Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


T-72 tankining umumiy ko‘rinishi


Download 3.78 Mb.
bet28/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

T-72 tankining umumiy ko‘rinishi.
Taktik-texnik tavsifi. Tank og‘irligi — 44000 kg, dvigatelning yuqori quvvati — 840 ot kuchi, tuproq yo‘lda harakatlanishning o‘rtacha tezligi 35—45 km.s, shosseda — 50 km.s, shossedagi eng yuqori tezligi — 60 km.s, shosseda yurish zaxirasi — 700 km, tuproq yo‘lda 460—650 km, o‘ta oladigan to‘siqlari: eng yuqori ko‘tarilish burchagi — 30°, eng katta kren — 25°, chuqurlik kengligi 2,6—2,8 m, devor balandligi — 0,88 m, o‘ta oladigan suv havzasi chuqurligi 1,2—1,8 m.
А16/3-Mashg’ulot: Jangdagi manyovrlar to‘g‘risida tushuncha. Manyovr turlari.
1.O‘t ochish turlari.
2. Jang manyovri haqida tushuncha.
3. Manyovr turlari.Guruhlarning jangovar harakatlarini ta’minlash.
Motoo‘qchi (tankchi) guruhning (seksiyaning, tankning) olovi jangovar vazifani bajarishda, dushmanni yo‘q qilishning asosiy vositasi hisoblanadi. Dushmanni o‘t ochib, ishonchli zararlash: nishonni o‘z vaqtida razvedka qilish, o‘t ochish vositalarini ularning jangovar imkoniyatlariga qarab mohirona qo‘llash; o‘t ochishning aniqligi, uni qo‘llashning qo‘qqisdan va o‘ta zichlikda hamda yuqori tezlikda qo‘llanishi; jangda o‘t ochishni mohirona boshqarish orqali erishiladi. O‘t ochish:
 qurol turi bo‘yicha — o‘qotar, granatomyot, piyodaning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar), tanklar, artilleriya, zenit vositalari va boshqalar;
 otish usuli bo‘yicha — to‘g‘ridan to‘g‘ri, yarimto‘g‘ri va yopiq o‘t ochish pozitsiyasidan otish bilan farqlanadi.
O‘qotar qurollarning o‘t ochish turlari quyidagilar:
 taktik qo‘llanishi bo‘yicha — sidirg‘asiga kesib otish (o‘t qo‘qqis dan, yaqin masofadan bir yo‘nalishda ochiladi) va yig‘ilgan tartibda (bitta nishonga motoo‘qchi guruhning yoki seksiyaning barcha turdagi o‘qotar qurollari bilan o‘q uzish);
 otish yo‘nalishi bo‘yicha — frontal (nishon frontiga perpendikular ravishda), qanotdan (nishon qanotiga, uning frontiga parallel ravishda) va kesishma o‘q uzish (bitta nishonga kamida ikki yo‘nalishdan o‘q uzib olib borish);
 otish qizg‘inligi bo‘yicha — bittalab o‘q uzib otish, qisqa va uzun sidirg‘alar bilan hamda barcha turdagi o‘qotar qurollardan uzluksiz o‘q uzish;
 otish usuli bo‘yicha — joydan, to‘xtab (qisqa to‘xtab), yurib ketayotib, bortdan, nuqtaga qarab o‘t ochish, front bo‘yicha olovni yoyib, ichkariga olovni yoyib, maydon bo‘yicha va boshqalar. Artilleriya olovi turlari o‘z ichiga: alohida nishon bo‘yicha o‘t ochish, jamlangan, to‘siqli (harakatli va harakatsiz) yoppasiga o‘qqa tutish va boshqalarni oladi. Mudofaani tashkillashtirishda, ayniqsa, tog‘larda, barcha turdagi qurollarni jalb qilgan holda ko‘pqatlamli va ko‘pqavatli olov hosil qilinadi.
Dushmanning tirik kuchlariga alohida o‘t ochish vositalari yoki motoo‘qchi guruh va seksiyaning o‘qotar qurollaridan yog‘ilgan olovi bilan otib zarar yetkaziladi. Jangda motoo‘qchi (tank guruhi), joyning qulay sharoitlaridan foydalanib, o‘t ochishning harakat bilan mohirona biriktirib va manyovrni keng qo‘llashi kerak. Manyovr kuchlar va vositalari o‘t ochish bilan o‘tkaziladi. Kuch va vositalar manyovri dushmanning jangovar tartibidagi eng zaif joyiga, ayniqsa, qanotlar orqa tomoniga hamda o‘z bo‘linmalarini dushman zarbidan o‘z vaqtida chiqarish uchun o‘tkaziladi. Kuch va vositalar manyovri turlari bo‘lib qurshov, aylanib o‘tish, ularning birikmasi va chekinishi hisoblanadi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling