Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Motoo‘qchi seksiyasining tashkiliy tarkibi, hal etiladigan jangovar vazifalari, uning qurol-ashahasi va imkoniyatlari


Download 3.78 Mb.
bet2/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

2. Motoo‘qchi seksiyasining tashkiliy tarkibi, hal etiladigan jangovar vazifalari, uning qurol-ashahasi va imkoniyatlari.
Motoo‘qchi seksiyasi motoo‘qchi guruhi tarkibiga kirib, u seksiya koman diri — serjant, granatomyotchi, uning yordamchisi, pulemyotchi, o‘qchi, mexanik-haydovchi, mo‘ljalga oluvchi-operatordan iborat. Barcha shaxsiy tarkib — yetti kishi. Qurol-ashahasi: BMP (BTR) — 1 ta, RPG-7 — 1 ta, RPK-74 (PK)—1 ta, qolgan shaxsiy tarkib AK-74 avtomati bilan qurollangan. Motoo‘qchi seksiya front bo‘yicha 80 metrgacha bo‘lgan pozitsiyani mudofaa qilishi mumkin. Bunda u asosiy va zaxira (vaqtinchalik) o‘t ochish vositalari uchun pozitsiyalarga ega. Bu qo‘shni seksiyalar bilan birgalikda guruhning tayanch punkti qanotlari va front oldida dushmanni o‘t ochib, yo‘q qilish imkonini beradi. Seksiya tog‘larda mudofaani olib borishi mumkin.
AK-74 avtomati.
Kalashnikov (PK) pulemyoti.

U yerdagi pozitsiya o‘pirilishlar va ko‘chishlar imkoni bo‘lmagan joylardan shunday hisob kitob bilan tanlanadiki, dushmanni ko‘p qavatli, qanotdan, kesishma va sidirg‘asiga kesib otish bilan zararlashni, o‘lik (otilmaydigan) bo‘shliqlar bo‘lmashigini ta’minlashi kerak. Seksiya cho‘l hududlarida jangovar vazifalarni bajarayotganda, yuqori havo harorati sharoitida ishlayotgan jangovar va boshqa texnikaning ishlash rejimiga rioya qilishi, sovituvchi suyuqliklar zaxirasiga hamda shaxsiy tarkibning issiqlik urishi holatlariga yo‘l qo‘ymashigiga asosiy diqqat qaratiladi. Hujumda motoo‘qchi seksiyaga hamla obyekti va keyinchalik hujum qilish yo‘nalishi ko‘rsatiladi. Motoo‘qchi bo‘linmalar quyidagi o‘qotar qurollar turiga ega: AK-74, Kalashnikov qo‘l pulemyoti (RPK-74), Kalashnikov pulemyoti (PK), SVD merganlik miltig‘i va PM pistoletlari. Qurollanishda tankka qarshi RPG-7 (RPG-7D) qo‘l granatomyotlari bo‘lishi mumkin. 7,62 mm.li Kalashnikov (PK) pulemyoti otishda qulayligi uchun tirgakka ega. Lentali quti sig‘imi—100 yoki 200 (250) patronni tashkil etadi.




RPG-7 — 6,3 kg.
Taktik-texnik tavsifi. Otishning mo‘ljalga olish masofasi — 1500 m, to‘g‘ridan to‘g‘ri otish uzoqligi: ko‘krak qiyofali nishon bo‘yicha — 400 m, yuguruvchi nishon bo‘yicha — 650 m, jangovar tezotarligi daqiqasiga — 250 ta. Mo‘ljallab otish uzoqligi—500 m, jangovar tezotarligi daqiqasiga 4—6 ta. Optik mo‘ljallagichga ega granatomyotning og‘irligi: RPG-7 — 6,3 kg, o‘q-dorisining (granata porox zaryadi bilan) og‘irligi PG-7V — 2,2 kg.



Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling