Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Parchalanadigan qo‘l va tankka qarshi granatalarni uloqtirish usullari. Granatani transheya yoki okopdan uloqtirish


Download 3.78 Mb.
bet37/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

3. Parchalanadigan qo‘l va tankka qarshi granatalarni uloqtirish usullari. Granatani transheya yoki okopdan uloqtirish.

 Parchalanadigan qo‘l va tankka qarshi granatalarni uloqtirish usullari


 Granatani transheya yoki okopdan uloqtirish Granatani uloqtirish quyidagi usullarda amalga oshiriladi: uloqtirishga hozirlik ko‘rish (granatani o‘qlash va uloqtirish holatini qabul qilish) va granatani uloqtirish.
Granatani o‘qlash «Granatalar hozirlansin» komandasiga ko‘ra, jangda esa, mustaqil tarzda amalga oshiriladi. Granatani o‘qlash uchun uni sumkadan olib, korpus trubkasidan tiqinni chiqarish va zapalni trubkaga burab kiritish lozim. Shunda granata uloqtirish uchun tayyor bo‘ladi.
Granatani uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
 granatani qo‘lga olib, barmoqlar bilan o‘t ochish tirgagini granata korpusiga siqib tutiladi;
 o‘t ochish tirgagini mahkam siqib turgan holda ikkinchi qo‘l bilan saqlovchi tortiq uchlari to‘g‘rilanadi va uni barmoq bilan halqasidan tortib, zapaldan sug‘urib olinadi;
 quloch ochib, granatani nishonga qarata uloqtiriladi, mudofaa mobay nida qo‘llaniladigan granata uloqtirilganda panaga o‘tiladi. Ayni paytda qurol tezkor harakatni ta’minlovchi holatda bo‘lmog‘i lozim. Granatani bir joyda tik turgan holatda uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
 nishonga yuzlanib turiladi;
 granatani o‘ng qo‘lga (chapaqay — chap qo‘lga), qurolni esa chap (o‘ng) qo‘lga olib, saqlovchi tortqi sug‘uriladi;
 o‘ng (chap) oyoq bilan, tizzani bukib, ortga bir qadam tashlanadi;
 tanani o‘ng (chap)ga biroz burib (eshib), granata yoy bo‘yicha pastga va ortga otiladi;
 o‘ng (chap) oyoqni tez to‘g‘rilab turib, ko‘krak nishon tomonga buriladi va granatani yelka uzra olib, uloqtiriladi. Granata uloqtirilayotganda, tirsak qo‘shimcha siltanadi. Uloqtirish mobaynida tana og‘irligi chap (o‘ng) oyoqqa o‘tkazilib, qurolkeskin ortga tortiladi. Granatani tizzada turib uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
tizzaga turiladi;
— granatani o‘ng qo‘lga, qurolni esa chap qo‘lga olib, saqlovchi tortqi sug‘urib olinadi;
— tanani ortga tashlab, o‘ngga buriladi va quloch ochiladi;
— biroz ko‘tarilib, granatani yelka uzra oshirib, harakat so‘ngida chap oyoq tomonga keskin bukilib, uloqtiriladi.


Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling