Farg’ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti
Gaaga xuquqi. Xarbiy xarakatlar olib borishning vosita va usularini chegaralashga yo‘naltirilgan asosiy xujjatlar
Download 145.46 Kb.
|
BMI Yangi z LOTIN (2)
Gaaga xuquqi. Xarbiy xarakatlar olib borishning vosita va usularini chegaralashga yo‘naltirilgan asosiy xujjatlar
Xarbiy xarakatlarni amalga oshirish tamoyillari. Qurolli to‘qnashuvlar huquqining manbalari – Xalqaro huquqiy munosabat subxektlarining xatti-xarakat qoidalarini ifodalovchi va mazkur qoidalarga Xalqaro gumanitar huquq normalari tusini beruvchi xujjatlardir. Bunday xujjatlar shartli ravishda to‘rt guruxga ajratiladi: 1) Urush jabrdiydalarini himoya qilishga yo‘naltirilgan xujjatlar. Ular "insonparvarlik huquqi" yoki "Jeneva huquqi" deb xam ataladi, chunki ularning moxiyati Jeneva konvensiyalarida aks ettirilgan. 2) Urush olib borish usullari va vositalariga taaluqli xujjatlar. Ular "urush huquqi" yoki "Gaaga huquqi" deb xam ataladi, chunki ularning moxiyati asosan Gaaga konvensiyalarida aks ettirilgan. 3) Baxzi ob’ektlarni himoya qilishga yo‘naltirilgan xujjatlar. 4) Xalqaro yurisdiksiya (sud qilish huquqi) xaqidagi xujjatlar. Manbalardan kelib chiqqan xolda Xalqaro gumanitar huquqning o‘ziga xoslik tomonlari quyidagilardan iborat: Birinchidan, Xalqaro huquq normalari uning subxektlari tomonidan tegishli xatti-xarakatlar bo‘yicha va ularga Xalqaro gumanitar huquqiy norma tusini berish xususida o‘rtadagi o‘zaro kelishuvni mustaxkamlaydi. Normalarni belgilovchi bunday kelishuvga subxektlarning irodasini muvofiqlashtirish yo‘li bilan erishiladi va shu bilan ularning umumiy xoxish-irodasi ifodalanadi. Shu bois, bunday kelishuv shakli mazkur Xalqaro-huquqiy normaning manbai hisoblanadi. Ikkinchidan, Xalqaro gumanitar huquqiy normani unda ko‘rsatilgan subxektning subxektiv huquqiga xar doim boshqa subxektning tegishli subxektiv majburiyati qarama-qarshi turishi (milliy huquqdan farqli ravishda) xarakterlaydi. Majburiyat olgan subxekt o‘zi uchun noqulay yuridik oqibatlarning oldini olish uchun xam uni ijro etishdan bo‘yin tovlamaydi. Uchinchidan, subxektiv Xalqaro gumanitar huquqiy majburiyatlar ko‘p marotaba qo‘llashga mo‘ljallangan. To‘rtinchidan, Xalqaro gumanitar huquqning ayrim subxektlari o‘rtasidagi kelishuv asosida chetlab o‘tish mumkin bo‘lmagan Xalqaro gumanitar huquqning imperativ (majburiy) normalari mavjudligini hisobga olish zarur. Yuqorida aytilgandek, urush qurbonlarini himoya qiluvchi shartnomalar aslida «gumanitar» huquqni ifodalaydi. Bu shartnomalardagi mehyorlar urush xarakatlarida bevosita ishtirok etmayotgan (yaxni tinch axoli) yoki unda bevosita qatnashishni to‘xtatgan (yaxni quruqlikdagi yoki dengizdagi qurolli kuchlar tarkibidan bo‘lgan yaradorlar va bemorlar, harbiy asirlar) maxlum toifadagi shaxslarni himoya qilishga qaratilgan. Endi yuqorida tilga olingan manbalarni qisqacha ko‘rib chiqishga o‘tamiz. Qurolli to‘qnashuvlar xuquqining boshqa nomlari xam bor: «Urush xuquqi» yoki «Xalqaro gumanitar xuquq», bu o‘rinda biz «qurolli to‘qnashuvlar xuquqi» yoki qisqa qilib XGX degan nomni ishlatamiz. XGX Xalqaro davlat va fuqaro xuquqining muhim qismi bo‘lib, urushayotgan taraflarning xuquq va majburiyatlarini tartibga solishi, urush keltiradigan kulfatlarni cheklashi va yengillashtirishi kerak. Uning maqsadi-imkon qadar urush extiyojlarini muayyan insonparvarlik prinsiplariga bo‘ysundirishdan iborat. Maxlumki, urush siyosatning davomidir. Insoniyatning uzoq tarixida muayyan qoidalar vujudga kelgan bo‘lib, ularning tarixi shu qadar uzoqqi, natijada bu qoidalar odatga aylanib ketgan. Masalan, urush exlon qilish, yarash, taslim bo‘lish xamma tomonidan qabul qilingan amaliyotga aylanib qolgan. Yengilgan dushmanga raxm qilish, safdan chiqqan jangchini o‘ldirishni taqiqlash va shu kabi normalar xam odat tusiga kirib qoldi. Chunonchi, Amir Temur taslim bo‘lgan dushmanga raxm-shafqat ko‘rsatishga chaqirgan edi. «Insonparvarlik va jasoratni Ollox xam, xalq xam sharaflaydi», deb takrorlar edi u xamisha. Sharqning buyuk allomasi Jomiy esa bunday deb yozgan edi: Download 145.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling