Farg’ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti
Demilitarizatsiya qilingan zona
Download 145.46 Kb.
|
BMI Yangi z LOTIN (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qizil Xoch va Qizil Kichik oy Xalqaro xarakati tarkibiy qismlarining faoliyati. Qizil Xoch va Qizil Kichik oy Xalqaro xarakatining vujudga kelishi.
Demilitarizatsiya qilingan zona - bu kombatantlar, jangovar vositalar, harbiy anjomlar bo‘lmagan, mamurlar va harbiy bo‘lmagan axoli tomonidan dushmanlik saxy-xarakatlari bilan bog‘liq xech qanday faoliyat olib borilmayotgan joydir. Demilitarizatsiya qilingan zona maqom manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi bitimga muvofiq beriladi (tinchlik vaqtida yoki urush xarakatlari boshlanganidan keyin).
Qizil Xoch va Qizil Kichik oy Xalqaro xarakati tarkibiy qismlarining faoliyati. Qizil Xoch va Qizil Kichik oy Xalqaro xarakatining vujudga kelishi. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi (XQXQ) o‘ziga xos maqomga ega bo‘lgan mustaqil insonparvar tashkilotdir. U o‘zining tinchlikparvar gumanitar faoliyatini butun dunyo miqyosida amalga oshiradi. Qo‘mita gumanitar faoliyatining Xalqaro xususiyati butun jaxon xamjamiyati tomonidan extirof etilgan. Dastlab shveysariyalik bir gurux shaxslar tomonidan tuzilgan ushbu tashkilot xukumatlararo tashkilot emas. Lekin butun dunyo miqyosida amalga oshirayotgan o‘z insonparvarlik faoliyatining tabiatiga ko‘ra, u aslida Xalqaro tashkilot sifatida extirof qilinadi. XQXQ mandati Xalqaro konvensiyalarga muvofiq bo‘lgan birdan-bir tashkilotdir. U Xalqaro shartnomalarni imzolashga vakolat olgan birdan-bir nodavlat tashkilotdir. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi Shveysariya qonunchiligiga muvofiq faoliyat ko‘rsatuvchi uyushma. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining oliy organi – Qo‘mita – faqat Shveysariya fuqarolaridan iborat bo‘ladi. Tajriba bunday bir xil tarkib Qo‘mitaning tez, qatxiy va samarali faoliyat olib borishiga yordam berishini ko‘rsatmoqda. Qo‘mita tarkibiga bitta mamlakat fuqarolari kirsa-da, Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi faoliyati Xalqaro xususiyatga ega. Uning faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlar Xalqarodir. Boshqa tomondan, Qo‘mitaning bitta fuqarolikka mansub tarkibi Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi xodimlarining butun shtati faqat shveysariyaliklardan iborat degani emas, XQXQning Jenevadagi shtab kvartirasida xam, chet ellardagi delegatsiyalarda xam turli kasbdagi kishilar - xar xil davlatlarning fuqarolari ishlaydi. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi ikki xil xususiyatga ega: Shveysariya Fuqarolik kodeksiga muvofiq xususiy huquq subxekti bo‘la turib, Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi bir vaqtning o‘zida faoliyatini gumanitar huquq doirasida olib borish yoki shunday Xalqaro faoliyat olib borish tashabbusi bilan chiqish huquqlariga ega. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi xukumatlararo tashkilot emas; ayni vaqtda unga «noxukumat tashkilot» atamasi xam to‘g‘ri kelmaydi. To‘g‘rirog‘i, Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi Xalqaro huquqning o‘ziga xos subxekti bo‘lib, Xalqaro huquqiy subxekti ega bo‘lgan maxsus vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa Xalqaro tashkilotlar tomonidan juda keng miqyosda tan olingan. Bunday huquqiy maqom Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi davlat ichidagi qurolli mojarolar va tartibsizlik sharotida o‘z tashabbusi bilan yoki 1949 yilgi Jeneva Konvensiyalari va ularga qo‘shimcha pprotokollar asosida betaraf vositachi bo‘lishga imkon beradi. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi huquqiy maqomining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi davlatlar bilan shartnomalar tuzish huquqiga ega. Bu shartnomalar Xalqaro xususiyatga ega bo‘lib, ko‘pincha milliy qonunchilikdan ustun turadi. Ular Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi delegatsiyalariga diplomatik vakolatxonalar va xukumatlararo muassasalar vakolatxonalari maqomini beradi, ayniqsa ushbu shartnomalarda ko‘rsatilgan (masalan, sud qilish, ko‘rsatma berish va boshqa) imtiyozlar va immunitetlar maxnosida; 2. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning delegatlari ko‘rsatma berish uchun Xalqaro sud idoralariga (shu jumladan Xalqaro jinoyat sudiga) chaqirilishlari mumkin emas; 3. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi BMT Bosh Assambleyasi va boshqa ko‘pgina Xalqaro tashkilotlarda (masalan, Amerika davlatlari tashkilotida) kuzatuvchi maqomidan foydalanadi; 4. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi Xalqaro huquq asosida (1949 yilgi Jeneva Konvensiyalari va ularga Qo‘shimcha protokollar) harbiy va fuqaro maxbuslarni borib ko‘radi va xuddi shu asosda o‘z xizmatini taklif etadi; 5. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi Xalqaro anjuman va forumlarda xukumatlararo tashkilotlar uchun yaratiladigan mavqelarga teng sharoitlarda qatnashadi. Nodavlat tashkilotlar yuqorida sanab o‘tilgan barcha imkoniyatlar majmuiga ega emas. Xolis, betaraf va mustaqil tashkilot sifatida XQXQning maqsad va vazifalari faqat insonparvarlikka qaratilgan bo‘lib, urush va mamlakat ichidagi zo‘ravonlik vaziyatlari jabrdiydalarining xayot i va shaxnini himoya qilish xamda ularga yordam ko‘rsatishdan iborat. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi mojaro vaziyatida Qizil Xoch va Qizil Yarim oy Xalqaro xarakati tomonidan amalga oshiriladigan Xalqaro gumanitar yordamga raxbarlik qiladi va uni muvofiqlashtiradi. U gumanitar huquqni xamda universal insonparvarlik tamoyillarini targ‘ib qilib va mustaxkamlab odamlarning azob chekishlariga yo‘l qo‘ymaslikka intiladi. O‘z maqomini olgan dastlabki kundanoq u butunlay o‘z faoliyatini urush jabrdiydalarini himoya qilishga, ularga beg‘araz insoniy yordam ko‘rsatishga bag‘ishlab kelmoqda. Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Xalqaro xarakatining Nizomi Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasiga keng vakolatlar doirasini belgilab beradi. U quyidagilarni amalga oshirishi lozim; - xarakatning asosiy tamoyillarini himoya qilish va targ‘ib qilish; - Xalqaro gumanitar huquqqa rioya qilishga, uni targ‘ib qilishga va rivojlantirishga ko‘maklashish; - Xalqaro va xar qanday boshqa qurolli mojarolarning jabrdiydalarini himoya qilishni va ularga yordam berishni, shu jumladan, ichki tartibsizliklar va g‘alayonlar vaqtida ularga himoya va yordamni taxminlash; - qurolli mojarolar olextimolini nazarda tutib, tibbiyot xodimlarini o‘qitish va tibbiyot vositalarini tayyorlashda qatnashish; - Qizil Xoch va Qizil Yarim oy Xalqaro Federatsiyasi bilan mustaxkam aloqa bog‘lagan xolda insonparvarlik faoliyati soxasida Milliy jamiyatlar bilan xamkorlik qilish. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: Qurolli mojarolar va mamlakat ichidagi zo‘ravonlik vaziyatlari jabrdiydalarining huquqlariga amal qilishni taxminlash. Buning uchun Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi vakillari (delegatlari) erkinligi cheklangan shaxslarni (masalan, harbiy asirlarni, muayyan xududga majburan joylashtirilgan tinch axolini) faqat ular bilan g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lishning oldini olish va zaruriyat tug‘ilsa ularni ushlab turish sharoitlarining yaxshilanishiga erishish maqsadida borib ko‘radi. Mojaro natijasida bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish va bir-biridan ajratilgan oila a’zolarni birlashtirish. Buning uchun XQXQ qoshida Markaziy qidiruv agentligi (uni Markaziy ma’lumot agentligi deb xam atashadi) faoliyat ko‘rsatadi. Bu agentlik: -yordam ko‘rsatish uchun jabrlanganlar xaqida ma’lumot to‘playdi (masalan, xibsda bo‘lgan shaxslarning ushlab turilgan joyini aniqlash; ularning taqdiri xaqida ma’lumotlarni yaqinlariga yetkazish); -mojaro natijasida bir-biridan ajratib qo‘yilgan shaxslar o‘rtasida aloqani tiklaydi va ularni bog‘lab turadi; -bir-biridan ajratilgan oilalarni birlashtirish faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi yoki ularning birlashishiga ko‘maklashadi; -bedarak yo‘qolgan shaxslarning taqdirini aniqlash uchun ularning yaqinlari nomidan xokimiyat idoralariga murojaat qiladi; -shaxsini tasdiqlovchi xujjatlari bo‘lmagan shaxslarga yo‘lovchi xujjatlari beradi. Bu ularga qochib borayotgan mamlakatiga borish yoki vataniga qaytish imkonini beradi. -mojaro jabrdiydalaridan, shu jumladan ozodlikdan maxrum etilgan shaxslardan xar birining keyingi taqdirini kuzatib boradi. Odamlarning xayotini va sog‘ligini himoya qilish maqsadida qurolli mojarolar va mamlakat ichidagi zo‘ravonlik vaziyatlari jabrdiydalariga oziq-ovqat va boshqa moddiy yordam ko‘rsatish (masalan, vaqtinchalik turar joy qurish, kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak taqsimlash, qishloq xo‘jaligini tiklashga ko‘maklashish va x.k.); Sog‘liqni saqlash soxasida yordam ko‘rsatish (yaradorlarga birinchi yordam, evakuatsiya, tibbiy va jarroxlik yordami, dori-darmonlar, tibbiy jixozlar berish, sanitariya-gigiena tabdirlarini o‘tkazish, tibbiy xodimlar tayyorlash, orto‘edik jixozlar tayyorlash va x.k..); Xalqaro gumanitar huquqini rivojlantirish va u xaqidagi bilimlarni tarqatish. Bu turdagi faoliyatdan maqsad Xalqaro gumanitar huquqi buzilishining oldini olish va unga samarali amal qilishni taxminlashdir. Bundan tashqari Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi xar bir yangi tuzilgan Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Milliy jamiyatining rasmiy tan olinishi uchun masuldir. So‘nggi yillarda Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi 60 dan ortiq davlat, shu jumladan Shveysariya bilan Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining mavqei xaqida bitim tuzdi. Xozirigi vaqtda turli mamlakatlarda Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining 74ta delegatsiyasi va missiyasi ishlamoqda, uning xodimlari soni esa qariyb 12 ming kishiga teng. Jeneva konvensiyalarining qatnashchilari bo‘lgan davlatlar, Qizil Xoch va Qizil Yarim oy Milliy jamiyatlari to‘laydigan badallar, turli Xalqaro tashkilotlarning xayriya ajratmalari, jismoniy shaxslarning vasiyatnomalari bo‘yicha olingan pul va xadyalarning barchasi, shuningdek qimmatli qog‘ozlardan tushadigan daromad Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining mablag‘larini tashkil etadi. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi xar yili mablag‘larning qanday sarflanganligi xaqida uning hisobiga ajratmalar qilgan xomiylarga (donorlarga) yozma hisobot berib turadi. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi o‘z zimmasiga oladigan majburiyatlarini Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining tasarrufidagi ushbu mablag‘lar va asosiy jamg‘armalargina kafolatlaydi. Uning a’zolaridan xech kim ushbu majburiyatlar bo‘yicha shaxsiy yoki jamoa tarzida moddiy javobgar bo‘lmaydi. Download 145.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling