Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Download 3.78 Mb.
bet16/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Shaxsiy (individual) himoya vositalari. Ularning vazifasi, tuzilishi va ulardan foydalanish mavzusi bo‘yicha mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ushubiyoti.



  1. Nafas olish a’zolari va terini himoya qilish vositalari.

Nafas olish organlarini himoya qilish vositalariga filtrlovchi gazniqob, respiratorlar, changga qarshi matoli niqob, dokali niqoblar kiradi. Nafas olish a’zolarini eng ishonchli himoya qiluvchi vosita gazdan himoyalovchi niqobdir, chunki u nafas olish a’zolarini radioaktiv, zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan himoya qiladi.
Gazdan himoyalanish niqobining himoya qilish ta’siri nafas olish a’zolari, yuz va ko‘zlami tashqi muhitdan to‘liq izolatsiya qilishga asoshangan.
Foydalanish uchun qulay va oddiy niqoblardan biri GP-5 gazdan himoyalanish niqobidir. Bu niqob yengil bo‘lib, uning shlem-maskasi boshni yaxshi himoya qiladi. Shlem-maska tanlash uchun bosh ikki marta o‘lchanib, natijasi bir- biriga qo‘shiladi. Natijalar yig‘indisi 92 sm dan kam bo‘lsa, 0-o‘lchamli; 92—96 smbo‘lsa, 1-o‘lchamli; 96—98 sm bo‘lsa, 2-o‘lchamli; 99—102,5 sm bo‘lsa, 3-o‘lchamli; 102,5 sm dan katta bo‘lsa, 4-o‘lchamli shlem olish kerak. Ishlatilishiga ko‘ra barcha gazniqoblar filtrlovchi va izolatsiyalovchi turlarga bo‘linadi. Ulaming bir-biridan farqi shundaki, filtrlovchi gazniqob nafas olish organlari, ko‘z va yuz terisini izolatsiyalovchi gazniqob esa qumqlik va suvda ishlash uchun mo‘ljallangan. Sharoitga qarab gazdan himoyalanish niqobi har xil vaziyatlarda osib yuriladi. Agar dushmanning bevosita hujum xavfi bo‘lmasa, gazdan himoyalanish niqobi «Dala» holatida chap yonga osib yuriladi. «Havo xavfi» xabari yoki «Gazdan himoyalanish niqoblari tayyorlansin!» komandasi berilganda gazdan himoyalanish niqobi «Tayyor» holatiga o‘tkaziladi. Buning uchun sumkacha sal oldinga surilib, uning yuqori qopqogri ochilib hamda kanopi olinib, beldan o‘tkaziladi va uning uchi oldingi yarim halqaga bog‘lab qo‘yiladi.


Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling