Farg’ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti
Kuch ishlatilishining halqaro-huquqiy tartibga solinishi
Download 145.46 Kb.
|
BMI Yangi z LOTIN (2)
Kuch ishlatilishining halqaro-huquqiy tartibga solinishi: jus ad bellum ning xozirgi zamondagi mazmuni
1."Urushish huquqi" konsepsiyasining 1945 yilgacha rivojlanishi. 1859 yilda Fransiya va Avstriya armiyalari Italiyaning shimolidagi Solferino yaqinida o‘zaro jang qilib turgan bir vaqtda Shveysariyalik yosh fuqaro Anri Dyunan ongida bemorlar va urushda yarador bo‘lganlarning azob - uqubatlarini yengillatish maqsadida Xalqaro xarakatlarni amalag oshirish fikri tug‘ild Jangdan keyin Dyunan minglab yarador fransuzlar va avstraliyaliklar orasiga kirib qoldi xamda bir necha ko‘ngillilar bilan birga ularning azob - uqubatlarini yengillatish uchun qo‘lidan kelgan xamma ishni qildi. Ko‘rgan kechirganlaridan daxshatga tushgan Dyunan, keyinchalik «Un souvenir de Solferino» degan kitob yozdi va u 1862 yilda bosilib chiqdi. Kitobda Anri irqi, millati va dinidan qatxiy nazar bemorlar va yaradorlarni parvarish qilish uchun milliy jamiyatlar tuzishni taklif qildi. Shunindek, u davlatlarga bunday tashkilotlarning ishini etirof etadigan va yaradorlar bilan yaxshiroq muomala qilishni kafolatlaydigan shartnoma tuzishni taklif qildi. Shundan keyin Anri Dyunan to‘rt nafar do‘sti bilan yaradorlarga yordam berish Xalqaro Qo‘mitasini tashkil qildi (bu qo‘mitaning nomi tez orada Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi - XQXQ deb o‘zgartirildi). Dyunan qoyalari keng qo‘llab-quvvatlandi. Bir necha mamlakatda milliy jamiyatlarga asos solindi va 1864 yilda Jenevada bo‘lib o‘tgan diplomatiya konferensiyasida Yevropadagi 16 mamlakat delegatlari xarakatdagi armiyadagi bemorlar va yaradorlar qismatini yaxshilash to‘g‘risida Konvensiya qabul qildilar. Ushbu xujjatda - Birinchi Jeneva konvensiyasida - irq, millat va din masalalarida universallik xamda bag‘rikenglik prinsiplari qayd etildi. Oq fondagi Qizil Xoch shaklidagi emblema qabul qilinib, u harbiy tibbiyot xodimlarining belgisiga aylanib qoldi. Musulmon mamlakatlarida bu emblema oq fondagi Qizil yarim oydan iboratdir. O‘shandan beri tibbiyot xodimlari, harbiy shifoxonalar betaraf deb hisoblanadi. Konvensiya Xalqaro gumanitar xuquqqa rasman asos soldi. Tez orada Jeneva konvensiyasining amal qilish doirasini kengaytirish zarurligi ayon bo‘ldi. To‘rt yil avval qabul qilingan prinsiplarni harbiy dengiz to‘qnashuvlariga xam taalluqli qilish maqsadida 1868 yilda yangi konvensiya loyixasi tuzildi. 1868 yildagi Sankt-peterburg deklaratsiyasi yana bir qadam bo‘ldi. Bu deklaratsiya davlatlarni ortiqcha azob beradigan qurolni qo‘llamaslikka chaqirdi. Deklaratsiya portlaydigan o‘qlarni qo‘llashni taqiqladi. 1899 va 1907 yillarda Gaagada bo‘lgan tinchlik konferensiyalarida urush xarakatlari urush xarkatlari qonunlarini va qoidalarini belgilab beruvchi konvensiyalar xamda ayrim xarakatlarni, shu jumladan, mudofaa qilinmaydigan shaxarlarni bombardimon qilishni, zaxarli gazlar va yumshoq kallakli o‘qlarni qo‘llashni taqiqlaydigan deklaratsiyalar qabul qilindi. Bu konferensiyalarda tinchlikka taxdid tug‘diruvchi kelishmovchiliklarni bartaraf etish vositasi sifatida ishni majburiy tarzda sudda ko‘rib chiqish tizimi xussida kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘linmadi. 1906 yilda Birinchi Jeneva konvensiyasi quruqlikdagi urush qurbonlari yanada ko‘proq himoya qilinishini taminlash maqsadida qayta ko‘rib chiqildi, keyingi yilda esa uning xamma qoidalari dengizdagi harbiy xolatga xam rasman taaluqli qilindi. Jeneva konvensiyasiga rioya qilish va XQXQ boshchiligidagi xarakatlar birinchi jaxon urushi davrida (1914 - 1918 yillarda) odamlar xayotini saqlab qolish va ortiqcha azob-uqubatlarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Lekin ushbu to‘qnashuvdagi juda katta qurbonlar Xalqaro xamjamiyatni Konvensiyani mustaxkamlash zarurligiga ishontirdi. Anashu ruxda 1929 yilda Jenevada bo‘lib o‘tgan konferensiya bemorlar va yaradorlarga muomala qilish borasida yaxshilangan qoidalarni o‘z ichiga olgan konvensiyani va harbiy asirlarga muomala qilish bo‘yicha ikkinchi konvensiyani qabul qildi. Shundan to‘rt yil oldin Millatlar ittifoqining konferensiyasida bo‘g‘uvchi gazlarni va zaxarli gazlarni qo‘llanishni taqiqlash to‘g‘risida bayonnoma qabul qilingan edi. Ispaniyadagi fuqarolar urushi (1936 - 1939) va ikkinchi jaxon (1939 - 1945 yillar) Xalqaro gumanitar xuquqni yana urush xarakatlarining o‘zgarib borayotgan xarakteriga muvofiqlashtirish zarurligini ko‘rsatdi. Ishni yangidan boshlash xaqida qaror qabul qilindi xamda tegishli suratda quruqlikda bemorlar va yaradorlarni (Birinchi konvensiya) va qurbon bo‘lgan fuqarolarni (To‘rtinchi konvensiya) qamrab oladigan yangi Jeneva konvensiyalari tuzildi. Bu konvensiyalar 1949 yil aprel oyidan avgust oyigacha Jenevada bo‘lib o‘tgan Xalqaro diplomatiya konferensiyasida qabul qilindi. 2.BMT Nizomining 2 (4)-moddasida kuch ishlatishni cheklash qoidalari. Bosh Assambleya har yili jahonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashda dolzarb muammolarni muhokama qiladi va bu masalalar bo‘yicha BMTga a’zo bo‘lgan davlatlarga yoki Xavfsizlik kengashiga tavsiyalar berib, qarorlar ishlab chiqadi. Garchand bu tavsiya va qarorlar a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun majburiy bo‘lmasa-da, davlatlarning asosiy ko‘pchiligi ularni bajarishdan manfaatdordir. Ekologik masala va xavfsizlik kengashining qabul qilgan qarorlari esa a’zo davlatlar uchun majburiydir. BMT o‘z a’zolarining suveren tengligiga asoslanadi. BMT davlatlarning ichki ishlariga aralashmaydi va befarq ham bo‘lmaydi. Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti jahonda ro‘y berib turadigan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni ko‘rib chiqadi, muhokama qilib, tavsiya va qarorlar ishlab chiqadi. Bu tavsiyalar asosan rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sishiga, inson huquqlarini himoya qilishni ta’minlashga, jinoyatchilikka qarshi kurashga va boshqa masalalarga qaratiladi. Fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. O‘zbekiston 1993 yil 24 avgustda YuNESKOga a’zo bo‘ldi. Siyosiy masalalar va xavfsizlik ishlari departamenti davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni siyosiy vositalar yordamida tartibga solib turish, xalqaro mojarolarni bartaraf etish, harbiy tajovuz yoki tabiiy odatlar qurboni bo‘lgan xalqlarga yordamlashish, dunyoda mustahkam, barqaror tinchlikka erishish, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro munosabatlarni demokratlashtirishga yordamlashishdan iborat. Shuningdek, harbiy mojarolarni bartaraf qilish, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, separatizm (ayirmachilik)ga qarshi birgalikda kurashish. Xalqaro sud quyidagi vazifalarni bajaradi: BMT tizimida jahon siyosatining mojaroli muammolarini xalqaro huquq qonun-qoidalari negizida adolatli va tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashish. “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi” (1948 yil 10 dekabr) ijrosini ta’minlash, insonning asosiy huquq va erkinliklarini yo‘lga qo‘yish. BMT ustavi va xalqaro huquq prinsiplariga ko‘ra kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik. Ziddiyatlarni harbiy yo‘l bilan emas, balki siyosiy ziddiyatlarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish. Hamkorlik. BMTga a’zo davlatlarni xalqaro huquq bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarishga undash. Davlatlar chegaralari daxlsizligi, hududiy yaxlitligi, inson huquqlarini hurmat qilish prinsiplarining ijrosini ta’minlashda a’zo davlatlarga amaliy yordam berish va h.k. . Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni tiklashda BMT ni o‘rni. Birlashgan Millatlar Tashkiloti – dunyodagi umuminsoniy manfaatlar asosida faoliyat olib boradigan eng nufuzli xalqaro tashkilot (1945 yil 24 oktabr). BMTga hozirgi vaqtda 192 ta mamlakat a’zo. BMT – yer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlar va millatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945 yilda, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan g‘alaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashishi asosida tuzilgan xalqaro tashkilotdir. Aslida bunday xalqaro tashkilotni tuzish zarurati Birinchi jahon urushidan keyinroq ayon bo‘la boshlaydi. Shu maqsadda dastlab 1919 yilda “Millatlar Ittifoqi” nomli xalqaro tashkilot ta’sis etiladi va u 1946 yilgacha Shvesariyaning Jeneva shahrida faoliyat olib boradi. Ammo u davrda demokratik va tinchliksevar kuchlarning uyushqoq emasligi va zaifligi tufayli Millatlar Ittifoqi xalqlarning umidlarini oqlamaydi, u Birinchi jahon urushida g‘alaba qozonib, yetakchi mustamlakachi davlatlarga aylangan Buyuk Britaniya va Fransiyaning quroliga aylanib qoladi. Ikkinchi jahon urushi davomida va undan keyingi vaqtda 1919-1939 yillar mobaynidagi ana shu achchiq tajriba inobatga olinadi, tegishli xulosalar chiqariladi. Xullas, o‘tmish sabog‘i yangi xalqaro tashkilotlarning butunlay boshqacha bo‘lishini talab qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti to‘g‘risidagi dastlabki fikrlar 1942 yilda tajovuzkor fashistik rejimga qarshi kurash olib borayotgan mamlakatlar rahbarlari va namoyandalari tomonidan o‘rtaga tashlanadi. 1943 yili Buyuk Britaniya, AQSh, SSSR va Xitoy tashqi ishlar vazirliklarining qo‘shma kengashida bu fikr aniq ifodalanadi. BMTning nizomi 1944 yilda xuddi shu 4 davlat vakillarining Dumbarton-Oksdagi konferensiyasida ishlab chiqiladi va 1945 yil iyunida San-Fransiskoda ta’sis konferensiyasida imzolanib, 1945 yil 24 oktabrda kuchga kiradi. Shu boisdan ham 24 oktabr butun dunyoda BMT kuni sifatida nishonlanadi. BMT ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000 yilda esa ular soni 189 ga yetdi1. BMTning bosh qarorgohi (shtab kvartirasi) Nyu-York shahrida joylashgan. BMT nizomida ko‘rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli bo‘lishi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashga haqli ekani haqidagi umum e’tirof etilgan qoidaga qat’iy amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini qaror toptirish iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish zaruratini nazarda tutib, ana shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg‘unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi. O‘tgan davr mobaynida Birlashgan Millatlar Tashkilotining jahon siyosatidagi o‘rni va ta’siri masalasiga turli davlatlar turlicha yondashib keldi. Shu sababli o‘z faoliyati davrida BMT siyosiy kuchlarning kurash sahnasi bo‘lib keldi. Jumladan, sobiq Sovet Ittifoqi BMT minbaridan sinfiy va mafkuraviy kurash vositasi sifatida foydalanishga intildi. Ammo oxir-oqibatda BMT xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlash vositasi sifatida tanilmoqda. Buni sobiq Yugoslaviya, Iroq, Falastin-Isroil va Afg‘oniston bilan bog‘liq muammolarga yondashuvlar, mustamlakachilikni tugatish, milliy davlatlarning mustaqilligini himoya qilish va boshqa shu kabi ko‘plab misollarda ko‘rish mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkilotining mavqei va obro‘si yil sayin oshib bormoqda. Unga a’zo bo‘lishni va a’zolikka qabul etilishini har bir mustaqil davlat o‘zi uchun tarixiy va faxrli bir masala deb biladi. Chunki bunday voqea ushbu davlat jahon demokratik davlatlar hamjamiyatiga qabul qilinganidan, uning safidan munosib joy egallaganidan dalolat beradi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘z tarkibiga ko‘ra, 6 ta asosiy ishchi tuzilma, shuningdek, ularga ko‘maklashadigan muayyan qo‘mita va komissiyalardan iborat. Download 145.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling