Farg’ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti
Halqaro gumanitar xuquqining vujudga kelishi, rivojlanishi va asosiy tamoyillari
Download 145.46 Kb.
|
BMI Yangi z LOTIN (2)
Halqaro gumanitar xuquqining vujudga kelishi, rivojlanishi va asosiy tamoyillari.
1.Qadimgi dunyoda, o‘rta asrlarda, yangi davrda urush olib borish odatlarining vujudga kelishi. Xalqaro gumanitar xuquq uchta asosiy yo‘nalish negizida tuzildi. Bular Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi shafeligi ostida qabul qilingan, asosiy maqsadi to‘qnashuv qurbonlarini himoya qilishdan iborat bo‘lgan Xalqaro konvensiyalar va bayonnomalardan iborat «Jeneva xuquqi»; 1899 va 1907 yillarda Niderlandiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan, asosan urush olib borishda yo‘l qo‘yiladigan vositalar va usullar muxokama qilingan tinchlik konferensiyalari natijalari bo‘yicha asos solingan «Gaaga xuquqi» xamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining qurolli to‘qnashuvlar davrida inson xuquqlariga rioya etilishini taminlash va konkret qurol turlarini qo‘llashni cheklash soxasidagi kuch - g‘ayratlari. Bu uchchala yo‘nalish borgan sari ko‘proq yagona xarakatlar oqimiga birlashib ketmoqda. 1859 yilda Fransiya va Avstriya armiyalari Italiyaning shimolidagi Solferino yaqinida o‘zaro jang qilib turgan bir vaqtda Shveysariyalik yosh fuqaro Anri Dyunan ongida bemorlar va urushda yarador bo‘lganlarning azob - uqubatlarini yengillatish maqsadida Xalqaro xarakatlarni amalga oshirish fikri tug‘ildi. Jangdan keyin Dyunan minglab yarador fransuzlar va avstraliyaliklar orasiga kirib qoldi xamda bir necha ko‘ngillilar bilan birga ularning azob - uqubatlarini yengillatish uchun qo‘lidan kelgan xamma ishni qildi. Ko‘rgan kechirganlaridan daxshatga tushgan Dyunan, keyinchalik «Un souvenir de Solferino» degan kitob yozdi va u 1862 yilda bosilib chiqdi. Kitobda Anri irqi, millati va dinidan qatxiy nazar bemorlar va yaradorlarni parvarish qilish uchun milliy jamiyatlar tuzishni taklif qildi. Shunindek, u davlatlarga bunday tashkilotlarning ishini etirof etadigan va yaradorlar bilan yaxshiroq muomala qilishni kafolatlaydigan shartnoma tuzishni taklif qildi. Shundan keyin Anri Dyunan to‘rt nafar do‘sti bilan yaradorlarga yordam berish Xalqaro Qo‘mitasini tashkil qildi (bu qo‘mitaning nomi tez orada Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi - XQXQ deb o‘zgartirildi). Dyunan qoyalari keng qo‘llab-quvvatlandi. Bir necha mamlakatda milliy jamiyatlarga asos solindi va 1864 yilda Jenevada bo‘lib o‘tgan diplomatiya konferensiyasida Yevropadagi 16 mamlakat delegatlari xarakatdagi armiyadagi bemorlar va yaradorlar qismatini yaxshilash to‘g‘risida Konvensiya qabul qildilar. Ushbu xujjatda - Birinchi Jeneva konvensiyasida - irq, millat va din masalalarida universallik xamda bag‘rikenglik prinsiplari qayd etildi. Oq fondagi Qizil Xoch shaklidagi emblema qabul qilinib, u harbiy tibbiyot xodimlarining belgisiga aylanib qoldi. Musulmon mamlakatlarida bu emblema oq fondagi Qizil yarim oydan iboratdir. O‘shandan beri tibbiyot xodimlari, harbiy shifoxonalar betaraf deb hisoblanadi. Konvensiya Xalqaro gumanitar xuquqqa rasman asos soldi. Tez orada Jeneva konvensiyasining amal qilish doirasini kengaytirish zarurligi ayon bo‘ldi. To‘rt yil avval qabul qilingan prinsiplarni harbiy dengiz to‘qnashuvlariga xam taalluqli qilish maqsadida 1868 yilda yangi konvensiya loyixasi tuzildi. 1868 yildagi Sankt-peterburg deklaratsiyasi yana bir qadam bo‘ldi. Bu deklaratsiya davlatlarni ortiqcha azob beradigan qurolni qo‘llamaslikka chaqirdi. Deklaratsiya portlaydigan o‘qlarni qo‘llashni taqiqladi. 1899 va 1907 yillarda Gaagada bo‘lgan tinchlik konferensiyalarida urush xarakatlari urush xarkatlari qonunlarini va qoidalarini belgilab beruvchi konvensiyalar xamda ayrim xarakatlarni, shu jumladan, mudofaa qilinmaydigan shaxarlarni bombardimon qilishni, zaxarli gazlar va yumshoq kallakli o‘qlarni qo‘llashni taqiqlaydigan deklaratsiyalar qabul qilindi. Bu konferensiyalarda tinchlikka taxdid tug‘diruvchi kelishmovchiliklarni bartaraf etish vositasi sifatida ishni majburiy tarzda sudda ko‘rib chiqish tizimi xussida kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘linmadi. 1906 yilda Birinchi Jeneva konvensiyasi quruqlikdagi urush qurbonlari yanada ko‘proq himoya qilinishini taminlash maqsadida qayta ko‘rib chiqildi, keyingi yilda esa uning xamma qoidalari dengizdagi harbiy xolatga xam rasman taaluqli qilindi. Jeneva konvensiyasiga rioya qilish va XQXQ boshchiligidagi xarakatlar birinchi jaxon urushi davrida (1914 - 1918 yillarda) odamlar xayotini saqlab qolish va ortiqcha azob-uqubatlarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Lekin ushbu to‘qnashuvdagi juda katta qurbonlar Xalqaro xamjamiyatni Konvensiyani mustaxkamlash zarurligiga ishontirdi. Anashu ruxda 1929 yilda Jenevada bo‘lib o‘tgan konferensiya bemorlar va yaradorlarga muomala qilish borasida yaxshilangan qoidalarni o‘z ichiga olgan konvensiyani va harbiy asirlarga muomala qilish bo‘yicha ikkinchi konvensiyani qabul qildi. Shundan to‘rt yil oldin Millatlar ittifoqining konferensiyasida bo‘g‘uvchi gazlarni va zaxarli gazlarni qo‘llanishni taqiqlash to‘g‘risida bayonnoma qabul qilingan edi. Ispaniyadagi fuqarolar urushi (1936 - 1939) va ikkinchi jaxon (1939 - 1945 yillar) Xalqaro gumanitar xuquqni yana urush xarakatlarining o‘zgarib borayotgan xarakteriga muvofiqlashtirish zarurligini ko‘rsatdi. Ishni yangidan boshlash xaqida qaror qabul qilindi xamda tegishli suratda quruqlikda bemorlar va yaradorlarni (Birinchi konvensiya) va qurbon bo‘lgan fuqarolarni (To‘rtinchi konvensiya) qamrab oladigan yangi Jeneva konvensiyalari tuzildi. Bu konvensiyalar 1949 yil aprel oyidan avgust oyigacha Jenevada bo‘lib o‘tgan Xalqaro diplomatiya konferensiyasida qabul qilindi. Xamma konvensiyalar uchun mushtarak bo‘lgan muhim xususiyat shundan iboratki, ular ichki qurolli to‘qnashuvlarda amal qiladigan minimal qoidalarni belgilaydi. To‘rttala jeneva konvensiyasi xozir xam amal qilmoqda. Lekin o‘tgan qirq yil mobaynida ko‘pincha keskin va shafqatsiz, lekin loqal bo‘lgan xamda cheklangan qo‘shin kontingentlari va boshqa kombatantlar tomonidan amalga oshiriladigan qurolli to‘qnashuvlarning yangi turlari paydo bo‘ldi. Qurolli kurashning o‘zgarib borayotgan tabiati bundan buyon xam xarakat qilishni talab qilar edi. Shu sababli 1974 yildan 1977 yilgacha Jenevada bo‘lib o‘tgan Xalqaro xuquqni tasdiqlash va rivojlantirish masalasi bo‘yicha Diplomatik koferensiya 1949 yilgi konvensiyalarga ikkita qo‘shimcha bayonnoma qabul qildi. Ular xaqida yuqorida so‘z yuritildi. 1- Bayonnoma Xalqaro to‘qnashuvlar qurbonlarini himoya qilishga taalluqlidir. 2- Bayonnoma ichki qurolli to‘qnashuvlar, shu jumladan, xukumat qurolli kuchlari bilan dissidentlar yoki xududning bir qismini nazorat qilib turgan boshqa uyushgan guruxlar o‘rtasida to‘qnashuvlarning qurbonlariga taalluqlidir. Lekin u qo‘zg‘olon tusini oladigan ichki tartibsizliklarni va keskinlik xolatini yoki boshqa ayrim va tasodifiy zo‘ravonlik xolatlarini qamrab oladi. Diplomatik konferensiya oddiy qurolning konkret turlarini gumanitar sabablar bilan qo‘llashni taqiqlash masalasida maxsus konferensiya chaqirishni tavsiya etdi. Jeneva xuquqini rivojlantirishning so‘nggi bosqichi bo‘lgan bayonnomalarning ayrim jixatlari yanada batafsil ko‘rib chiqishga loyiq. 1-Bayonnomada (Xalqaro to‘qnashuvlar) to‘qnashuvda qatnashuvchi xar qaysi tarf konvensiyalar va bayonnomalarning qo‘llanishini kuzatish uchun tanlab oladigan himoya qiluvchi davlatlarninig roliga taalluqli qoidalar ishlab chiqilgan. Undan yaradorlar, bemorlar va kema xalokatiga uchraganlarning axvolini yaxshilashga doir qoidalar mavjud xamda bedarak yo‘qolganlar, qolganlar xususida axborot to‘plash va taqdim etish nazarda tutiladi. 1- Bayonnoma urush olib borishning ortiqcha zarar yetkazishi, keraksiz azob-uqubatlar keltirib chiqarish va atrof-muxitga keng ko‘lamda uzoq muddatli va katta zarar keltirishi mumkin bo‘lgan usullari xamda vositalarini qo‘llashni taqiqlab, Jeneva xuquqi bilan Gaaga xuquqining bir-biridan farqlanishiga chek qo‘ydi. Jangovar xarakatlarning dushman qo‘liga tushib qolgan xar qanday ishtirokchisi harbiy asir hisoblanadi va unga nisbatan asirlarni himoya qilish choralari qo‘llaniladi. Lekin na josuslar, na yollanma askarlar harbiy asirlar maqomini olishga xaqli. 1- bayonnoma harbiy bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, dushman qo‘liga tushib qolgan harbiy bo‘lmagan shaxslar himoya qilinishini taminlaydi. To‘qnashuv qatnashchilari harbiy bo‘lmagan shaxslar bilan jangovar xarakatlarning ishtirokchilarining xamisha farqlashlari kerak. Harbiy bo‘lmagan shaxslarni ochlikda o‘ldirish va atrof-muxitga zarar keltirish ayniqsa, taqiqlanadi. Xotin-qizlar va bolalarni himoya qiluvchi maxsus choralar bor, Xavfli xizmat safarlarida bo‘lgan jurnalistlarga esa harbiy bo‘lmagan shaxslar sifatida muomala qilinishi kerak. Xam harbiy bo‘lmagan, xam ruxoniy tibbiyot xodimlariga xamda ularning uskunalari va zaxiralarini tashuvchilarga ayniqsa, yaxshi muomala qilish kafolatlanadi. Shunga o‘xshash qoidalar 2- bayonnomada ichki qurolli to‘qnashuvlar vaziyatiga nisbatan xam mavjud. 2-Bayonnomada Xalqaro bo‘lmagan qurolli to‘qnashuvlarning qurbonlariga taalluqli qoidalar mavjud bo‘lib, bu xol 3-moddada bayon etilgan asosiy prinsiplarni nixoyasiga yetkazadi (1949 yilgi konvensiyaga ilova). So‘ngra, ikkala bayonnoma urush xarakatlarida ishtirok etmayotgan yoki ishtirok etishni to‘xtatgan xamma shaxslarga insonparvarlik munosabatida bo‘lishga chaqiradi. O‘ldirish, azob berish, shikastlantirish va tan jazosi berish batamom taqiqlanadi. Bemorlar, yaradorlar va kema xalokatiga uchraganlar xaqida g‘amxo‘rlik qilish xamda harbiy bo‘lmagan shaxslarni zo‘rlik ishlatishdan yoki zo‘rlik ishlatish xavfidan, urush xarakatlari olib borish usuli sifatida ocharchilikni qo‘llashdan va zo‘rlab boshqa joyga ko‘chirishdan himoya qilishga doir qoidalar mavjud. Tarixiy yodgorlik, sanoat asarlari yoki diniy inshootlarga qarshi dushmanlik xarakatlari yoxud ulardan harbiy maqsadlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida foydalanish taqiqlanadi. Urushda insonparvarlik qoidalarini bajarishga qaratilgan haqiqiy urinishlar Qizil Xoch paydo bo‘lishi va gumanitar huquq tarixida ilk bor universal xususiyatga ega bo‘lgan konvensiyalar tuzilishi bilan boshlandi. Bu insonparvarlik tashabbuslarining asosi endi iqtisod yoki tijorat bilan bog‘liq bo‘lmay, balki rahm-shafqat, oliyjanoblik va urushning behuda dahshatlarini faol qoralash ruhi bilan sug‘orilgan edi. 1859 yil iyunida phemont Fransiya bilan ittifoqchilikda Italiyaning hali Gabsburglarga qaram bo‘lgan qismini Avstriyadan tortib olishga urindi. Qo‘shinlar 24 iyun kuni Solferinoda (Shimoliy Italiya) to‘qnashdi. Qonga belangan va yonayotgan Lombardiyadan o‘tib borayotgan shveysariyalik yosh tijoratchi Jan-Anri Dyunan jang oqibatlarining shohidi bo‘lib, qattiq iztirobga tushdi. U minglab yaradorlar qarovsiz tashlab ketilganligini ko‘rib dahshatga tushdi. O‘z xoliga tashlab qo‘yilgan bu bechoralar so‘zsiz o‘limga maxkum edi. Mana shunday qo‘rqinchli manzara ta’sirida Qizil Xochni tuzish g‘oyasi tug‘ildi. Maxalliy axoli va topilgan tibbiy narsalar yordamida Dyunan yaradorlarga yordam berishni tashkil etdi. Bu yerda ko‘rganlari xaqida olamni xabardor etishga qaror qilgan Dyunan «Solferino jangi xaqida xotiralar» kitobini chop etdi. Bu kitob butun Yevro‘pani larzaga soldi va xozirigi zamon jurnalistika reportajlari uchun namuna bo‘lib qoldi. Ushbu kitobda Dyunan armiya sanitar xizmatlari kamchiliklarining o‘rnini qo‘llash maqsadida tinchlik davridayoq birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ko‘ngillilarni tayyorlashni va jang maydonida ularga betaraflik maqomini berishni taklif qildi. Dyunanning bir necha tillarga tarjima qilingan kitobi butun Yevro‘paga tarqalib ijtimoiy ongni uyg‘otdi va odamlar fikrida xaqiqiy to‘ntarish yasadi. Jeneva shaxar jamoatchiligining bir qator taniqli vakillari mavjud xolatni o‘zgartirish zarurligini tushunib yetganliklari xam muhim yutuq bo‘ldi. Bu ishga huquqshunos, xukumat a’zosi va «Ijtimoiy manfaatlarni rag‘batlantirish Jeneva jamiyati» raisi G. Muane bel bog‘ladi. O‘zining tashkilotchilik qobiliyatlari natijasida, u Dyunanning g‘oyalariga xayot bag‘ishladi. «Jeneva jamiyati» Komissiya tuzdi. Uning tarkibiga Muane va Dyunandan tashqari yana 3 nafar shveysariyalik fuqaro kirdi. Ushbu komissiya 1863 yil fevralida o‘zini «Yarador jangchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Xalqaro va doimiy qo‘mita», deb e’lon qildi. Shu yilning o‘zida Jeneva shaxrida chaqirilgan Xalqaro anjuman muvaffaqiyatli bo‘ldi: 16 mamlakatdan kelgan 62 vakil, shu jumladan harbiy shifokorlar, Qizil Xoch xarakatining asosini tashkil etuvchi quyidagi qarorlarni qabul qildilar: - xar bir mamlakatda shu mamlakat xukumati tomonidan tan olingan yaradorlarga yordam ko‘rsatish qo‘mitasini tashkil etish; - Jenevaning markaziy o‘rnini tan olish; - Qizil Xoch farqlovchi emblemasini tan olish va uni qabul qilish. Download 145.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling