Farg’ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti
«Xammaga omonlik istaguvchi bo‘l
Download 145.46 Kb.
|
BMI Yangi z LOTIN (2)
«Xammaga omonlik istaguvchi bo‘l,
Shunda adovatga qolmagay xech yo‘l». Keyinchalik jamiyat rivojlanib, urush olib borish vositalari va usullari taraqqiy etgan sari, urush olib borish qonunlarini yozma ravishda joriy etish odat bo‘ldi. Davlat o‘zaro shartnomalar imzolab, basharti urush chiqqan taqdirda, o‘zaro majburiyatlarni nazarda tutadigan bo‘lishdi. Bu majburiyatlar asosan, umuman urush xarajatlarini cheklashdan, qurolli kuchlar bilan harbiy xarakatlar olib borish tartibini, harbiy xarakatlar ishtirokchilari, harbiy bo‘lmagan shaxslarning xatti-xarakatlarinni belgilash va shu kabilardan iborat edi. Dastlabki yozma shartnomalar X1X asr o‘rtalarida tuzilgan edi. Bular-1868 yil 29 noyabrda Sankt-peterburgda qabul qilingan «portlovchi va yonuvchi o‘qlarni ishlatishni bekor qilish xaqida deklaratsiya», 1899 yil 29 iyulda Gaagada qabul qilingan «Oson parchalanadigan va pachaqlanadigan o‘qlarni ishlatmaslik xaqida deklaratsiya» edi. XX asr boshlarida urush olib borish qoidalari va umuman normalarini belgilaydigan shartnomalar yanada takomillashdi. Masalan, 1907 yilda Gaagada «quruqlikda urush olib borish qonunlari va odatlari to‘g‘risida konvensiya» qabul qilindi. O‘sha davrdayoq 1899 va 1907 yillardagi Gaaga Konvensiyalari (shuningdek, Gaaga xuquqiga taalluqli bir necha boshqa xujjatlar) asosida urush xarakatlarini olib borish tartibi, urush olib borish vositalari va usullari, betaraflik xamda madaniy boyliklarni xurmat qilish konsepsiyasiga tugal tus berildi. Biroq, vaqt o‘tishi bilan, qurolli to‘qnashuvlar to‘xtovsiz murakkablashib borishi, ularga harbiy bo‘lmagan axolining jalb etilishi va xokazolar natijasida Gaaga Konvensiyalari qurolli to‘qnashuvlarning xamma jixatlarini tartibga solmasligi maxlum bo‘ldi. Shu sababli keyinchalik Jeneva xuquqi deb atalgan turkum shartnomalar ishlab chiqildi va imzolandi. Ushbu xuquq qoidalari to‘rtta Jeneva konvensiyasida va ikkita qo‘shimcha Bayonnomada berilgan. Birinchi Jeneva konvensiyasi - «Xarakatdagi armiyalarda yaradorlar va bemorlar qismatini yaxshilash to‘g‘risida 1949 yil 12 avgustdagi Jeneva konvensiyasi». Ikkinchi Jeneva konvensiyasi - «Yaradorlar, bemorlar xamda dengizdagi qurolli kuchlar tarkibida bo‘lib, kema xalokatiga uchragan shaxslar qismatini yaxshilash to‘g‘risida 1949 yil 12 avgustdagi Jeneva Konvensiyasi». Uchinchi Jeneva konvensiyasi - «Harbiy asirlarga muomala qilish to‘g‘risidagi 1949 yil 12 avgustdagi Jeneva Konvensiyasi» To‘rtinchi Jeneva konvensiyasi - «Urush vaqtida harbiy bo‘lmagan axolini himoyalash to‘g‘risida 1949 yil 12 avgustdagi Jeneva Konvensiyasi». Jeneva konvensiyalariga Xalqaro qurolli to‘qnashuvlar qurbonlariga doir 1977 yil 12 avgustdagi qo‘shimcha bayonnoma. Jeneva konvensiyalariga Xalqaro bo‘lmagan qurolli to‘qnashuvlar qurbonlariga doir 1977 yil 12 avgustdagi qo‘shimcha bayonnoma. Download 145.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling