Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Piyodaning jangovar mashinasi BMP-1


Download 3.78 Mb.
bet27/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Piyodaning jangovar mashinasi BMP-1.
Taktik-texnik tavfisi. Jangovar og‘irligi — 13200 kg, ekipaji — 3 kishi (komandir, mo‘ljalga oluvchi-operator, mexanik-haydovchi), desant — 8 kishi, quruqlikdagi eng yuqori tezligi — 60 km.s, suvdagi tezligi — 7 km.s, shosseda yurish zaxirasi 550—600 km, bosib o‘tuvchi ko‘tarilish — 35°, chuqur kengligi — 2,5 m, devor balandligi — 0,7 m.
BMP-2. Piyodaning jangovar mashinasi—motoo‘qchi bo‘linmalar bilan jang olib borish uchun mo‘ljallangan. U olovli qudratlilikni, shaxsiy tarkibning jang maydonida himoyalanishi va harakatchanligini birmuncha oshiradi hamda vaziyatning har xil sharoitlarida muvaffaqiyatli harakatlanishiga imkon yaratadi. Jangovar mashina o‘qqa va o‘q parchalariga qarshi zirhga, ommaviy qirg‘in qurollaridan jamoaviy himoyalanish tizimiga, issiqlik va tutun appara turalariga, yuqori manyovrchanlikka ega. U suvli havzalarni suzib o‘tishi va havo orqali zararlangan uchastkalar, vayronalar va har xil to‘siqlardan o‘ta olishi mumkin.

Piyodaning jangovar mashinasi BMP-2.
BMP-2 30 mm.li avtomatik to‘p, 7,62 mm.li PKT pulemyoti, tankka qarshi boshqariluvchi raketa uchun uchirish qurilmasi bilan qurollangan. Jangovar jamlanma 30 mm.li to‘p uchun 500 ta o‘q-dori, 7,62 mm.li PKT pulemyoti uchun 2000 ta patron, 4 ta PTURdan iborat.
Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 14000 kg, ekipaji — 3 kishi (komandir, mo‘ljalga oluvchi-operator, mexanik-haydovchi), desant — 7 kishi, uzunligi — 6710 mm, quruqlikdagi eng yuqori tezligi — 65 km.s, suvdagitezligi 6—7 km.s, shosseda yurish zaxirasi — 550 km, bosib o‘tuvchi ko‘ta rilishi — 35°, chuqur kengligi — 2,5 m, devor balandligi — 0,7 m.
T-72. Quvvatli qurol-aslahaga, ishonchli zirhli himoyaga va yuqori manyovrchanlikka ega bo‘lgan jangovar zanjirli mashina. Tank ekipaji 3 kishidan iborat. Tank ikki tekislikda bir xil to‘g‘rilanuvchi 125 mm silliq devorli to‘p va unga juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyoti va 12,7 mm kalibrli zenit pulemyoti bilan qurollangan.


Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling