Farg’ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Halqaro xuquqning vujudga kelishida Gugo Grotsiy, Jan Jak Russo, Frensis Liberlarning roli


Download 145.46 Kb.
bet4/18
Sana17.06.2023
Hajmi145.46 Kb.
#1521969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
BMI Yangi z LOTIN (2)

Halqaro xuquqning vujudga kelishida Gugo Grotsiy, Jan Jak Russo, Frensis Liberlarning roli.
Qizil Xoch tashkil etilgan 1863 yilda daxshatli fuqarolar urushi girdobida bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlari insonparvarlik xususiyatiga ega bo‘lgan «Qo‘shma Shtatlar armiyasiga jang maydonlarida qo‘mondonlik qilish uchun yo‘l-yo‘riqlar» majmuini qabul qildi. Yo‘riqnoma loyixasini Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kolumbiya universiteti professori, huquqshunos olim F. Liber dastlabki janglarning shafqatizligidan iztirobga tushgan prezident Avraam Linkolnning (1809-1865) iltimosiga binoan ishlab chiqqan edi. Keyinchalik «Liber Kodeksi» nomini olgan bu xujjat XVII asr mutafakkirlarining g‘oyalari bilan sug‘orilgan bo‘lib, uning asosida urush olib borish usullari muayyan qoidalarga muvofiq kelgandagina qonuniy bo‘la oladi, degan fikr yotar edi. Bu xujjat faqat bir mamlakatga xos bo‘lsada, qurolli mojarolarni tartibga soluvchi Xalqaro huquqiy me’yorlarni ishlab chiqishga o‘z taxsirini ko‘rsatdi.
1864 yilda Shvesariya Federal Kengashi 25 davlatga bir yil avval anjumanda qabul qilingan qarorlarni shartnoma shaklida tasdiqlash uchun vakil yuborish xaqida taklifnoma jo‘natdi. 1864 yildagi Konferensiyaning "Xarakatdagi armiyalarda yarador va bemor askarlarning qismatini yaxshilash to‘g‘risida" 1864 yil 22 avgustdagi Jeneva konvensiyasida tasdiqlangan qarorlariga kiritgan eng muhim qarorlaridan biri «qaysi millatga mansub bo‘lishidan qatxi nazar» yaradorlarni jang maydonidan olib ketish va yordam ko‘rsatish majburiyati mustaxkam langanligi bo‘ldi. 1864 va 1907 yillar orasidagi davr mobaynida bu konvensiya 57 davlat tomonidan extirof qilindi. Bu esa o‘sha davr uchun mislsiz ko‘rsatkich edi.
Shunday qilib, qurolli mojarolarga oid huquq Xalqaro asosga ega bo‘ldi. Bundan buyon u faqat umumiy xususiyatga ega udumlar va urushuvchi tomonlar o‘rtasida deyarli dala sharoitlarida tuziluvchi ikki taraflama shartnomalar maxsuli emas, balki xar qanday mojaroga nisbatan qo‘llash ko‘zda tutilgan ko‘p tomonlama konvensiyalarda mustaxkamlangan huquqqa aylandi. Keyinchalik xomiylik ostiga olingan shaxslarning aloxida toifalarini himoya qilishga, shuningdek, baxzi qurol turlaridan foydalanishni cheklashga qaratilgan boshqa konvensiyalar xam qabul qilindi.
Qurolli to‘qnashuvlar huquqi» tushunchasi adabiyotlarda turlicha nomlanadi. Jumladan, «Xalqaro insonparvarlik huquqi», «qurolli to‘qnashuvlar paytida qo‘llaniladigan Xalqaro gumanitar huquq», «qurolli to‘qnashuvlar Xalqaro huquqi» va boshqalar. Jeneva Konvensiyalari matnlarida esa «Xalqaro gumanitar huquq» tushunchasi ishlatiladi.
Huquq fani shu paytgacha Xalqaro huquqning qurolli to‘qnashuvlarda xatti-xarakatlarni tartibga soluvchi me’yorlar soxasiga ta’rif beruvchi yagona tushunchani ishlab chiqqani yo‘q. Olimlar o‘rtasida uning mazmuni borasida xam yakdillik mavjud emas. Eng ko‘p tarqalgan atamalar quyidagilar: «urush huquqi» (F. Berber), «urushuvchi tomonlar xammasiga Xalqaro huquq dushmanni bostirish vositalarini qo‘llash borasida yuklaydigan huquqiy cheklovlar», «Xalqaro harbiy huquq» (E. Bart), «harbiy asirlar, yaradorlar va tinch axoli chekadigan azob-uqubatlarni minimumga» olib keluvchi huquq, L.O‘pengeym uni «urush olib borishga tegishli Xalqaro huquq me’yorlari» sifatida tushunadi. D. Bindshedler-Roberning fikricha, «ushbu huquqiy normalar tizimini umuman atash uchun to‘la asosli ravishda urush qonunlari» atamasidan foydalanishda davom etaverish mumkin. I. Starke esa xuddi shu atama ostida «Xalqaro huquq tomonidan o‘rnatilgan va dushmanni yengish uchun kuch ishlatish imkoniyatlari doirasini belgilovchi cheklashlar»ni tushunadi.
Taklif etilgan «Xalqaro gumanitar huquq» atamasi xozircha eng ko‘p qo‘llaniladigan atama hisoblanadi. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining ta’rifiga ko‘ra, «Xalqaro gumanitar huquq - bu Xalqaro huquqning shartnomalarda belgilangan yoki udumlarga asoslangan me’yoridir. Bu normalar bevosita Xalqaro va Xalqaro bo‘lmagan qurolli mojarolar oqibatida yuzaga keladigan insonparvarlik masalalarini xal etishga maxsus yo‘naltirilgan bo‘ladi, xamda insonparvarlik muloxazalaridan kelib chiqqan xolda mojarodagi tomonlarning urush olib borish usuli va vositalarini tartibga solib, ularni tanlash huquqini cheklaydi xamda mojaro ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan odamlar va mol-mulkni himoya qiladi».
Xalqaro gumanitar huquq (XGX) Xalqaro ommaviy huquqning jamlangan soxasi sifatida XIX asrning 60-yillarida yuzaga kelgan bo‘lib, urush qilish udumlari va qonun qoidalarining ko‘p asrlar davomida shakllangan va sayqal to‘gan qonuniy masulidir. Unda insonparvarlik tafakkurining eng yaxshi yutuqlari o‘zini mujassam etgan.

Download 145.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling