Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti
Magnit azimuti va joydagi predmetlar bilan oriyentirlanish. Azimut bo‘ylab harakatlanish
Download 3.78 Mb.
|
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023
2.Magnit azimuti va joydagi predmetlar bilan oriyentirlanish. Azimut bo‘ylab harakatlanish.
Qaytish azimuti — bu joydagi predmetdan turish nuqtasigacha bo‘lgan yo‘nalishdir. To‘g‘ri azimutdan 18.00 dan oshiq bo‘lsa, undan ayirib, hisoblab aniqlanadi. Joyning tomon yo‘nalishlarini magnitli azimutga mushka ko‘rsatkichlari o‘rnatib hisoblanadi, topshirilgan magnit azimut tengligi aniqlangan holda kompas orqali mo‘ljallanadi. Keyin esa, kompasni mo‘ljallagan tartibda ushlab, joy o‘lchamida uzoqlashtirilgan buyum o‘lchanib, mushkasidan kesiladi. Bu buyum bo‘yicha yo‘nalishi kerak bo‘ladi. Kompas bilan ishlash davrida uni ko‘zdan 10 sm past o‘lchamda chap qo‘lda ushlab, yon tomoni tirsaklari bilan qattiq qisib qo‘llash lozim. Azimut bo‘ylab harakatlanish Azimut bo‘ylab harakatlanish chog‘ida, magnit azimutini har qaysi punkti bo‘ylab masofani, masofalar oralig‘idagi juft qadamlar (o‘rta bo‘yli odamning juft qadami 1,5 m.gacha qabul qilinadi) bilan harakatlanishni bilishi lozim. Seksiya yoki vzvod komandiri harakatlanish marshrut sxemasini to‘ldiradi. Bir punktdan boshqa punktga harakatlanib o‘tishda, yo‘nalish oriyentiriga amal qilgan holda juft qadam bosish hisobga olib boriladi. Qaytish va burilish punktlarida kompas yordamida topshirilgan azimutga harakatlanish yo‘nalishlari axtariladi. Bunday yo‘nalishni tanlash va eng olisdagi oriyentirni yoki yaqin masofada harakatlanish punkti burilish marshrutini esga olib qolishi kerak bo‘ladi. Agar o‘rta oraliqdagi mo‘ljal burilish punktida ko‘rinmagan bo‘lsa, keyingi oriyentir bo‘yicha aniqlanadi.
Ochiq bo‘lgan joyda mo‘ljalsiz harakatlanish ustuvor (ikki narsa kuzatish nuqtasi orqali o‘tgan to‘g‘ri chiziq) bo‘ladi. Qaytish nuqtasida kompas bo‘yicha keyingi nuqtaga harakatlanish belgilari shu yo‘nalish bo‘yicha bir joydan ikkinchi joyga qo‘yiladi. Vaqt-vaqti bilan qarab, ularni kuzatib turish orqali keyingi harakatlanish to‘g‘ri yo‘nalishga tushishini, xayolan ortda qoldirilgan belgilar (harakat qadami izlari) bilan solishtirib borilishi shart. Vaqt-vaqti bilan nazorat uchun harakat yo‘nalishini azimutga qaytishda osmon bo‘ylab ko‘rinishi mavjud bo‘lgan mo‘ljallar xaritalar (sxemalar) bilan joy harakatlanish marshruti solishtirib ko‘riladi. Agar qaytishga zarurat tug‘ilsa, shu yo‘l bo‘ylab oldingi marshrut sxemasidan foydalaniladi. Qaytishda oldindan to‘g‘ri azimutlar bo‘yicha harakatlanishga o‘tiladi. Tun oralig‘idagi (yordamchi) oriyentirlarda joydagi predmetlarning uzoqdagi yorituvchi nuqtalarida, yaxshi ko‘rinishdagi yulduzlardan foydalaniladi. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, erkin qo‘yilgan kompas strelkalarini mo‘ljal holatiga qo‘yib, harakatlanish yo‘nalishida mushkaning kesishgan oralig‘idan to‘g‘ri olish lozim. To‘siqlardan aylanib (ko‘rish imkoni bo‘lmaganda) o‘tishda, to‘siqlarga to‘g‘ri bo‘lgan harakat yo‘nalishi va to‘siqlar tomoni ko‘z ostiga olinib, masofa oralig‘i o‘lchami va bunga bosib o‘tilgan yo‘l o‘lchami qo‘yiladi. To‘siqlardan aylanib o‘tilib, oldindagi kesishgan yo‘nalish yo‘li kompas bilan aniqlanadi. Download 3.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling