Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Download 3.78 Mb.
bet3/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

3. O‘zbekiston Respublikasi qo‘shinlarining qurol-ashaha va harbiy texnikalari (zirhli mashinalar, tanklar, jangovar vertolyotlar, samolyotlar va artilleriya vositalari)
Zirhli mashinalar Bronetransportyorlar. BTR-70. Bronetransportyor jangovar g‘ildirakli, zirhlangan, suza oladigan, yengil zirhlangan nishonlarni zararlaydigan, 14,5 mm.li katta kalibrli pulemyot va u bilan juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyotiga ega.
7,62 mm.li PKT.

Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 13600 kg. Eng yuqori tezligi 80— 90 km.s, suzishdagi eng yuqori tezligi — 9,5 km.s, shosseda yurish zaxirasi — 600 km, yonilg‘i zaxirasi — 300 litr (benzin), nishablik burchagi — 30°, kren — 25°, BTR o‘ta olishi mumkin bo‘lgan chuqurlik kengligi — 2 m, BTR o‘ta olishi mumkin bo‘lgan to‘siq (devor) — 0,5 m, ekipaji (desant) — 3 (8). BTR-80. Bronetransportyor jangovar g‘ildirakli, zirhlangan, suza oladigan, yengil zirhlangan nishonlarni zararlaydigan, 14,5 mm.li katta kalibrli pulemyot va u bilan juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyotiga ega.


Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 13600 kg, shossedagi eng yuqori tezligi — 90 km.s, suzishdagi eng yuqori tezligi — 9,5 km.s, shosseda yurish zaxirasi — 600 km, yoqilg‘i zaxirasi — 300 litr (dizel yoqilg‘isi), nishablik burchagi — 30°, kren — 25°, o‘ta olishi mumkin bo‘lgan chuqurlik kengligi — 2 m, o‘ta olishi mumkin bo‘lgan to‘siq (devor) — 0,5 m, ekipaji — 3 kishi, desant — 8 kishi. Piyodaning jangovar mashinalari. BMP-1. Piyodaning jangovar mashinasi—motoo‘qchi bo‘linmalar bilan jang olib borish uchun mo‘ljallangan. U olovli qudratlilikni, shaxsiy tarkibning jang maydonida himoyalanishi va harakatchanligini birmuncha oshiradi hamda vaziyat ning har xil sharoitlarida muvaffaqiyatli harakatlanishga imkon yaratadi. Jangovar mashina o‘qqa va o‘q parchalariga qarshi zirhga, ommaviy qirg‘in qurollaridan jamoaviy himoyalanish tizimiga, issiqlik va tutun apparaturalariga, yuqori manyovrchanlikka ega. U suvli havzalarni suzib o‘tishi va havo orqali zararlangan uchastkalar, vayronalar va har xil to‘siqlardan o‘ta olishi mumkin. BMP-1 tankka qarshi boshqaruvchi raketalar (TQBR), 73 mm.li silliq stvolli tankka qarshi to‘p va unga juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyoti bilan qurollangan.
Taktik-texnik tavfisi. Jangovar og‘irligi — 13200 kg, ekipaji — 3 kishi (komandir, mo‘ljalga oluvchi-operator, mexanik-haydovchi), desant — 8 kishi, quruqlikdagi eng yuqori tezligi — 60 km.s, suvdagi tezligi — 7 km.s, shosseda yurish zaxirasi 550—600 km, bosib o‘tuvchi ko‘tarilish — 35°, chuqur kengligi — 2,5 m, devor balandligi — 0,7 m. BMP-2. Piyodaning jangovar mashinasi—motoo‘qchi bo‘linmalar bilan jang olib borish uchun mo‘ljallangan. U olovli qudratlilikni, shaxsiy tarkibning jang maydonida himoyalanishi va harakatchanligini birmuncha oshiradi hamda vaziyatning har xil sharoitlarida muvaffaqiyatli harakatlanishiga imkon yaratadi. Jangovar mashina o‘qqa va o‘q parchalariga qarshi zirhga, ommaviy qirg‘in qurollaridan jamoaviy himoyalanish tizimiga, issiqlik va tutun appara turalariga, yuqori manyovrchanlikka ega. U suvli havzalarni suzib o‘tishi va havo orqali zararlangan uchastkalar, vayronalar va har xil to‘siqlardan o‘ta olishi mumkin. BMP-2 30 mm.li avtomatik to‘p, 7,62 mm.li PKT pulemyoti, tankka qarshi boshqariluvchi raketa uchun uchirish qurilmasi bilan qurollangan. Jangovar jamlanma 30 mm.li to‘p uchun 500 ta o‘q-dori, 7,62 mm.li PKT pulemyoti uchun 2000 ta patron, 4 ta PTURdan iborat.

Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 14000 kg, ekipaji — 3 kishi (komandir, mo‘ljalga oluvchi-operator, mexanik-haydovchi), desant — 7 kishi, uzunligi — 6710 mm, quruqlikdagi eng yuqori tezligi — 65 km.s, suvdagitezligi 6—7 km.s, shosseda yurish zaxirasi — 550 km, bosib o‘tuvchi ko‘ta rilishi — 35°, chuqur kengligi — 2,5 m, devor balandligi — 0,7 m.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling