Farg’ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti
Qurolli to‘qnashuvlar xalqaro xuquqi me’yorlarini buzganlik uchun javobgarlik. Xarbiy harakatlar ishtirokchisi (kombatant)ning xatti-harakat kodeksi
Download 145.46 Kb.
|
BMI Yangi z LOTIN (2)
Qurolli to‘qnashuvlar xalqaro xuquqi me’yorlarini buzganlik uchun javobgarlik. Xarbiy harakatlar ishtirokchisi (kombatant)ning xatti-harakat kodeksi
Qurolli to‘qnashuvlar xalqaro xuquqi me’yorlari. Umuman olganda barcha davlatlar xar extimolga qarshi qurolli nizolar yuzaga kelganda qanday faoliyatni amalga oshirishni bilishlari uchun oldindan unga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishlari zarur. Bunday faoliyat odatda qurolli kuchlarni tashkil qiluvchi tizimlarda olib boriladi. Xalqaro qurolli nizolarda kuch ishlatish yoki jangovar xarakatlar bo‘lishining, harbiy tashkiliy faoliyatning va xudud ustidan nazoratning muayyan minimumi bo‘lishi shart emas. Bunday xarakterdagi nizolar uchun arzimagan jangovar xarakatlar yetarli, baxzan esa ular umuman bo‘lmasligi xam mumkin. Xalqaro nizo uchun dushman xududining biror qismiga bostirib kirish, urush exlon qilinsa-yu, jangovar xarakatlarning olib borilmasligi yoki qarshilik ko‘rsatishga uchramagan bostirib kirishlar yetarlidir. Xalqaro bo‘lmagan qurolli nizolarda quyidagi belgilar mavjud: a) qo‘zg‘olonlar, baxzan kuch ishlatish bilan yuz beradigan xodisalarning muayyan minimumi; b) harbiy tizim minimumi: mashul qo‘mondonlik va urush qonunlariga rioya qilish qobiliyati; v) muayyan xudud ustidan minimal nazorat, bu harbiy operatsiyalarni uzluksiz va muvofiqlashtirib olib borishga imkon berishi lozim. Xar qanday harbiy operatsiyalar ularga qo‘mondonlik (yaxni raxbarlik) qilishni ko‘zda tutadi. Raxbarlikni amalga oshirish harbiy vaziyatdan kelib chiqib, vazifalar qo‘yilishidan boshlanadi. Qo‘yiladigan vazifalar esa qurolli to‘qnashuvlar huquqiga mos kelishi kerak. Inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro huquqning muayyan jixatlari komandir tomonidan qabul qilinadigan qarorlarda aks etishi lozim. Yakuniy qarorning qabul qilinishi va qo‘yiladigan vazifalarning aniqlanish jarayonining asosiy elementi razvedka xabarlarini yig‘ish hisoblanadi. Axborot yig‘ish komandir uchun faol amaliy xarakatlarni boshlash oldidan mavjud xolatni nazorat qilishning so‘nggi usuli hisoblanadi xamda unga harbiy zaruriyat va insonparvarlik tamoyillariga mos keluvchi taktik qaror qabul qilishga imkon beradi. Qaror qabul qilish jarayonidan ilgari amalga oshiriluvchi amallar. Bu jarayonda muayyan vazifalarni bajarishga kirishgan komandir bir necha ishlarni amalga oshirishi kerak: Birinchidan, u qo‘yilgan vazifalarni bajarishga yordam beruvchi barcha axborotga ega bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, u qurolli to‘qnashuvlar huquqiga mos keluvchi extiyot choralari qabul qilinishini ko‘rib chiqishi kerak. Uchinchidan, ayni vaqtdagi aniq taktik vaziyatni taxlil qilishi kerak.Razvedka xabarlari Razvedka xabarlari komandirga xujum qilinishi kerak bo‘lgan dushman qurolli kuchlari va ularning harbiy ob’ektlari turgan joylarni aniqlash imkonini berishi kerak. Bunday xabarlar quyidagilardir: a) operatsiya o‘tkaziladigan xududdagi vaziyatni to‘g‘ri va aniq baxolash (bu joyda turar-joylar bormi yoki yo‘qmi, piyoda yoki mexanizatsiyalashgan bo‘linmalardan foydalanish imkoniyatlari qanday, asosiy va qo‘shimcha yo‘nalishlarni belgilashning imkoniyatlari qanaqa va x.k.); b) himoya ostida bo‘lgan ob’ekt va qurilmalarni, shuningdek, axoli yashaydigan xar qanday joylarni aniqlash. Razvedka xabarlarini to‘plash harbiy kiyim-kechakda yoki kombatantligini yashirmaydigan kiyimda (maskirovkasiz) amalga oshirilishi kerak. Jeneva Konvensiyalariga I Qo‘shimcha protokolning 46-moddasiga muvofiq aldov yo‘li bilan yoki yashirin usullar bilan axborot to‘plashga «josuslik» sifatida qaraladi va u muayyan jazo qo‘llanilishiga va bunday xarakatni amalga oshirgan kishilar qo‘lga tushgan taqdirda ularning harbiy asir maqomini olish huquqining yo‘qolishiga olib keladi. Asossiz vayronliklar va baxsiz xodisalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun xujumni rejalashtirish bilan bir vaqtda baxzi muayyan extiyot choralari ko‘rib qo‘yilishi xam kerak. Komandir o‘z imkoniyatlari doirasida: xujum boshlashdan oldin zarur razvedka malumotlarini to‘plashi; nishonni axoli punktlaridan yoki ularga yaqin joylardan tanlashga yo‘l qo‘ymasligi; harbiy bo‘lmagan axolini harbiy xarakat zonalaridan evakuatsiya qilishi, bordi-yu, bunga vaqt imkon bermasa, axolini bombardimondan barvaqt ogoxlantirishi kerak; harbiy bo‘lmagan ob’ektlarga xaddan tashqari vayronlik keltirmaslik uchun foydalanilayotgan qurolni nazorat qilib tushish kerak; o‘z tobelari orasida XGX xususida yo‘l-yo‘riq berishi va ularga o‘z navbatida, o‘z tobeinlari, askarlarga qisqacha yo‘l-yo‘riq berishni buyurishi kerak. Taklif qilinayotgan ro‘yxat harbiy mo‘ljalni aniqlash chog‘ida komandirga yordam beradi. Download 145.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling