Farg’ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti
Download 145.46 Kb.
|
BMI Yangi z LOTIN (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aloxida himoya maqomiga ega bo‘lgan ob’ektlar
- Xavfli moddalar saqlanadigan ob’ektlar
- 2.Xarbiy harakatlar ishtirokchisi (kombatant)ning xatti-harakati.
Harbiy bo‘lmagan axoli.
Aniqlash kerak: qancha maydonda axoli yashaydi, jug‘rofiy parametrlar qanday, axolining zichligi qancha; harbiy bo‘lmagan axoli binolarini qo‘rish chog‘ida qanday materiallardan foydalanilgan; harbiy bo‘lmagan axoli uchun qanday binolar, inshootlar juda zarur, ular qaerda joylashgan. Aloxida himoya maqomiga ega bo‘lgan ob’ektlar. Aniqlash kerak: axoli yashaydigan xududda yoki unga yaqin joyda kasalxonalar , tibbiyot muassasalari, markazlar, omborxonalar qaerda joylashgan va qurilgan; yerkovlar, machitlar, boshqa diniy ob’ektlar yoki diniy marosimlar o‘tkaziladigan joylar qaerda joylashgan va soni;fuqaro mudofaasi muassasalarining joylashishi.Aniqlash kerak: suv taxminoti tizimi, shu jumladan, dambalar va suv omborlari; xam atom, xam oddiy elektr stansiyalar. Transport tizimlari, temir yo‘l stansiyalari, boshpanalar va aero‘ortlar; harbiy bo‘lmagan axoli uchun oziq-ovqat omborlari va ekin maydonlari. Xavfli moddalar saqlanadigan ob’ektlar: Aniqlash kerak: yonuvchi moddalar omborlarining joylashgan yeri; portlash xavfi bo‘lgan ob’ektlar; kimyoviy omborlar va zaxarli moddalari bo‘lgan boshqa omborlar; bo‘shatib olinishi natijasida harbiy bo‘lmagan axoli va o‘z qo‘shinlari uchun xavf tug‘iladigan radioaktiv moddalar saqlanadigan omborlar; potensial Xavfli bakteriyalar yoki viruslar bo‘lgan xududda biron-bir tibbiy yoki boshqa muassasalarning joylashishi. 2.Xarbiy harakatlar ishtirokchisi (kombatant)ning xatti-harakati. Kombatant tushunchasi (fransuzcha – jangchi, askar) qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi va harbiy xarakatlarida bevosita qatnashish huquqiga ega bo‘lgan shaxsni anglatadi. Bular Ichki ishlar Qo‘shinlari, Chegara Qo‘shinlari va Maxsus Qo‘shinlarni o‘z ichiga olgan qurolli kuchlarning harbiy kiyim kiygan xolda jangovar xarakatlarda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan a’zolaridir. Lekin harbiy kiyim kiygan va harbiy xizmatni bajarayotgan kishilarning xammasi xam kombatant bo‘lavermaydilar. «Kombatant» atamasini faqat Xalqaro qurolli mojaro mazmunida ishlatish mumkin. Muntazam qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi (tibbiy, diniy va intendantlik xizmati xodimlardan tashqari), shuningdek, ko‘ngillilar qo‘shini, partizanlar otryadlari shaxsiy tarkibi, agar ular quyidagi talablarga javob bersa, kombatantlar hisoblanadi: - o‘z qo‘l ostidagilar uchun maxsuliyatni zimmasiga olgan raxbarga ega bo‘lishsa; - aniq va uzoqdan ko‘rinadigan aloxida farqlovchi belgiga ega bo‘lishsa; - qurol-yarog‘ini ochiq olib yurishsa; - o‘z xatti-xarakatlarida urushning qonun-qoidalari va udumlariga amal qilishsa. Kombatantlar ularni fuqaro shaxslardan ajratib turadigan yuqoridagi belgilarga, odatda muayyan bichimda tikilgan kiyim-kechakka ega bo‘lishlari shart. Biroq, baxzan harbiy vaziyat bunga imkon bermagan paytda ular: a) xar bir jang paytida; b) dushman ko‘z o‘ngida jangovar tartibga o‘tish paytida, yaxni, boshqacha aytganda, xujum boshlanadigan pozitsiyalardagi xatti-xarakatlarida qurollarni ochiq olib yurishlari bilan kombatant maqomini saqlab qoladilar. Qurolli mojaro olib borilayotgan paytda hali bosib olinmagan xududning axolisi dushman yaqinlashib kelayotgani tufayli ularning xujumini qaytarish maqsadida stixiyali va ommaviy tarzda qo‘liga qurol olgan, ammo qarshilik ko‘rsatish xarakatining tashkiliy tuzilmalariga aylanib ulgurmagan yoki muntazam qurolli kuchlarga qo‘shilishga ulgurmagan paytda, ular: a) qurollarini ochiq olib yursalar, va b) qurolli to‘qnashuvlar qoidalariga rioya qilsalar kombatantlar, deb hisoblanadilar. Harbiy nokombatantlar – qurolli kuchlar shaxsiy tarkibiga kiruvchi baxzi toifadagi kishilar xam borki, ular kombatant hisoblanmaydilar. Ularga eng avvalo qurolli kuchlardagi tibbiyot xodimlari, diniy xodimlar kiradi. Ular (shuningdek, ularning muassasalari, jixozlari va transport vositalari) Jeneva Konvensiyalarining himoyasi ostida turadilar. Ularni harbiy asirga aylantirish mumkin emas. Dushman tasarrufiga tushgan paytlarida xam ularga o‘z faoliyatlari bilan shug‘ullanishga ruxsat berilishi kerak. Bunga oid qoidalar I Jeneva Konvensiyasining 19, 24, 35, 36-moddalarida, II Jeneva Konvensiyasining 22, 27, 36, 37- moddalarida aks ettirilgan. Xuddi shuningdek, harbiy jurnalistlar, xariy taxminotchilar va maishiy xizmat xodimlari xam kombatant hisoblanmaydilar. Ular o‘zlari tegishli bo‘lgan harbiy maxmurlardan ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan xujjat va shaxsini tasdiqlovchi guvoxnomaga ega bo‘lishlari kerak. Bu xaqdagi qoida I Qo‘shimcha protokolning 79-moddasi va mazkur protokolning II ilovasida aks ettirilgan. 1949 yilda qabul qilingan IV Jeneva Konvensiyasining 4-moddasi va I Qo‘shimcha protokolning 50-moddasiga muvofiq qurolli kuchlar tarkibiga kirmaydigan va ichki sabablar tufayli vujudga keladigan ommaviy qurolli chiqishlarda qatnashmaydigan xar qanday kishi fuqaro shaxs sanaladi. Download 145.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling