Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Download 3.78 Mb.
bet122/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Yelka suyagi singanda, yelka va tirsak bo g'imlari jarohatlanganda Kramer (narvonsimon) shinalaridan foydalangan holda immobilizatsiya qilish qulayroq. Sog‘ tomon kuragining o‘rta sohasidan boshlab qo'yiladi va qo'yiladigan shina belga tegib turadi. To‘g‘ri burchak hosil qilgan holda yelka bo‘g‘imi ustidan qayrilib o‘tib, bilak va panjaga jipslashib tekkan holda barmoq asosigacha yetib boradi. Yordam ko‘rsatuvchi shaxs, shinani qo'yishdan oldin unga tegishli shaklni berish uchun, awal o'zining tanasiga qo'yib moslashtirib olishi lozim. Buning uchun u o‘z bilagini shina oxirining bir tomoniga qo‘yadida, bo‘sh qo‘li bilan shinaning ikkinchi bo‘sh tomonini ushlaydi. Shinani bilakning orqa-tashqi yuzasi bo‘ylab, bilak usti va bel orqah boshqa tomon yelka ostiga yo'naltirib boriladi. Shinaga kerakh shakl berilgunga qadar modelirovka qilinadi. Bilak sohasida shinaga tarnovsimon shakl beriladi. U paxta qatlamlari yoki boshqa bir mato bilan o'ralib chiqiladi va qo‘yiladi. Shina siljib ketishining oldini olish uchun uning tepa qismi ikkita dokali bog'ich yordamida panja sohasidan pastki qismi bo'ylab bog’lab qo'yiladi. Bog'ichlar bilak bo‘g‘imining chekkasida oldi va orqasidan, singan joyning Shina qo'yislulati oldin shikastlangan qo'lning qo'ltiq osti chuqurchasiga paxta dumalog'i yoki ro'mol (kosinka) o'rami qo'yiladi. Qo'yilgan shiua bint bilau bog'lanib. mahkamlab chiqiladi.
Bilak suyaklarining sinishlari. Narvousimon shina to‘g‘ri uchburchak hosil qilib bukiladi. Bunda uniug bir tomoniniug uzunligi bilak va panja barmoqiari asosiga to‘g‘ri kelishi, ikkiuchi tomon uzunligi yelkaning 3/2 qismiga to‘g‘ri kelishi kerak. Tirsak bo'yicha to‘g‘ri burchak hosil qilib bukilgan qo‘1 shinaga qo‘yiladi va bint bilan mahkamlab chiqiladi. Agar shina va qo‘1 osti vositalari bo‘lmasa, to‘g‘ri uchburchak hosil qilib, tirsak bo‘g‘imida bukiladida, ro‘mol (kosinka), kamar va boshqa vositalar yordamida tanaga mahkamlab qo‘yiladi. Panja suyaklarining sinishi. Bilak uzunligicha bo'lgan narvonsimon shina olinadi va uzunligi bo‘yicha tarnovsimon qilib egiladi, ikkinclii tomoni rulon qilib o'raladi. Shina bint yordamida mahikamlanadi. Panja va bilak uncha katta bo‘lmagan faner va taxtachalar yordamida immobilizatsiya qilinadi. Bunday hollarda barmoqlar yarim bukilgan holatda kaftga paxta yoki mato bo'lagi qo‘yiladi.
Son va boldir suyagining yuqori 3/2 qismi sinishlari. Son suyagi singanda Diterixs shinasi yaxshi transport shina hiisoblanadi. Bu chanoq-son, tizza va boldir-panja bo‘g‘imlarini yaxshi immobilizatsiya o'zgartirsa bo'ladigan ikkita yog'ochdan tayyorlangan bransh (taxtakachdan, 1, 2), tovon osti moslamasi va buramadan iborat. Shinani qo‘yish tartibi. Shina 2—3 kishi bilan qo'yiladi. Yarador chalqancha yotadi. Dastlab shina tayyorlanadi, buning uchun tashqi va ichki shinalar yarador bo‘yiga moslab olinadi:
a) yon branshlar tashqi tomondan qo‘ltiq osti hamda tovongacha to'g'rilanadi. Ichkisi esa chot sohasiga shunday qo yiladiki, branshning erkin tomoni tovondan 10—15 sm chiqib turadi;
b) yotoq yara hamda nekrozning oldini ohsh uchun suyak bo'rtiqlari (yon bosh suyak qanoti, to‘piqlar)ga va tovonning orqa yuzasiga yumshoq mato qo'yiladi;
d) tovon ostiga qo'yiladigan taglik poyabzalga mahkam boglanadi;
e) tovon ostiga taglik qo'yilgandan so'ng tashqi shinani qo'yishga kirishiladi. Buning uchun pastki uchi tovon moslamasining tashqi branshiga kiritiladi. So'ngra shina oyoqdan to qo‘ltiq ostigacha joylashtiriladi. Tasma yoki bintning uchlari bransh tirqishidan o‘tkaziladi va ko'krak qafasini o‘rab bog'lanadi. Oyoqqa shina bog‘lanmay turiladi;
f) so'ngra ichki shina o’rnatiladi. Buning uchun pastki uchi tovonga qo'yiladigan taglikning ichki ramkasidan kiritiladi. Ichki shinaning bosh qismi chot sohasiga taqalib turadi. Tashqi branshoing tirqishidan chiqarilgan tasma yoki bint uchlari sonning atrofidan aylantirilib bog‘lanadi;
g) tovon ostiga qo'yiladigan tagligiga biriktirilgan ipcha gorizontal planka teshikchasidan chiqarilib, uchlari bog'lanadi va burab tortishga kirishiladi.
Tortish toki oyoqlar tenglashmaguncha davom ettiriladi. Burama tayoqcha gorizontal plankaga bint bilan mahkamlanadi. Tortish tugagandan so‘ng shinaning branshlari oyoq va tanaga bint spiralsimon qilib o’ralgan holda mashkamlanib qo‘yiladi;
h) oyoqlar osihb qolmashgi uchun, son va boldirga orqa tomondan fanerh yoki Kramer shinasi qo'yladi. Shuni esda tutish kerakki, me’yoridan ko'proq tortish og‘riq va paylarda yotoq yaralar paydo qihshi mumkin. Boldir suyaklari sinishida 3 ta narvonsimon shina bilan immobilizatsiya qilsh qulay. Ulardan bittasi boldirning orqa tomoniga qo'yiladi. Bu shina oyoq panjasini uzangi ko‘rinishida ushlab turishi kerak. Boldirning ichki va tashqi tomoniga fanerli shinalami qo‘llash mumkin. Bosh suyagining sinishi. Shikastlangan inson zambilga yotqizladi va bosh tagiga o‘rtasi chuqurcha qilinib, yumshoq narsa to‘shaladi. Boshning ikki chetiga uzunasi bo'ylab yumshoq valiklar qo‘yiladi.
Agar yaradomi biron-bir inshootdan vertikal holatda olib chiqish zarux bo'lsa, avval uning bo‘yin qismiga paxta-doka yoqa qo‘yladi. Buning uchun bo‘yin bir necha qavat paxta bilan o‘ialadi. Uning ustidan zich qilib, lekin uncha qattiq qismasdan bint o'raladi. Bo‘yin nmnrtqalari shikastlanganda ynqorida ko'rsatib o'tilganidak o'xshash paxta-dokani valik qo'yiladi. Qovurg'alaming sinishi. Bintlashdan oldin jarohatlangan kishidan chuqnr havo chiqarish iltimos qilinadi. Jarohatlangan kishi ko‘krak qafasining pastki sohasi qattiq siqib bintlanadi. Nafas olinayotgan vaqtda bintlash vaqtincha to'xtatiladi. Shu vaqtda bintning bo'sh turgan uchi tortib turiladi. Og'riqni kamaytirish uchun og'riqsizlantiruvchi vosita teri osti yoki mushak orasiga shpris-tyubik yordamida yuboriladi. Jag'laring sinishi. Vaqtinchalik immobilizatsiya sopqonsimon bog'lam qo'yish yordamida, ishonarli immobilizatsiya standart jag‘ ostiga qo‘yiladigan shina yordamida amalga oshiriladi. Jag‘ ostiga qo‘yiladigan standartli shiina boshga kiyiladigan maxsus bog'lam va jag‘ ostiga qo'yiladigan plastmassali shinadan iborat bo ladi.
Sopqonsimon bog'lam boshga kiyiladigan bog‘lamga rezina yordamida mahkamlanadi. Og'riq oldini olish maqsadida jag‘ ostiga qo'yiladigan plast- massa shina ichi paxta-dokali qoplama bilan to‘lg‘iziladi. Qo‘yilgan paxta- dokali shinaning chekkasi chiqib turishi lozim. Pastki jag‘ va bo'yin jarohatlanishida asfiksiya rivojlanishining oldini olish maqsadida standart bosuvchi bog’lam qo‘yilmaydi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling