Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Download 3.78 Mb.
bet30/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

O't ochish bilan manyovr qilish dushmanga ancha samarali shikast etkazish maqsadida qo'llaniladi. U guruq (sektsiya) tomonidan ochilgan o'tning bitta muqim nishonga jamlanishi, olovni bir nishondan boshqa nishonga o'z vaqtida ko'chirish va guruq tomonidan bir paytning o'zida bir nechta nishonlarga qarata o't ochishning olib borilishidan iborat.
Manyovrchanlik - bu seksiyaning xarakatchanlik darajasi va uning jang davomida, ma’lum bir vaqt ichida, mudofaadagi pozitsiyadan xarakatlarni amalga oshirish qobiliyatini ko‘rsatadi. Manyovrchanlik darajasi sifatida, odatda u yoki bu xdrakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vaqt qabul qilinadi. Jangovar imkoniyatlar o‘zgarmas qiymat bo‘lmasdan, seksiya shaxsiy tarkibining tayyorgarlik darajasiga, qurol-aslaxa va jangovar texnikalar bilan ta’minlanishiga, shuningdek, shaxsiy tarkibning ruxiy xolati va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy irodasiga, komandirning seksiyani boshqarish malakalariga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari jangovar imkoniyatlarga dushman xarakati xususiyatlari, xudud, ob-havo sharoiti, yilning va kunning vaqti xam sezilarli ravishda ta’sir ko‘rsatadi.
Motoo‘qchi (tankchi) guruhlar (seksiyalar, tanklar) harakatini jangovar ta’minlash, jangovar shaylikni ushlab turishga yo‘naltirilgan chora tadbirlarni amalga oshirish va tashkillashtirish hamda uning jangovar qobiliyatini saqlab qolish, qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida va muvaffaqiyatli bajarish uchun qulay sharoitlar yaratib berishda ifodalanadi. U jangning barcha turlarida: mashq o‘tash paytida va joyda joylashganda, komandir qarori asosida tashkillashtiriladi va o‘z ichiga razvedka, qo‘riqlash, niqoblash, muhandislik ta’minlash va kimyoviy himoyalanishni oladi. Motoo‘qchi (tankchi) guruhlar (seksiyalar, tanklar) komandiri o‘q dorilar, yoqilg‘i zaxiralarini o‘z vaqtida to‘latib olish chora-tadbirlarini, jangovar mashinalar va qurol-aslahalarga texnik xizmat ko‘rsatishni, shaxsiy tarkibni individual himoya va maxsus tozalash, oziq-ovqat va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlashi hamda askar va serjantlar anjomlarining to‘laligini tekshirish, ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilib borishi kerak. Anjomlarga askar va serjantlar uchun mo‘ljallangan aslaha va boshqa buyumlar kiradi. U ko‘tarib yuriluvchi va tashiluvchi qismlarga bo‘linadi. Anjomlarning ko‘tarib yuriluvchi qismi, qoidaga ko‘ra, askarda va serjantda bo‘ladi hamda o‘ziga shaxsiy qurol, o‘q-dorilar, gazniqob (respirator), piyodalar belkuragi, po‘lat shlem, bronejilet, dala anjomlari, suvli flaga, buyumlar xaltasini o‘z ichiga oladi.
Buyumlar xaltasida: qozoncha, qoshiq, krujka, quruq payok, individual aptechka, suvni zararsizlantiruvchi vositalar va shaxsiy gigiyena buyumlari joylashtiriladi. Komandirning qarori bilan olib yuriladigan anjomlarning tarkibi o‘zgartirilishi mumkin.
Qurshov — dushman qanotiga zarb berish uchun amalga oshiriluvchi manyovr. Qurshov, odatda, olovli va taktik hamkorlikda, aylanib o‘tish esa, frontdan harakatlanuvchi taktik hamkorlikda amalga oshiriladi. Barcha qolgan buyumlar anjomlarning tashib yuriluvchi qismiga kirib, ular piyodaning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar, avto mobillar, tanklar)da olib yuriladi. Ishlatish bo‘yicha qo‘llanmalar va boshqa hujjatlarga muvofiq joylashtiriladi.
А16/4-Mashg’ulot: Zamonaviy armiyalarning tanklari, zirhli mashinalari, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari, havo hujumi va uchuvchisiz uchish vositalari hamda raketa qurilmalari. Ularning taktik – texnik tavsifi.



Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling