Farg’ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Qizil Xoch va Qizil Kichik oy Xalqaro xarakatining tarkibiy qismlari


Download 145.46 Kb.
bet17/18
Sana17.06.2023
Hajmi145.46 Kb.
#1521969
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
BMI Yangi z LOTIN (2)

Qizil Xoch va Qizil Kichik oy Xalqaro xarakatining tarkibiy qismlari.
Jaxonning ko‘pchilik mamlakatlarida tinchlik davrida xam, urush davrida xam Qizil Xoch yoki Qizil Yarim Oy Milliy jamiyatlari faoliyat ko‘rsatadi. Mamlakatda faqat bitta milliy jamiyat bo‘lishi mumkin. U o‘z mamlakati xukumatiga insonparvarlik soxasida yordam beradi va xalokatlar paytida qutqaruv ishlarini olib borishdan tortib tibbiy va ijtimoiy yordam berishgacha bo‘lgan xar xil turdagi xizmatlarni ko‘rsatadi. Urush davrida milliy jamiyat mojaro natijasida jabr chekkan tinch axoliga yordam beradi va zarurat tug‘ilsa, o‘z mamlakatining harbiy-tibbiy xizmatiga ko‘maklashadi. Milliy jamiyatlar faoliyatining aniq turlari xaqidagi ma’lumotni viloyat kengashlarining idoralari va Markaziy kengashdan olish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Milliy Kengashi Toshkent shaxri, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 30- uyda joylashgan. O‘zbekiston Qizil Yarim oy Milliy jamiyati 1925 yilda tashkil topgan.
O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat, Toshkent shaxar tashkilotlarini va «O‘zbekiston Temir yo‘llari» Davlat temir yo‘l kompaniyasi qoshidagi tashkilotni o‘z ichiga oladi.
Shaxarlar va tumanlarda O‘zbekiston Qizil Xoch Jamiyatining 220 ta qo‘mitasi tashkil etilgan. Bu qo‘mitalar korxonalar, xo‘jaliklar va o‘quv yurtlarida tashkil qilingan 10000 boshlang‘ich tashkilotni birlashtiradi. 5 yilda bir marta Qurultoy tomonidan saylanadigan Milliy Kengash Jamiyatning Oliy Ijroiya organi hisoblanadi.
1992 yil may oyida O‘zbekiston prezidentining «O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati to‘g‘risida»gi Farmoni chiqdi.
1995 yildan e’tiboran O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Xalqaro Federatsiyasining to‘la huquqli a’zosidir.
Xalqaro Federatsiya bilan mustaxkam xamkorlikda Qizil Yarim Oy Jamiyati favqulodda vaziyatlarda axoliga yordam ko‘rsatish chora-tabdirlarini ko‘zda tutadigan dasturni amalga oshirish borasida katta ish olib bormoqda. U xodimlar va faollarni tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorlab, o‘qitish, omborxonalar va zaxiralarni tayyorlab qo‘yish, axborot va aloqa tizimini vujudga keltirish, axolining eng muxtoj qatlamlariga moddiy yordam berish, qutqarish otryadlarini tuzish masalalari va ko‘plab boshqa masalalarni tezkorlik bilan xal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2004 yilning 29 aprelida “Qizil yarim oy va Qizil Xoch timsollaridan foydalanish xamda ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qildi.
Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2004 yil 30 dekabrdagi buyrug‘i bilan vazirlik tizimida xayotga tadbiq etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov 1992 yilda O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining faxriy raisi etib saylangan.
Bu jamiyatlar insonparvarlik soxasida xokimiyatga ko‘maklashuvchi ko‘ngilli yordam jamiyatlari sifatida rasman tan olingan.
Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlarining umumiy maqsadi – mutlaq xolisona ish olib borib, kishilarni millati, irqi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, diniy yoki siyosiy extiqodi jixatidan xech qanday farqlamagan xolda odamlar chekadigan azob-uqubatlarning oldini olish va ularni yengillashtirishdir.
Ushbu vazifani bajarish uchun milliy jamiyatlar quyidagilarni bajarishlari lozim:
tinchlik davrida bo‘lgani kabi o‘z faoliyatini qurolli mojarolar davrida xam amalga oshirish va Jeneva konvensiyalarida ko‘zda tutilgan barcha soxalarda xam tinch axoli, xam harbiy xizmatchilar orasida bo‘lgan urush qurbonlarining manfaatlarini ko‘zlab, bunday faoliyatga tinchlik davrida tayyorlanish;
milliy va maxalliy extiyojlarni e’tiborga olgan xolda ta’lim dasturlari va jamiyatga foydali faoliyatni amalga oshirish yo‘li bilan odamlarning sog‘lig‘ini yaxshilashga, kasalliklarning oldini olishga va odamlar chekadigan azob-uqubatlarni yengillashtirishga qaratilgan ishlarda ishtirok etish;
amaldagi milliy reja doirasida xar qanday turdagi falokatlarda jabr ko‘rganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar tashkil etish;
o‘z oldida turgan vazifalarni xal etish uchun zarur bo‘lgan xodimlarni o‘qitish va ishga jo‘natish;
jamiyatning faoliyatida bolalar va yoshlarni ishtirok etishga rag‘batlantirish;
xarakat va gumanitar huquqining asosiy tamoyillarini axoli, ayniqsa bolalar va yoshlar o‘rtasida, ularga barcha insonlar va xalqlar o‘rtasidagi tinchlik, o‘zaro xurmat va xamjixatlikning yuksak tamoyillarini singdirish maqsadida targ‘ib qilish.
Tinchlik davrida ularning faoliyati axolining sog‘lig‘ini saqlash va ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi. Ular kasalxonalar qurilishida, tez yordam xizmatlarini tashkil etishda, ijtimoiy tibbiyot soxasi uchun mutaxassislar tayyorlashda, keksa yoshdagi va nogiron kishilarga yordam ko‘rsatishda, yalpi emlash ishlarida, qon yig‘ish dasturlarini amalga oshirishda, axolini ijtimoiy gigiena soxalarida o‘qitishda, favqulodda vaziyatlar paytida qutqaruv tadbirlarida ishtirok etadilar.
Qurolli to‘qnashuv sharoitida milliy jamiyatlar qurolli kuchlarning tibbiy xizmatlariga ko‘maklashadi, yaradorlarga, bemorlarga, tinch axoliga yordam ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Qizil Kichik oy Milliy jamiyati.Qizil Xoch va Qizil Kichik oy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasining faoliyati.
Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasi 1919 yilda tashkil topgan bo‘lib, dastlab Liga nomi bilan, 1991 yildan e’tiboran Federatsiya nomi bilan ataladi. U milliy jamiyatlarni xar tomonlama, shu jumladan moddiy jixatdan qo‘llab-quvvatlaydi va ijtimoiy jixatdan eng kam taxminlangan axoli tabaqalarining axvolini yaxshilashga qaratilgan barcha turdagi faoliyatlarini amalga oshirishlarida ularga ko‘maklashadi. Federatsiya Milliy jamiyatlar o‘rtasidagi xamkorlikning rivojlanishiga yordam beradi va yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlar, texnogen xalokatlar sharoitiga tayyorlanish, shuningdek, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko‘rsatish soxalarida ularning imkoniyatlarini mustaxkam lashga ko‘maklashadi. Sanitariya-yepidemiologiya axvolining keskinlashuvi natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda Xarakatning faoliyatiga raxbarlik qiladi, tabiiy ofat qurbonlariga Xalqaro yordam ko‘rsatish borasida xarakatning ishini muvofiqlashtiradi.
Federatsiyaning maqsadi – doimiy ravishda Milliy jamiyatlarning barcha turdagi gumanitar faoliyatlarini rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash va yengillashtirish xamda ularga odamlar chekadigan azob uqubatlarning oldini olishda va yengillashtirishda xar tomonlama yordam ko‘rsatish, shu yo‘l bilan butun jaxonda tinchlikni asrash va mustaxkamlashishiga xissa qo‘shishdir.
Bu maqsadga erishish uchun Federatsiya quyidagi vazifalarni bajaradi:
milliy jamiyatlar uchun doimiy aloqa, muvofiqlashtirish va ta’lim organi sifatida ishlaydi va ular so‘ragan zarur yordamni beradi;
xar bir mamlakatda mustaqil va tegishli tarzda tan olingan Milliy jamiyat tuzishga va uni rivojlantirishga yordam beradi;
ofat va xalokatlardan jabr ko‘rgan barcha shaxslarga imkoniyat boricha yordam beradi;
milliy jamiyatlarga bo‘lishi extimol tutilgan ofatlarda yordam ko‘rsatish uchun tayyorlanishda, yordam bo‘yicha ularning faoliyatini tashkil etishda va bevosita yordam ko‘rsatish tadbirlari o‘tkazishda ko‘maklashadi;
Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Xalqaro xarakati tarkibiga kiruvchi qismlar tomonidan tabiiy ofatlar va falokatlar vaqtida yordam ko‘rsatish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish tamoyillari va qoidalariga muvofiq ravishda Xalqaro yordam tadbirlarini tashkil qiladi, muvofiqlashtiradi va boshqaradi;
milliy jamiyatlarning tegishli milliy xokimiyat idoralari bilan xamkorlikda axolining sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taxminotini takomillashtirishga qaratilgan faoliyatda qatnashishlarini rag‘batlantiradi va muvofiqlashtiradi;
bolalar va o‘smirlarni insoniylik ruxida tarbiyalash xamda xamma mamlakatlar yoshlari o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Milliy jamiyatlar orasidagi fikr almashuvini rag‘batlantiradi va muvofiqlashtiradi;
milliy jamiyatlarga o‘z saflariga yangi a’zolarni jalb etish va ularga Xarakat tamoyil va g‘oyalarini singdirishda yordam beradi;
Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi bilan tuzilgan bitimlarga muvofiq ravishda qurolli mojarolardan jabr ko‘rgan shaxslarga yordam ko‘rsatadi;
Xalqaro gumanitar huquqni rivojlantirish va mustaxkamlashishida Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasiga yordam beradi xamda Milliy jamiyatlar orasida ushbu huquq va asosiy tamoyillar to‘g‘risidagi bilimlarni targ‘ib qilishda u bilan xamkorlik qiladi.



Download 145.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling