — 25°, BTR o‘ta olishi mumkin bo‘lgan chuqurlik kengligi — 2 m, BTR o‘ta olishi mumkin bo‘lgan to‘siq (devor) — 0,5 m, ekipaji (desant) — 3 (8).
BTR-80. Bronetransportyor jangovar g‘ildirakli, zirhlangan, suza oladigan, yengil zirhlangan nishonlarni zararlaydigan, 14,5 mm.li katta kalibrli pulemyot va u bilan juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyotiga ega.
BTR-80 bronetransportyori.
Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 13600 kg, shossedagi eng yuqori tezligi — 90 km.s, suzishdagi eng yuqori tezligi — 9,5 km.s, shosseda yurish zaxirasi — 600 km, yoqilg‘i zaxirasi — 300 litr (dizel yoqilg‘isi), nishablik burchagi — 30°, kren — 25°, o‘ta olishi mumkin bo‘lgan chuqurlik kengligi — 2 m, o‘ta olishi mumkin bo‘lgan to‘siq (devor) — 0,5 m, ekipaji — 3 kishi, desant — 8 kishi.
2.Piyodaning jangovar mashinalari.
BMP-1. Piyodaning jangovar mashinasi—motoo‘qchi bo‘linmalar bilan jang olib borish uchun mo‘ljallangan. U olovli qudratlilikni, shaxsiy tarkibning jang maydonida himoyalanishi va harakatchanligini birmuncha oshiradi hamda vaziyat ning har xil sharoitlarida muvaffaqiyatli harakatlanishga imkon yaratadi. Jangovar mashina o‘qqa va o‘q parchalariga qarshi zirhga, ommaviy qirg‘in qurollaridan jamoaviy himoyalanish tizimiga, issiqlik va tutun apparaturalariga yuqori manyovrchanlikka ega. U suvli havzalarni suzib o‘tishi va havo orqali zararlangan uchastkalar, vayronalar va har xil to‘siqlardan o‘ta olishi mumkin. BMP-1 tankka qarshi boshqaruvchi raketalar (TQBR), 73 mm.li silliq stvolli tankka qarshi to‘p va unga juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyoti bilan qurollangan .
Do'stlaringiz bilan baham: |