Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


M17-Mavzu: Harbiy topografya. Joyda xaritasiz mo‘ljal (oriyentir) olish mavzusi bo‘yicha mashgulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ushubiyoti


Download 3.78 Mb.
bet5/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

M17-Mavzu: Harbiy topografya. Joyda xaritasiz mo‘ljal (oriyentir) olish mavzusi bo‘yicha mashgulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ushubiyoti.
Reja:
1.Ufq tomonlarini aniqlash. Turgan joy haqida axborot.
2.Magnit azimuti va joydagi predmetlar bilan oriyentirlanish. Azimut bo‘ylab harakatlanish.
Tayanch iboralar:
Oriyentirlash, ufq, jangovar, xarita, topografik, shimol-janub, kompas, predmet, azimut, о‘rmon, magnit, strelka.
1.Ufq tomonlarini aniqlash. Turgan joy haqida axborot.
Joyda oriyentirlanish — bu ufq tomoniga nisbatan o‘zining o‘rnashgan joyini, joylanish holatini aniqlashda, joy predmetlarini ajratib va aniq izchil ko‘rsatilgan yoki tanlangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish. Ko‘rinish holati chegaralangan, notanish bo‘lgan o‘rmon joylarda, jangovar vazifa larni muvaffaqiyatli bajarishda, bilimdonlik va epchil harakatlar qilish, joyni aniq oriyentirlash talab qilinadi. Joyda oriyentirlashni topografik xaritalar yordamida va xaritasiz amalga oshirsa bo‘ladi. Joyni xaritasiz mo‘ljalga olishda, odatda, ufq tomonlarini aniqlay bilish kerak bo‘ladi.

Ufq tomonlarini aniqlash Joyning qanday tavsifidan qat’i nazar, kunning vaqti va ufq tomon larining ko‘rinish holati, kompas, quyosh holati, quyosh va soat bilan, qutb yulduzlari, joyning buyum belgilari va boshqa usullarni qo‘llash bilan aniqlanadi. Kompas bilan tomonni aniqlashda, shimol-janub bo‘ylamasida joylashgan magnit meridianidagi magnit millari asosiy xususiyatlarni ishlash jihatiga bog‘liq bo‘lib, boshlashdan oldin mushkani nolidan limba (burchak o‘lchagich asboblarida darajaga bo‘lingan doira) simlarga ajratiladi. Buning bilan birga, kompas gorizontal holatda o‘rnatiladi va millar to‘xtatiladi. Kompasni burib, magnit milining shimol tomonidagi oxiri nol bilan limba ajralgan joyiga qarama-qarshi bo‘lishiga erishish kerak. Kompasni mo‘ljal olish holati bo‘yicha mil yo‘nalishlari nol bilan limba bo‘lingan tomoni shimol yo‘nalishida turadi. Bundan keyin kompasning kesishgan joyi va mushkasi joydagi predmetga to‘g‘rilanadi, so‘ngra ko‘rsatmasidan foydalaniladi. Shimol yo‘nalishlarini bilish bilan birga, ufq tomonlarini aniqlash oson bo‘ladi. Ufq tomonlarini aniqlash maqsadida, quyosh holatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Shimoliy yarimsharda taxminan: 7.00 da (yozda 8.00 da) — sharqda, 18.00 da (14.00 da) — janubda, 19.00 da (20.00 da) — g‘arbda bo‘ladi. Quyosh va soat bilan ufq tomonlarini (83-rasm) aniqlash uchun, soat gorizontal holatda o‘rnatiladi, bu bilan soat mili quyosh yo‘nalishida bo‘lishi kerak, keyin soatni shu holatda ushlab turib, xayolda soat millari burchagi va raqamlari o‘rtasida bo‘linadi. Olingan to‘g‘rilik janubga harakatlanishiyaqinlashganini ko‘rsatadi. Kunning yarmigacha aylanma yoyini o‘rtasidan bo‘lib, soat millari 13.00 (14.00)dan, kunning yarmidan keyin esa, aylanma yoyi 13.00 (14.00)dan o‘tganda bo‘linadi. Ufq tomonlarini qutb yulduzlariga qarab aniqlash maqsadida,

osmondagi yulduzlar orasida Katta ayiq (Katta yetti og‘ayni) yulduzini topish zarur. Keyin esa, ikki cho‘mich yulduzi o‘rtasidan, xayolan to‘g‘ri kesib (a va b), kengaygan qismi tomonigacha kuzatish davom ettiriladi va besh marta ajratiladi (84-rasm). Olingan nuqta qutb yulduzlari tartibini ko‘rsatadi, qaysiki, yulduzlar Kichik ayiq (Kichik yetti og‘ayni) yulduzi bilan birga chiqadi va har doim shimolga harakatlanishda bo‘ladi.

Joydagi predmetlar belgilari orqali ufq tomonlarini aniqlash maqsadida, joydagi predmetlar quyosh yo‘nalishi tartibida aniqlanadi. O‘rmonlardagi chumoli uyalari janubga tikka tushgan bo‘ladi; o‘t o‘lanlar va boshqa daraxt mevalari o‘z ko‘rinishini janub tomonga qarab jilovlantiradi. Janubga qarab turlanishda esa, bahorda qor shimolga nisbatan janubda tez eriydi. Nasroniy ibodatxonalari va protestantlar xochi hamma vaqt sharqqa, musulmonlar ibodat qiluvchi machit qubbalaridagi oylar janubiy-g‘arbga yo‘nalgan bo‘ladi. Gumbaz qismidagi xochlar shimol va janub yo‘nalishlari tomoniga intiladi. Ko‘rsatilgan to‘siq xochlari shimolga yo‘naltiriladi.Turgan joy haqida axborot O‘zining turgan joyi haqida (nuqta joyini) axborot joyning buyumlariga bog‘liq bo‘lib, ufq tomonlarini aniqlash (mo‘ljallash)da, joy buyumini aytishda axborot qiluvchi bevosita o‘sha yerda bo‘lishi, joyning buyumlar masofasigacha (mo‘ljallar) ufq tomonlarini ko‘rsatuvchi yo‘nalishlarni aniqlaydi. Masalan, o‘rmonning shimoliy chekka qismidan: shimolda 600 m—zavod quvuri, g‘arbda 200 m — qishloq, janubda 300 m—daryo, sharqda 500 m—yo‘l. Magnit azimuti va joydagi predmetlar bilan oriyentirlanish Azimut bo‘ylab harakatlanishda, mohirlik bilan kompas yordamida ko‘rsatilgan yoki belgilangan yo‘nalish bo‘yicha tayinlangan punktga aniq chiqish bilan ahamiyatlidir. Joydagi predmet bo‘yicha aniqlashda, odatda, magnit azimutdan foydalaniladi. Ular ufqqa yo‘naltirilgan burchak bo‘lib, harakatlanishda soat millarining shimoliy meridian yo‘nalishidan predmetgacha bo‘lgan yo‘nalishi hisoblanadi. Bu 0° da 360° gacha ahamiyatga ega bo‘ladi. Magnit azimutini aniqlash maqsadida, joydagi predmetga kompas yordamida, predmetga yuz tutgan holatda turib, kompasni mo‘ljal olinadi. Keyin esa, mo‘ljallangan holatda kompasni ushlab turib, o‘lchash asboblariga qo‘yib, o‘lchash yo‘llarini bo‘lib, yo‘nalishga to‘g‘rilashi kerak. Shu holatda limba (burchak o‘lchagich asboblaridan gradusharga bo‘lingan doira)ga qarshi mushka, magnit (to‘g‘ri) azimut (yo‘nalishi) bo‘yicha joydagi predmetlarning o‘lchamini ko‘rsatadi.




Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling