Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Hujumga tayorgarlik ko‘rish va o‘tish. Askarning shaxsiy quroli va anjomlari (ekipirovkasi)


Download 3.78 Mb.
bet24/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

2. Hujumga tayorgarlik ko‘rish va o‘tish. Askarning shaxsiy quroli va anjomlari (ekipirovkasi).
Kunning tungi vaqtida hujumga o‘tishda jangchi yer rilyefini o‘rganadi, bunda u hududda joylashgan va hujumga o‘tishda orientir vazivasini bajaruvchi buvumlarni aniqlaydi va azimut bo‘ylab xarakatlanish yo‘nalishini belgilab oladi. Tunda o‘q uzishga aniqlik kiritish maqsadida trassir o‘qlardan foydalaniladi.
Hujum vaqtida dushmanni yo‘q qilish usullari hujum jarayonida o‘q uzish, qisqa –qisqa to‘xtab, to‘ridan tog’ri, qo‘l granatalari yordamida, nayza bilan va avtomat qo‘ndog’i bilan.
O’tish joylari orqali to‘siqlardan o‘tish Dushman mudofaasining oldingi chegarasi oldiga qo‘yilgan minali to‘siqni jangchi tank yordamida hosil qilingan o‘tish joyi orqali yugirib bosib o‘tadi. O’tish joyiga yaqinlashganda komandirning ko‘rsatmasiga muvofiq bir yoki ikki kishi bo‘lib savlanadi va komandirning orqasidan to‘siqdan o‘tadi. Bunda to‘siqdan o‘tish jarayonida to‘xtab qolishga va ikkilanishga yo‘l qo‘yilmaydi aks holda dushman tomonidan katta talofat etkazilishi mumkin.
Hujum vaqtida zaxarli moddalar bilan zararlangan hududdan o‘tish Zararlangan hududdan o‘tishda BTRda joylashgan jangchilar shaxsiy himoya vositalarini (gaz niqoblarni) kiyadilar, BMP va tanklarda havoni tozalovchi qurilmalar ishga tushiriladi. Xarakat imkon qadar zararli moddalardan holi bo‘lgan hudud tomon yuqori tezlikda amalga oshiriladi. Yayov xarakat qilinganda, ochiq moshinalarda va desant holida bo‘lganda quruq havoda zararlangan hududdan o‘tishda jagchilar himoya plashni, chulkini va qo‘qopni kiyadilar. Zaharli moddalar bilan zararlangan hududdan o‘tishda bundan tashqari gas niqobi ham kiyiladi.


Askarning shaxsiy quroli va anjomlari (ekipirovkasi).
Askarning shaxsiy quroli va anjomlari Hujumda, mudofaada, to‘qnashuv jangida jangovar harakatlarni muvaffaqiyatli olib borishda hamda maxsus harbiy harakatlarni bajarishda, har bir askar o‘z shaxsiy quroliga ega bo‘lishi kerak. Shtatdagi mansabiga qarab, guruhda har bir harbiy xizmatchi o‘zining qurol turiga ega.
Guruh komandirining o‘rinbosari — serjant, qoidaga binoan, AK-74 avtomati bilan qurollanadi, guruh mergani SVD merganlik miltig‘i bilan, guruh pulemyotchisi RPK-74 pulemyoti yoki PMK bilan, avtomatchilar AK-74 bilan, mexanik-haydovchi, BMP mo‘ljalchi-operatori PM pistoleti (AKS —yig‘iladigan metall qo‘ndoqli avtomatlar bilan ham) qurollanishi mumkin, haydovchi, BTR mo‘ljalchisi AK-74 avtomati bilan qurollanadi. Shtatdagi mansabiga qarab, guruhning shaxsiy tarkibi har xil anjomga ega. Qoidaga ko‘ra, BTR-70, BTR-80 bronetransportyorida harakatlanuvchi guruh bir xil anjomga ega. Ular harbiy xizmatchi muvaffaqiyatli harbiy harakatlar olib borishi uchun mo‘ljallangan. Har bir harbiy xizmatchi granata uchun sumka, magazin uchun sumka, flajka suvi bilan, kichkina sapyor belkuragi, g‘ilofi bo‘lgan ashahaga ega.

Anjom xaltasida quyidagi asbob-anjomlar bo‘ladi: umumqo‘shin saqlash to‘plami, plash-palatka, qozoncha, krujka, qoshiq, shaxsiy gigiyena buyumlari, oyoq kiyimini tozalash vositalari, yoritgich, yozuv daftari, xat uchun konvertlar, qishki yoki yozgi kiyimlar, quruq payok, tibbiy dorilar to‘plami. Serjantlar uchun qo‘shimcha va majburiy holatda ashaha to‘plamida: serjant sumkasi, uning tarkibida kompas, ofitserlik chizg‘ichi, flomasterlar va qalamlar to‘plami, yozuv daftari (bloknot), o‘chirg‘ich, yig‘iluvchi pichoqcha, sirkul-o‘lchagich, kurvimetr bo‘ladi.



Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling