Farg’ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo’nalishi


Download 145.46 Kb.
bet2/18
Sana17.06.2023
Hajmi145.46 Kb.
#1521969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
BMI Yangi z LOTIN (2)


Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo’nalishi

20.136 guruh talabasi Soloyev Zafarbek Quranboy o‘g‘li

“Halqaro gumanitar huquq meyorlariga asosan harbiy xarakatlarni tartibga solish va amalga oshirish usullari”.

mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga


T a q r i z.

Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo’nalishi

20.136 guruh talabasi Soloyev Zafarbek Quranboy o‘g‘li

“Halqaro gumanitar huquq meyorlariga asosan harbiy xarakatlarni tartibga solish va amalga oshirish usullari”.

mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga

Tashqi taqriz.



Mavzu: “Halqaro gumanitar huquq meyorlariga asosan harbiy xarakatlarni tartibga solish va amalga oshirish usullari”.


Reja.
Kirish.


I-bob

    1. Halqaro gumanitar xuquqining vujudga kelishi, rivojlanishi va asosiy tamoyillari.

    2. Kuch ishlatilishining halqaro-huquqiy tartibga solinishi: jus ad bellum ning xozirgi zamondagi mazmuni

    3. Gaaga xuquqi. Xarbiy xarakatlar olib borishning vosita va usularini chegaralashga yo‘naltirilgan asosiy xujjatlar

II-bob
2.1 Qurolli to‘qnashuvlar xalqaro xuquqi me’yorlarini buzganlik uchun javobgarlik. Xarbiy harakatlar ishtirokchisi (kombatant)ning xatti-harakat kodeksi
2.2 Qizil Xoch va Qizil Kichik oy Xalqaro xarakati tarkibiy qismlarining faoliyati.
2.3 O‘zbekiston Qizil Kichik oy Milliy jamiyati.Qizil Xoch va Qizil Kichik oy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasining faoliyati
Kirish
Xalqaro gumanitar xuquq – qurolli mojarolar davrida qo’llaniladigan va harbiy xarakatlarda ishtirok etmaydigan shaxslar (ya’ni fuqaro aholi) xamda qurolli xarakatlarda qatnashishni to’xtatgan shaxslar (ya’ni, qurolli kuchlarning yarador va bemorlari xamda harbiy asirlar) bilan munosabatlarga doir me’yorlar tizimidir. Xalqaro gumanitar xuquq tarkibida qurollarning ayrim turlaridan foydalanish va urush olib borish usulini tanlashga oid me’yorlar xam mavjud. Bu xuquqqa oid qoidalar xalqaro qurolli mojarolar bilan bir qatorda ichki nizolar va fuqarolar urushi vaziyatlarida xam qo’llaniladi. Xalqaro gumanitar xuquq xujjatlari jaxonda eng ko’p ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar bo’lib, 191 davlat 1949 yilgi Jeneva konventsiyalari ishtirokchisi va 150 dan ortiq davlat esa 1977 yilgi ularga Qo’shimcha protokollar ishtirokchisi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida ko’plab muhim xalqaro shartnomalar va konventsiyalarga qo’shildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasida qayd etilganidek, O’zbekiston «xalqaro xuquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini» tan oladi. Buning tasdig’i o’laroq, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Ichki xizmat Nizomining 19-moddasida xar bir harbiy xizmatchi harbiy xarakatlar olib borish, yaradorlar, bemorlar bilan, jangovar xarakatlar olib borilayotgan joylardagi harbiy bo’lmagan axoli bilan, shuningdek, harbiy asirlar bilan muomala qilishning xalqaro qoidalarini bilishi va ularga rioya etishi lozimligi belgilab berilgan. Shu ma’noda, xalqaro xuquq asoslaridan xabardorlik fuqarolarimizning o’z xuquqlarini himoya etishlari nuqtai nazaridan xam muhim axamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasi 1949 yilgi Jeneva konventsiyalari va 1977 yilgi ularga Qo’shimcha protokollarga 1993 yil sentyabrda qo’shilgan. Bundan tashqari mamlakatimiz 1997 yil avgustdan «Oddiy qurollarning xaddan ortiq jaroxat yetkazadigan va (nishon) tanlamaydigan xarakterda deb hisoblanuvchi konkret turlarini qo’llashni cheklash yoki taxqiqlash to’g’risida" 1980 yil 10 oktyabrda qabul qilingan konventsiya va uning protokollariga qo’shildi, xalqaro gumanitar xuquq ko’lamida insonning asosiy xuquq va erkinliklarini xalqaro darajada himoya etishni tartibga solishni, shuningdek, bu soxada barqarorlikni ta’minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.
Xalqaro gumanitar xuquqning O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibi tomonidan o’zlashtirilishi va unga amal qilinishi inson xuquqlari xaqidagi bilimlarni chuqur o’rganish va ularni keng tarqatishga ko’maklashadi.
Ushbu o’quv-uslubiy majmua xalqaro gumanitar asoslari fanidan reja bo’yicha o’tiladigan mavzular asosida yaratilgan bo’lib, unda ma’ruzalarni o’rganish bo’yicha ChHT yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar va harbiy mutaxassislar uchun o’quv kurs dasturi, uslubiy ko’rsatma, ta’lim texnologiyasi, ko’rgazmali taqdimot slaydlari, biletlar, test savollari, ma’ruzalarda keltirilgan atamalarning glossariysi, bitiruv malakaviy ishlar mavzulari ro’yxati jamlangan.
Mazkur o’quv-uslubiy majmua harbiy oliy o’quv yurtlari va harbiy mutaxassis tayyorlovchi o’quv muassasalari talabalari uchun tavsiya etilgan. Shu bilan birga o’quv uslubiy majmuadan harbiy bilim yurti o’qituvchilari, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar, respublikamizda olib borilayotgan harbiy islohotlar jarayonlariga qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
O’zbekistoning davlat mustaqilligiga erishishi uning taraqqiyotida tarixiy yangi sahifa ochdi. Demokratik rivojlanish yo’lini tanlagan O’zbekiston o’z siyosatida inson huquqlarini e’tirof etish va himoyalashni, tinchlik va xalqlar xafsizligini ustivor deb belgiladi. O’zbekiston Respublikasi xalqaro xuquq, shu jumladan, xalqaro gumanitar xuquq normalari va printsiplariga og’ishmay amal qilib kelmoqda. Konstituttsiyaning 17-moddasida O’zbekiston Respublikasi xalqaro xuquqining xamma e’tirof etgan printsiplari va normalariga amal qilish belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasinig xalqaro xuquqning ustunligini tan olish normalarini milliy qonunchilikka kirib borishi lozim bo’lgan xalqaro gumanitar xuquqqa (boshqacha aytganda «Urush huquqi» yoki «Qurolli To’qnashuvlar Huquqi»)ga oid bilimlarni keng yoyish muammosini dolzarblashtirdi. O’zbekiston dunyo xamjamiyatiga kira borib, inson xuquqlari va gumanitar xuquqqa oid bir qator xalqaro xuquqiy xujjatlarga imzo chekdi.
Mamlakatimz Prezidenti I.A.Karimov 2000 yil 23 avgustida ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ι sessiyasida so’zlagan nutqida bunday deb ta’kidlagan edi: «Mintaqamizda» va dunyoda yuzaga kelgan vaziyat bugungi kunda bizdan chegaralarimiz daxlsizligini, mamlakatimizning xududiy yaxlitligini, O’zbekistonning izchil va barqaror taraqqiyotini amalda ta’minlashga qodir bo’lgan xafsizlik tizimini yaryatishni taqozo etmoqda».
O’zbekiston Respublikasi rahbariyati o’z tashqi siyosiy faoliyatining hamma jabhalarida xalqaro huquq printsiplari va normalariga og’ishmay amal qilib kelmoqda. Respublikamiz BMTga kirish chog’ida ana shu printsip va normalarga sodiq ekanligini aytgan edi.
Qurolli To’qnashuvlar Huquqi (QTH) xalqaro davlat va fuqaro huquqining bir qismi bo’lib, muayyan normalar va qoidalar majmuidir. Ularga rioya qilish zo’rlikni, vayrongarchilikni, harbiy va harbiy bo’lmagan qurbonlarning azob-uqubatlarini kamaytirish imkonini beradi.Ushbu normalar va qoidalar hamma qabul qilgan odatlar yoki xalqaro shartnomalarga tayanadi.
Xalqaro hamjamiyat a’zolari bo’lgan davlarning deyarli hammasi ushbu normalarni tan oladi. Yuqoridagilarning tasdig’i o’laroq, O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari ichki xizmat Nizomini 19-moddasida har bir harbiy hizmatchi harbiy harakatlar olib borish, yaradorlar bemorlar bilan, shuningdek, harbiy asrlar bilan muomala qilishning xalqaro qoidalarini bilishi va ularga rioya etishi shart ekanligini belgilab qo’yilgan. Bu o’z navbatida harbiy xizmatchilarning jang maydonlarida ma’lum miqdorda xuquq va majburiyatlarini belgilaydi.


Download 145.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling