Farg’ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti
Xarbiy asirlarning xuquq va manfaatlarini himoya qilish
Download 145.46 Kb.
|
BMI Yangi z LOTIN (2)
Xarbiy asirlarning xuquq va manfaatlarini himoya qilish.
Harbiy asirlar - bular dushman qo‘liga tushib qolgan kombatantlardir. Bulardan tashqari quyidagi toifalarga kiruvchi shaxslar harbiy asirlar maqomini olish xuquqiga ega: qo‘shimcha tibbiy xodimlar; qurolli kuchlarga xamrox bo‘luvchi harbiy bo‘lmagan shaxslar bexosdan qurollangan va dushmanning xujum qilib kelayotgan kuchlariga qarshi kelayotgan harbiy bo‘lmagan shaxslar; qo‘mondonlik tarkibiga ega bo‘lgan, XGX talablarini bajaradigan, tanish belgilariga yoki harbiy kiyimga ega bo‘lgan va oshkora qurol olib yuradigan ko‘ngilli militsiya otryadlari. Dushman asir olinganida harbiy asirlar qurolsizlantiriladi va tintuv o‘tkaziladi, agar zarur bo‘lsa, tibbiy yordam ko‘rsatiladi xamda evakuatsiya qilinadi. qurol-yaroqlar va xujjatlar olib qo‘yiladi. harbiy sirning shaxsan foydalaniladigan himoya kiyimi (masalan, bronjileti, kaskasi), shu jumladan, ommaviy qirg‘in qurolidan himoyalash vositalari (masalan, protivogazi, yadroviy, biologik va kimyoviy quroldan saqlovchi kiyimi), quruq ovqati va shaxsan qadrli bo‘lgan buyumlari (fotosuratlari, mukofotlari, orden va medallari) olib qo‘yilishi mumkin emas; puli komandir buyrug‘iga muvofiq tilxat bilan olib qo‘yilishi mumkin. So‘roq. Xar qaysi harbiy xizmatchi so‘roq qilinishi mumkin. U o‘z ismi, familiyasi, harbiy unvoni, tug‘ilgan sanasi, shaxsiy nomerini aytishga xamda shaxsini tasdiqlovchi xujjatlarini taqdim etishga majbur. harbiy asirlar stress (xayajonlanish) xolatida bo‘lishlari mumkin, bu esa dushman tomonga ularni so‘roq qilish paytida yordam beradi. So‘roq qilish jarayoni professional bo‘lishi kerak va so‘roqni boshlashdan oldin qanday axborot zarurligini oldindan belgilab olish kerak. So‘roq jarayonida jismoniy va psixologik azob berish turlarini qo‘llash taqiqlanadi. So‘roq harbiy asir tushunadigan tilda olib borilishi shart. Jismoniy yoki ruxiy xolati tufayli o‘z shaxsi xaqida malumotlar bera olmaydigan harbiy xizmatchilar tibbiy xizmat xomiyligiga to‘shiriladi. Birinchi imkoniyat tug‘ilishi bilanoq harbiy asirlar front chizig‘idan ancha xavf sizroq xududga evakuatsiya asir qilib turgan mamlakat qurolli kuchlari bir joydan ikkinchi joyga ko‘chganida foydalanadigan sharoitlardan qolishmaydigan sharoitlarda amalga oshirilishi kerak. Harbiy asirlar yetarli miqdorda oziq-ovqat, kiyimga ega bo‘lishlari va zarur tibbiy xizmat olishlari shart, harbiy bo‘lmagan axoli harbiy asirlarga xujum qilishning oldini olish zarur. Shunday qilib, xar bir kombatant quyidagi normalarga rioya etilishi uchun qonun oldida javob beradi: asirlarning shaxsi va qadr-qimmati xurmat qilinishi kerak, harbiy asirlar bilan muomalada ularning qadr-qimmatini yerga urishga yo‘l qo‘yilmaydi; asirlarni qoldirish yoki ularga nisbatan azoblash choralarini (jismoniy yoki ruxiy) qo‘llash taqiqlanadi; dushmanning asir tushgan yoki qurolni tashlashga intilgan, yoki xalokatga uchragan uchish apparatidan o‘zini parashyutda tashlayotgan kombatantlariga shafqat qilish va ularni himoya qilish zarur; agar vaziyat asirlarni mamlakat ichkarisiga evakuatsiya qilish imkonini bermasa, ular qo‘yib yuborilishi kerak. Bunda o‘z xavf sizligini va asirlarning xavf sizligini taminlash uchun maqsadga muvofiq bo‘lgan xamma choralar ko‘rilishi kerak; asirlardan harbiy operatsiyalar o‘tkazish uchun jonli qalqon sifatida foydalanmasligi, ular xujum ob’ekti bo‘lmasligi kerak; xar qanday vaziyatda xam asirlar o‘zlariga zarur tibbiy yordamni olishlari shart; oilalar o‘z qarindoshlarining taqdiridan xabardor bo‘lish xuquqiga ega. Muxammad payg‘ambar taxminan 570 - 632 yillarda yozgan xadislardan birida aytganidek: «Asir - sening og‘a yoki ining. U Olloxning marxamati bilan sening qo‘lingda va sen uchun mexnat qiladi. Modomiki, u sening xukmingda ekan, uning xam o‘zing kabi to‘q va kiyingan bo‘lishiga xarakat qil. Undan qo‘lidan kelgan narsadan ortig‘ini talab qilmas. Buning o‘rniga o‘z ishini uddalashiga yordam ber». Download 145.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling