Farg’ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Download 145.46 Kb.
bet6/18
Sana17.06.2023
Hajmi145.46 Kb.
#1521969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
BMI Yangi z LOTIN (2)

Bosh Assambleya – BMTning eng oliy organidir. Uning har yili sentabr oyida chaqiriladigan sessiyasida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo barcha davlatlarning delegatsiyalari qatnashadi. BMT faoliyatiga Bosh kotib rahbarlik qiladi. 2009 yildan buyon Pan Gu Mun BMT Bosh kotibi vazifasini bajarib kelmoqda.

  • Siyosiy masalalar va xavfsizlik kengashi ishlari departamenti 15 davlat vakillaridan tashkil topgan. Ularning 5 tasi doimiy a’zo (AQSh, Rossiya, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniya), qolgan 10 ta a’zo esa har ikki yilda almashib turadi. Xavfsizlik kengashi, BMT nizomiga muvofiq, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha asosiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Xavfsizlik kengashining har bir a’zosi bir ovozga ega. Rasmiy qarorlar 15 a’zodan kamida 9 tasi ovoz bergan taqdirdagina qabul qilinadi. Doimiy a’zolar qabul qilinayotgan hujjatga “veto” qo‘yish, ya’ni u bo‘yicha norozilik bildirish huquqiga ega. “Veto” qo‘yilgan hujjat qabul qilinmaydi. Nizomga muvofiq, BMTning barcha a’zolari Xavfsizlik kengashi qaroriga bo‘ysunishi va uni bajarishi shart. Shuningdek, Xavfsizlik kengashi turli davlatlar o‘rtasida vujudga keladigan tortishuvlar, harbiy tajovuz va agressiyaning oldini olish, BMTga yangi a’zolar qabul qilish va boshqa masalalarni o‘rganadi, xalqaro hayotning dolzarb masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi yoki tavsiyalar beradi. Bugungi kunda BMTning xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus bo‘linmalari faoliyati terrorizmga qarshi qaratilgan asosiy xalqaro uyushmalar qatorida yetakchi o‘rin egallaydi.


    I-II va III-IV Jeneva konvensiyalari bo‘yicha himoya qilinuvchi shaxslar. I va II qo‘shimcha protokollarning mazmuni
    .Jeneva konvensiyalariga I va II qo‘shimcha protokollarning qabul qilinishi.
    Xozirigi zamon Xalqaro gumanitar xuquqining rivojlanishi 1860 yildan boshlangan. O‘shandan beri davlatlar xozirgi sharoitda urush olib borishning achchiq tajribasiga asoslangan xamda insonparvarlik talablari bilan davlatlarning harbiy talablari o‘rtasida qatiy muvozanat o‘rnatishga mo‘ljallangan bir qator oddiy qoidalarni idrok etishga rozilik berdilar. Xalqaro xamjamiyat o‘sib borgan sari Xalqaro gumanitar xuquqning rivojlanishiga o‘z ulushini mamlakatlar soni xam ko‘payib bordi. Bugun ushbu xuquqni chinakam universal xuquqiy tizim deb hisoblash mumkin.
    Xalqaro gumanitar xuquq asosan 1949 yildagi 4 ta Jeneva Konvensiyasida o‘z aksini topgan. Amalda dunyoning xamma mamlakatlari o‘zlarini mana shu Xalqaro-xuquqiy xujjatlar bilan bog‘lashga rozilik berdilar. Konvensiyalarning qoidalari 1977 yilda ularga ikkita qo‘shimcha bayonnoma qabul qilinishi tufayli yanada rivoj topdi.
    Xalqaro gumanitar xuquq ikki so‘zni qamrab oladi, bular:

    1. harbiy xarakatlarda bevosita ishtirok etmayotgan yoki ishtirok etishni to‘xtatgan shaxslarni himoya qilish;

    2. urush olib borish usullarini, yani, ayrim qurol turlarini va harbiy xarakatlar olib borish usullarini, shu jumladan, harbiy taktikani chegaralash.

    Xalqaro gumanitar xuquq harbiy xarakatlarda ishtirok etmayotganlarni, yani harbiy bo‘lmagan axolini, tibbiy xodimlar va ruxoniylarni himoya qiladi. Shuningdek, harbiy xarakatlarda ishtirok etganlarni to‘xtatganlar xam uning himoyasidadir. Bundaylar toifasiga yaradorlar, kema xalokatiga uchraganlar, bemorlar va asirlar kiradi. Xalqaro gumanitar xuquqga muvofiq bunday xuquq himoyasida bo‘lganlarga xujum qilish taqiqlanadi. Ularning jismoniy daxlsizligiga tajovuz qilish xamda ularni xo‘rlash va kamsitish taqiqlanadi. Yaradorlar va bemorlarni olib ketish xamda ularga yordam berish zarur. Shuningdek, harbiy asirlarga va to‘qnashuv munosabati bilan qo‘lga olingan shaxslarga tegishli oziq- ovqat, uy-joy va sud kafolatlari berilishini nazarda tutuvchi puxta va batafsil ishlab chiqilgan normalar xam mavjud. Xalqaro gumanitar xuquq to‘qnashuv boshlangandan keyin qo‘llaniladi va kim boshlaganligidan qatiy nazar, to‘qnashuvda qatnashayotgan xamma taraflarga nisbatan amal qiladi.Xalqaro gumanitar xuquq Xalqaro qurolli to‘qnashuvlar o‘rtasida farq bo‘lishini nazarda tutadi. Xalqaro qurolli to‘qnashuvlar jumlasiga xech bo‘lmaganda ikki davlat ishtirok etadigan to‘qnashuvlar kiradi. Bunday to‘qnashuvlarga to‘rtta Jeneva Konferensiyasida va I qo‘shimcha bayonnomada o‘z aksini topgan ko‘p sonli normalar taalluqlidir. Xalqaro xarakterga yega bo‘lmagan qurolli to‘qnashuvlarga nisbatan qo‘llaniladigan normalar kamrab; ular xamma Konferensiyalar uchun umumiy bo‘lgan 3-moddadan va II qo‘shimcha bayonnomada beriladi. Shunga qaramay, Xalqaro qurolli to‘qnashuv yuz bergan taqdirda xam, Xalqaro xarakterda bo‘lmagan qurolli to‘qnashuv yuz bergan taqdirda xam xamma taraflar Xalqaro gumanitar xuquq normalariga qattiq rioya qilishlari kerak.
    Afsuski, dunyoda yuz berayotgan to‘qnashuvlar vaqtida Xalqaro gumanitar xuquqni buzish xollari juda ko‘p. Borgan sari ko‘proq xollarda tinch axoli to‘qnashuv qurbonlari bo‘lmoqda. Shunga qaramay, ko‘pgina xollarda Xalqaro gumanitar xuquq harbiy bo‘lmagan shaxslarni, asirlarni, kasallar va yaradorlarni himoya qilishda katta rol o‘ynamoqda xamda vayron keltiruvchi qurolni qo‘llanishni cheklashga yordam bermokda. Xalqaro gumanitar xuquq og‘ir larzalar davrida qo‘llanilganligidan, uning bajarilishi katta-katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Shu sababli mazkur xuquqni samarali qo‘llanish masalasi birinchi darajali muhim masala bo‘lib qolmoqda.
    Xalqaro gumanitar xuquqqa rioya etilishiga yordam berish maqsadida bir qator choralar ishlab chiqildi. Davlatlar o‘z qurolli kuchlarini va barcha axoli qatlamlarini Xalqaro gumanitar xuquq normalari bilan tanishtirishlari shart. Ular mazkur xuquqni xar qanaqasiga buzishning oldini olishlari va zarur xollarda, xuquqni buzganliklari uchun jazolashlari kerak. Xususan, ular Jeneva konvensiyalari va qo‘shimcha bayonnomalarni g‘oyat jiddiy buzish xollarini harbiy jinoyatlar deb hisoblab, buning uchun jazolashni nazarda tutuvchi qonunlarni amalga kiritishlari kerak.
    Xalqaro miqyosda xam chora-tadbirlar ko‘rish zarur. Masalan, yaqinda bo‘lib o‘tgan ikki to‘qnashuv doirasida sodir etilgan qilmishlar uchun sud yo‘li bilan taqib etish maqsadida tribunallar tasis etildi. Xozirgi vaqtda harbiy jinoyatlar uchun jinoiy taqib etish maqsadida doimiy Xalqaro sud tashkil etish masalasi muxokama qilinmoqda.
    Xar birimiz xukumat muassasalari va boshqa muassasalar orqali xarakat qilib, shuningdek, shaxs sifatida Xalqaro gumanitar xuquqni bajarish ishiga katta xissa qo‘shishimiz mumkin.
    Endi gumanitar xuquqning ayrim jixatlari xaqida birmuncha batafsil so‘z yuritamiz.
    Ikkinchi jaxon urushidan keyin inson xuquqlarini yuridik himoya qilish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishi urush qurbonlarini himoya qilishga va urush olib borishga taalluqli Xalqaro xuquqning evolyusiyasiga katta tasir ko‘rsatdi. Inson xuquqlari soxasida muhim Xalqaro xujjatlar, chunonchi, Inson xuquqlari umumjaxon deklaratsiyasi (1948), Inson xuquqlari to‘g‘risida Yevro‘pa Konvensiyasi (1950) va Fuqarolik xamda siyosiy xuquqlar to‘g‘risida Xalqaro paktning (1966) qabul qilinishi tinch davrda xam, urush vaqtida xam xamma inson xuquqlaridan foydalanish xuquqiga ega degan g‘oyaning qaror topishiga yordam berdi.
    Lekin urush vaqtida yoki favqulodda xolat vaqtida insonning muayyan xuquqlari muayyan vaziyatlarda cheklab qo‘yilishi mumkin. Fuqarolik va siyosiy xuquqlar to‘g‘risida Xalqaro paktning 4-moddasi davlatlarga pakt bo‘yicha o‘zlarining ayrim majburiyatlaridan «davlatda favqulodda xolat yuz berib, bunda millat xayoti xavf ostida qoladigan vaqtda» chekinib, muvaqqat chora-tadbirlar ko‘rish imkonini beradi, lekin bu «vaziyatning keskinligi talab qiladigan darajada bulishi kerak».
    Inson xuquqlari bo‘yicha Yevro‘pa Konvensiyasining 15-moddasida xam shunday norma bor. Ozchilikni kamsitishning oldini olish va himoyalash bo‘yicha kichik komissiya xar yili favqulodda xolatlarni xamda bunday vaziyatlarda inson xuquqlariga rioya etilishini ko‘zdan kechirib chiqadi.
    Biroq, xatto urush vaqtida xam inson xuquqlariga kafolatli rioya qilish zarurligi batamom etirof etilgan; 1949 yilgi gumanitar xuquq bo‘yicha to‘rtta jeneva konvensiyasining 3-moddasi qurolli to‘qnashuvlar vaqtida ushbu konvensiyalar himoyasi ostida bo‘lgan shaxslar «barcha xolatlarda irqi, terisining rangi, dini yoki etiqodi, jinsi, kelib chiqishi yoki mulkiy axvoli yoxud boshqa xar qanday shunga o‘xshash mezonlar sababli xech qanday kamsitishsiz insonparvarlarcha muomaladan foydalanishlari» kerakligini nazarda tutadi.
    Xozirigi kunda Xalqaro gumanitar xuquqi qoidalari Qurolli Kuchlar Akademiyasi tinglovchilari xamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy Bilim Yurtlari kursantlari, harbiy qism serjantlari va askarlariga mukammal o‘qitilib kelmoqda. Bunga misol tariqasida Bilim Yurtimizni Gumanitar va Ijtimoiy Iqtisodiy fanlar kafedrasida Xalqaro gumanitar xuquq qoidalari o‘qitilishi keng qulamda yo‘lga qo‘yilgan, bundan tashqari kafedrada inson xaq-xuquqlarini himoya qilishga doir ko‘pgina ko‘rgazmali plakat, stend va vediofilmlar xamda harbiy xizmatchilarni Xalqaro gumanitar xuquq qoidalari va majburiyatlaridan bilimlarini mustaxkamlash uchun yetarlicha adabiyotlar mavjud.


    2.Homiylikdagi shaxslarni himoya qilish va ularni parvarishlash.

    XGXga muvofiq jangga kirishish va dushmanni yengish mumkin. Lekin, jang qilishning ayrim taqiqlangan usullari bor va ular harbiy jinoyat sanaladi. Shunga etibor berish kerakki, XGX harbiy xizmatchilarga jangovar vazifani bajarishda yordam beradi xamda jang qilish vaqtida qanday xarakatlarga ruxsat berilishi yoki ruxsat berilmasligiga aniqlik kiritadi.


    Jangovar xarakatlar olib borish vaqtida harbiy xiylani, masalan, kamuflyaj, oshkora yolg‘on xabarlar berish, va Noto‘g‘ri axborot berish, yani dushmanni chalg‘itadigan, Noto‘g‘ri xarakatlar qilishga undaydigan xar qanday xarakatlarni amalga oshirish mumkin. Biroq, harbiy xiyla bilan taqiqlangan munofiqlik xollarini farqlash zarur. Makkorlik deganda harbiy ustunlikka erishish uchun insonparvarlik nuqtai-nazaridan xujum qilish mumkin emasligiga dushmanni ishonishga majbur qiladigan xar qanday xarakatni tushunish kerak. Makkorlik himoyalanish xuquqini niqob qilib, dushmanlik xarakatlarni amalga oshirishdir. Masalan, dushman o‘zini bildirib qo‘ysin degan maqsadda oq bayroqdan makkorlik bilan foydalanish, yordam berish uchun yaqinlashib kelgan dushmanga qarata o‘t ochish uchun o‘zini yarador qilib ko‘rsatish, o‘zini harbiy bo‘lmagan shaxs qilib ko‘rsatishga urinish taqiqlanadi. Qizil O‘oj va Qizil Yarim oyning himoya emblemalaridan yoki BMT emblemalaridan ruxsatsiz foydalanish, yo bo‘lmasa ularni biron-bir harbiy guruxni niqoblash uchun qo‘llash taqiqlangan. Harbiy bo‘lmagan shaxsni o‘ldirish XGX ni buzish ekanligi xamma tomonidan qabul qilingan. qotillik uchun, aybning og‘irlik darajasiga qarab, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 152 - moddasida 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolash yoki mol-mulkni musodara qilib, o‘lim jazosiga xukm qilish nazarda tutiladi.
    Xujum vaqtida dushmanning bayrog‘idan, harbiy emblemasidan, tanish belgilaridan yoki harbiy kiyimidan foydalanish taqiqlangan.
    «Asir olinmasin» deb buyruq berish yoki bunday buyruqlar bilan taxdid qilish yoki «asir olinmasin» degan prinsipga asoslangan jangovar operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlangan. Razvedka qilish chog‘ida qo‘lga olingan dushmanni razvedkachilarning o‘z xududiga evakuatsiya qilish imkoni bo‘lmagan taqdirda, harbiy asirlar ozod qilinishi kerak.
    qurolli to‘qnashuvda ishtirok etmayotgan shaxslarga xujum qilinishi mumkin emas. Bundan tashqari asir tushgan, asir tushish istagini bildirayotgan yoki xushsiz xolatda bo‘lgan shaxslar xujum ob’ekti bo‘lishi mumkin emas.
    Harbiy bo‘lmagan axolini ochlikdan qoldirish, ochlikdan jang qilish sifatida foydalanish taqiqlangan. I qo‘shimcha Bayonnomaning 54 - moddasida quyidagilar belgilangan:
    «Harbiy bo‘lmagan axolining omon qolishi uchun zarur bo‘lgan ob’ektlarga, chunonchi: oziq-ovqat maxsulotlari zaxiralariga; qishloq xo‘jalik yerlariga; ekinzorlarga; chorva mollarga; ichimlik suvi bilan taminlashga xizmat qiladigan inshootlarga va suv zaxiralariga; shuningidek, irrigatsiya inshootlariga ataylab, harbiy bo‘lmagan axoli yoki dushman tomon yashash vositasi sifatida foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, sabablaridan qattiy nazar: bu sabablar harbiy bo‘lmagan shaxslar orasida ocharchilik keltirib chiqarish, ularni ko‘chib ketishga majbur qilish yoki biron - bir boshqa sabab bo‘lishidan qattiy nazar, xujum qilish yoki ularni yo‘q qilib tashlash, olib chiqib ketish yoki yaroqsiz xolga keltirish taqiqlanadi».
    Erni qovjiratish siyosati chekinayotgan kuchlar tomonidan dushman qo‘shinlariga qarshi foydalaniladigan taktikadir. Davlat xududiga dushmanning bostirib kirishidan mudofaalanish chog‘ida harbiy zaruriyat sharoitida o‘z xududida 54 - moddadan foydalanib chekinishlarga ruxsat etiladi.
    Keng ko‘lamda va uzoq muddatga epidemiyalar va ocharchilikning tarqalishini, atrof-muxitning qattiq buzilishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan, yani axoli salomatligi yoki xayot iga zarar keltiradigan jang qilish usullari va vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
    XGX ga muvofiq josuslikdan foydalanish taqiqlanmagan. Agar josuslik faoliyati almashuv yo‘li bilan yoki ataylab yashirin usulga amalga oshirilsa, uni dushman nazorati ostida bo‘lgan harbiy joylarda harbiy axamiyatga ega bo‘lgan axborotni yashirincha to‘plash deb tariflash mumkin. Josuslik bilan shug‘ullanib turgan vaqtida qo‘lga olingan kombatant o‘zining harbiy asir maqomiga ega bo‘lish xuquqini yo‘qotadi va jazo olishi mumkin. Josuslik uchun qonunga muvofiq ishni sudda ko‘rish imkoniyati berilmog‘i kerak.
    Razvedka josuslikdan farq qiladi, bu harbiy qism yoki shaxsiy tarkib tomonidan harbiy kiyimda amalga oshiriladigan harbiy xarakatdir. Asir qilib olingan taqdirda razvedkachilar xatto dushman xududida qo‘lga olingan bo‘lsalar xam o‘zlariga nisbatan harbiy asirlar sifatida muomala qilishga xaqlidirlar.
    Sabotaj - agar sabotaj ob’ekti harbiy ob’ekt bo‘lsa, XGX ga muvofiq unga ruxsat beriladi. harbiy kiyimdagi sabotajchilar o‘zlargi nisbatan harbiy asirlardek muomala qilinishiga xaqlidirlar. harbiy kiyimda bo‘lmagan yoki harbiy bo‘lmagan sabotajchilar harbiy asirlarning himoya maqomiga ega bo‘lmaydilar.
    Mudofaa qilinmaydigan zonalar - bu urushayotgan tomonlar dushman qarshiliksiz okkupatsiya qilishi uchun ochiq deb elon qilgan joylardir. Buning uchun quyidagi shartlarni bajarish zarur:
    -kombatantlar, qurol va o‘q dorilar evakuatsiya qilingan yoki boshqa usullar bilan zararlantirilgan bo‘lishi kerak;
    -xech narsadan dushmanlik maqsadlarida foydalanmasligi kerak;
    -harbiy operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun xech qanday faoliyat olib bormasligi kerak.
    Shaxar yoki xudud xujum qilib kelayotgan dushman armiyasi tomonidan ortiqcha vayron qilinishining oldini olish urushayotgan tomonlardan biri muayyan joyni mudofaa qilinmaydigan zona deb elon qilishga sabab bo‘lishi mumkin.
    Kelishuvga muvofiq demilitarizatsiya zonalari deb etirof etilgan joylarda harbiy operatsiyalar olib borish mumkin emas.
    Xujum qilayotgan tomon komandiri qamal qilingan joydagi xokimiyat organlarini bo‘lajak bombardimon xaqida ogoxlantirish uchun mumkin bo‘lgan xamma choralarni ko‘rishi kerak. Diniy inshootlar, sanoat, madaniyat inshootlari, kasalxonalar xamda bemorlar va yaradorlar saqlanayotgan joylar harbiy maqsadlarga xizmat qilmasa, ularni saqlab qolish uchun choralar ko‘rish zarur. qamal qilingan joylarning maxmurlari himoya qilinishi zarur bo‘lgan binolar yoki joylarga ko‘zga ko‘rinarli belgilar xaqida xujum qiluvchi kuchlarga xabar berishlari shart.
    Betaraf davlatning diplomatiya korpusi harbiy xarakatlar boshlanishi oldidan qamal qilingan xududdan chiqib ketayotganida unga to‘sqinlik qilish mumkin emas. harbiy xarakatlar chog‘ida bunday imtiyozlar berilishi mumkin emas. Bordi-yu, diplomatiya va konsullik xodimlari ixtiyoriy ravishda xududda qolsalar, ular xam boshqa axoli qatori xatarga duch keladilar.
    Komandir qamal qilingan joy bilan tashqi dunyo o‘rtasida aloqa bog‘lashni va u yerga borishni taqiqlab qo‘yish xuquqiga ega. Urushayotgan tomonlar qamal qilingan yoki qurshab olingan zonadan yaradorlar, bemorlar, darmonsiz va keksa odamlarni, bolalar va xomilador ayollarni olib chiqib ketish xaqida shartnoma tuzishga urinib ko‘rishlari xamda ruxoniylar va tibbiy xodimlarning zarur tibbiy uskunalar bilan zonaga kirishiga ruxsat berishlari kerak.
    Komandirni kombatant bo‘lmaganlar qamal qilingan xududni ruxsatsiz tashlab chiqib ketishlariga ruxsat berishga majbur qiladigan qoida yo‘q. Xududdan ruxsatsiz chiqib ketishga urinadigan shaxslarga qarata o‘t ochilishi, ular orqaga qaytarib yuborilishi yoki ushlab olinishi mumkin.
    Oq bayroq. Oq bayroqdan foydalanilishi jangovar xarakatlarni to‘xtatib turish niyatini bildiradi. U yoki bu tomonidan jangovar xarakatlarni to‘xtatib turishni xoxlashini sabablari ko‘p. Masalan, yaradorlar, bemorlarni jang maydonidan olib chiqish yoki xalok bo‘lganlarni dafn etish, muzokaralar olib borish.
    Oq bayroq ko‘rgan kombatant quyidagilarni qilishi kerak:
    oq bayroq ko‘tarilgan joyga qarata o‘q otishni to‘xtatish;
    oq bayroq ko‘targanlarga yaqinroq kelish, o‘z shaxsini tasdiqlash va oq bayroq ko‘tarilishining sabablarni tushuntirishni buyurish yoki oq bayroq paydo bo‘lishining sabablarini bilish uchun razvedkachilar yuborish.
    Oq bayroq ko‘targan kishini yoki joyni o‘qqa tutish harbiy jinoyat sanaladi. Va, aksincha, oq bayroqdan razvedka malumotlarini to‘plash yoki harbiy operatsiyani niqoblash uchun foydalanish xam harbiy jinoyat bo‘ladi.

    Download 145.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling