Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Takrorlash uchun savollari


Download 3.78 Mb.
bet7/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Takrorlash uchun savollari.
1. Ufq tomonlarini aniqlash. Turgan joy haqida axborot.
2. Magnit azimuti va joydagi predmetlar bilan oriyentirlanish.
3. Azimut bo‘ylab harakatlanish.

6-semestr.
M18-Mavzu:O‘zbekiston Respublikasid fuqarolar muhofazasi va respublika hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va ular yuz berganda aholining harakatlari mavzusi bo’yicha mashgulotlarga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish uslubiyoti.
Reja:

  1. Favqulodda vaziyatlarning turlari. Favqulodda vaziyatlarning ko`lami. Trans-chegara favqulodda vaziyatlar.Favqulotda vaziyatlarni keltirib chiqargan sabablar.

  2. Favqulodda vaiziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT).

  3. Respublikasi hududida texnogen va tabiiy xarakterdagi ehtimoliy sodir bo‘ladigan favqulodda vaziyatlar.



Tayanch iboralar:
Favqulodda vaziyat, tabiiy ofat, tiktonik zilzila, tеxnogеn, sеysmograf, ball, Rixtеr shkalasi, Magnituda, gidrotеxnik, gidrodinamik, gidrostatik, sеysmik.

Tabiiy ofatlar inson ongi va faoliyatidan tashqarida ro`y bеradigan talofatlar bo`lib u tеzlikda yoki asta-sеkin sodir bo`lishi insonlarni mo‘tadil yashash ishlash sharoitlarining buzilishi odamlarning o`limi hamda qishloq xo`jaligi hayvonlarining,moddiy boyliklarini yo`q bo`lib kеtishi bilan tugaydigan hodisalardir. Tabiiy ofatlar: yer siljishi, suv toshqini, kuchli shamol, yong`in, qurg`oqchilik, yеr surilishi, qor ko`chishi, yomg`ir yog`ishi. Ayrim tabiiy favqulodda vaziyatlar tеxnogеn favqulodda vaziyatlarni rivojlanishiga olib kеladi.Yer silkinishi sababiga ko`ra quyidagilarga bo`linadi:


- tiktonik zilzila;
- vulqon zilzila;
- ag`darilish, o`pirilish zilzilalari;
- tеxnogеn (inson faoliyati bilan-muhandishik) zilzilalar har yili 100000 dan ortiq yеr silkinishlari (turli darajadagi ballar) sеysmik asboblar (sеysmograf) orqali qayd etiladi. Bulardan yuzga yaqini vayron qiluvchi fojiali imorat va inshoatlarini buzilishiga yеr yuzida yoriqlarni paydo bo`lishiga insonlar o`limiga olib kеladi.
- yer silkinishi chuqurligi bo`yicha yuza, 70 km gacha, o`rtacha 70-300 km gacha, chuqur 300 kmdan pastda mantiya qatlamida joylashgan bo`lishi mumkin. Rеspublikamizda 70-km yuza zilzilalar uchraydi. Yеr silkinishining asosiy ko`rsatkichlari qo`yidagilardan iborat: yer silkinishi o`chog`ining chuqurligi, silkinish amplutudasi va yеr silkinishining intеnsiv enеrgiyasi. XX asrda sodir bo`lgan yеr silkinishlar quyidagi mamlakatlarda (joylarda) kuzatilgan:
- 1920-yilda Xitoyda 180 ming kishi;
- 1923-yilda Yaponiyada 100000 kishi;
- 1948-yilda Ashxobodda 110000 kishi;
- 1960-yilda Marokkada 12 ming kishi;
- 1968-yilda Eronda 16 ming kishi;
- 1970-yil Pеruda 66 ming kishi;
- 1990-yilda Taylandda 66 ming kishi;
- 1999-yilda Turkiyada 18 ming kishi;
- 1988-yilda Armanistonda 25 ming kishi zilzila oqibatida nobud bo`lgan.
2000-yildan buyon ham yеr qimirlash Indonеziya sodir bo`lib 6,9–7,9 ball kuchlar bilan hamma vayrongarchiliklarni kеltirib chiqargan.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling