Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Pozitsiyaga yorib kirgan dushmanni yo‘q qilish. Askarning tungi hujumdagi harakati va suv to‘siqlaridan o‘tishi


Download 3.78 Mb.
bet36/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

2. Pozitsiyaga yorib kirgan dushmanni yo‘q qilish. Askarning tungi hujumdagi harakati va suv to‘siqlaridan o‘tishi.
Pozitsiya (harbiyda) — harbiy qismlar egallagan yoki ularning joylashishi uchun tayyorlangan maxsus oʻrin. P. muhandishik jihatidan puxta ji-hozlanadi va eshelonlashtirilgan mudofaa doirasining asosiy qismi hisoblanadi. P.ning asosini mudofaadagi qism yoki boʻlinmalarning oʻzaro yaqona oʻt ochish tizimi bilan birlashtirilgan tayanch nuqtalar (punktlar) tashkil etadi. Har bir P. okoplar, pana joylar, aloqa yoʻllarini tutashtiruvchi transheyalar bilan oʻraladi. Bunday mu-handishik jihoz shaxsiy tarkib, qurolyarogʻ, oʻqdorilarning yashirin joylashishiga imkon yaratadi va P.da harbiy kuchlarning manyovr qilishiga yaxshi koʻmak koʻrsatadi. Muayyan vari-antlarda mudofaa doirasi ichkarisida oraliq P. qurilishi ham ehtimoldan xoli emas. Dushmanni chalgʻitish maqsa-dida muxim yoʻnalishlarda mudofaa chi-zigʻidan ancha oldinda P. barpo etiladi. Bundan tashqari, mudofaa ichkarisida soxta P. qurilishi, boʻlinma va oʻt ochish vositalarining jang vaqtidagi hara-katlari uchun qoʻshimcha yoki muvaqqat P. ham tashkil etilishi mumkin. Yalpi hujumga oʻtish oddidan boshlangʻich yerlarda motorlashtirilgan piyoda boʻlinmalar va tanklar uchun kutish P.si, raketa qoʻshinlarining uchirish qurilmalari uchun start P.si, artilleriya, minomyot va h.k. oʻt sochish qurollari uchun oʻt ochish P.si barpo etiladi.[1]
Agar dushmanning alohida guruhlari mudofaaning oldingi marrasiga yorib o‘tib transheyalarga tushsa, askarlarning tarqab ketmashigi uchun avvaldan tayyorlanib qo‘yilgan «kirpi» va «ayrilar» darhol o‘rnatiladi. G‘ovlarni qo‘yib bo‘lib, yorib kirgan dushman bilan jangga kirishiladi va bir vaqtda transheya ichida harakatlanishga intilgan yoki g‘ovlarni transheyadan chiqarib tashlamoqchi (portlamoqchi) bo‘lgan dushman kuzatiladi. Ularni qisqa masofadan otib, granata uloqtirgancha qo‘l jangiga o‘tib, yo‘q qilinadi. Hujumda askar dushmanni o‘t ochib, zararlash natijalaridan foydalanib, guruh (seksiya)ning boshqa askarlari bilan o‘zaro harakatlangan holda bor kuchini to‘liq ishga soladi. Hujumdan oldin u o‘zining vazifasini, seksiya va guruhi vazifasini, zararlash uchun nishonlarni va o‘t ochish tartibini aniqlashi, tank raqami (tanish belgisi)ni va shu tank ortidan harakatlanayotgan seksiyani hamda boshqa o‘t ochish vositalari bilan o‘zaro harakatni bilishi lozim. Yayov tartibda hamlaga o‘tganda — piyoda holatga o‘tish joyi va tartibi, seksiyazanjiridagi joyi, g‘ov-to‘siqlardan o‘tish tartibini bilishi; komandir o‘rgatgan signallarni eshab qolishi; qurolning sozligini tekshirishi va uni jangga shaylab qo‘yishi; o‘q-dorilar sonini tekshirib chiqishi va kerak bo‘lsa, ularning o‘rnini to‘ldirishi; shaxsiy himoya vositalari sozligi va sonini, ust-boshi va unga taqilgan narsalarning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishi zarur. Askar tungi hujum vaqtida ham xuddi kunduzgidek harakatlarni bajaradi. Qorong‘i paytda optik asboblardan foydalanadi. Suv to‘siqlaridan o‘tishda yakka o‘zi, suv kemalaridan va jangovar mashinalaridan foydalanishi mumkin.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling