Farg’ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Qurollarning taqiqlangan turlari


Download 145.46 Kb.
bet11/18
Sana17.06.2023
Hajmi145.46 Kb.
#1521969
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
BMI Yangi z LOTIN (2)

Qurollarning taqiqlangan turlari.
Xamma qurollar Xalqaro shartnomalar asosida quyidagi toifalarga bo‘linadi:
taqiqlangan qurollar;
foydalanishi cheklangan yoki tartibga solinishi kerak bo‘lgan qurollar.
Taqiqlangan qurollar. qurollar va jangovar xarakatlar olib borish usullarining ayrim turlari ular yalpi tasir etishi sababli yoki xaddan tashqari va keraksiz azob-uqubatlar keltirishi sababli batamom taqiqlangan. Ulardan foydalanishning taqiqlanishi Xalqaro xuquqqa asos bo‘lgan xuquqiy odatlardan boshlanadi.
Kimyoviy quroldan foydalanish taqiqlangan. Kimyoviy quroldan foydalanishni taqiqlovchi konvensiyalar ularni imzolagan davlatlar zimmasiga kimyoviy qurolni ishlab chiqarish, tashish va ishlatishning qonundan tashqari ekanligini etirof etish xamda ularning zaxiralarini yo‘q qilib tashlash vazifasini yuklaydi.
Bakteriologik qurol xam taqiqlagan. Chunonchi, bakteriologik qurolni yaratish, ishlab chiqarish, saqlash, tashish va ishlatish taqiqlanadi. (Bakteriologik qurolni taqiqlash bo‘yicha 1972 yil Konvensiyasi.)
Yaralarning bitishini qiyinlashtiradigan portlaydigan, eziladigan, plastik o‘qlar va snaryadlardan foydalanish taqiqlangan. Xar qanday harbiy xizmatchiga o‘z qurolini modifikatsiyalash taqiqlangan. Shuningdek, og‘irligi 400 grammgacha bo‘lgan portlaydigan snaryadlardan foydalanish mumkin emas.
qurollarning muayyan turlaridan foydalanishni tartibga soluvchi bir qator Xalqaro shartnomalar mavjud. Ular mutassil o‘zgartirilib va takomillashtirilib bormoqda.
Yadroviy quroldan foydalanish. Yadroviy qurolni ishlab chiqarish, tarqatish, qo‘llanishni tartibga soluvchi bir qator ikki tomonlama shartnomalar mavjud. Masalan, Yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risida shartnoma, Strategik qurollarni cheklash to‘g‘risida shartnoma va xakazolar. Markaziy Osiyo 1997 yildan boshlab yadroviy quroldan xoli zona deb elon qilindi.
XGXga muvofiq yondiruvchi quroldan va ana shunday xarakterdagi quroldan (masalan, napalm) foydalanish cheklangan. Xususan, u oddiy qurollar bo‘yicha BMT Konvensiyasining 1980 yildagi III Bayonnomasi bilan tartibga solinadi.
Bu quroldan harbiy bo‘lmagan shaxslarga qarshi yoki axoli punkti yonida joylashgan harbiy ob’ektlarga qarshi foydalanish mumkin emas. Yondiruvchi quroldan o‘rmonzorlar yoki ekinzorlarni yo‘q qilish chog‘ida foydalanish mumkin emas, ularda kombatantlar yoki harbiy ob’ektlar yashirinib yotgan xollar bundan mustasno.
Yondiruvchi quroldan kombatantlar va harbiy ob’ektlarga qarshi foydalanish mumkin.
Oddiy qurollar bo‘yicha 1980 yilgi BMT Konvensiyasining I Bayonnomasi asosida parchalarini rentgen nurlari yordamida to‘ish mumkin bo‘lmaydigan quroldan foydalanish taqiqlangan. Bunday parchalar xaddan tashqari azob beradi. Chunki tibbiyot xodimlari ularni yarador odamning tanasidan ololmaydilar.Ko‘tarib yuriladigan xavf siz buyumni eslatuvchi qo‘qon - minalarni qo‘llash taqiqlangan. Bunday minalar odam yaqinlashgan yoki tegib ketgan xollarda portlaydi.
Bundan tashqari, quyidagi ob’ektlarga biron - bir tarzda ulangan yoki ularga o‘xshab ketadigan qo‘qon minalaridan foydalanish taqiqlangan.
Xalqaro miqyosda tan olingan himoya emblemalari, belgilari yoki signallariga;
bemorlar, yaradorlar, xalok bo‘lganlarga;
odamlar dafn etilgan, krematsiya qilingan joylar yoki qabrlarga;
tibbiyot bilan bog‘liq bo‘lgan xamma narsalarga;
bolalar o‘yinchoqlari yoki bolalarning ovqatlanishi uchun mo‘ljallangan boshqa buyumlar, ularning kiyimlari, bolalarni o‘qitish yoki ular gigienasi bilan bog‘liq buyumlarga;
oziq - ovqat maxsulotlari yoki ichimliklarga;
oshxona buyumlari yoki asboblariga, agar ular harbiy ob’ektlar joylashgan yerda bo‘lmasa;
oshkora diniy xarakterdagi buyumlarga;
xalqning madaniy yoki manaviy merosi bo‘lgan tarixiy yodgorliklar, sanoat asarlari yoki diniy rasm-rusumlar amalga oshiriladigan joylarga;
uy xayvonlari yoki ularning jasadlariga.
Xozirigi harbiy to‘qnashuvlar tajribasi ko‘pchilik davlatlar BMT Konvensiyasining I Bayonnomasidagi qoidalarga rioya qilmayotganligini ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan 1996 yilda qo‘shimcha qadamlar tashlandi. Chunonchi, «Oddiy qurollar bo‘yicha BMT Konvensiyasining II Bayonnomasiga tuzatish» degan xujjatlar bir qancha qattiq qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi. Shu cheklovlardan biri piyodalarga qarshi «aqlsiz» minalarga taalluqlidir. Bunday minalar o‘zini o‘zi yo‘q qilish mexanizmiga ega emas yoki ular o‘z o‘zidan ishlab ketadi. Bunday minalar to‘ish mumkin bo‘ladigan qilib joylashtirilishi va o‘rab qo‘yilgan, belgi qo‘yilgan va qo‘riqlanadigan maydonlarda bo‘lishi kerak. piyodalarga qarshi «aqlli» minalardan, yani o‘zini o‘zi yo‘q qilib tashlaydigan yoki o‘zini ishdan chiqaradigan minalardan xamda yuk avtomobillariga qarshi minalardan foydalanish bo‘yicha xech qanday qo‘shimcha cheklovlar yo‘q.

Download 145.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling