Farg’ona davlat universiteti Mevachilik va sabzavotchilik fakulteti, Sabzavotchilik yo’nalishi 20-83 guruh talabasi Olimjonov Fazliddinning Ekologiya va atrof muhit muhofazasi fanidan mutaqil ishi Reja: 2-O’zbekistondagi maxsus muhofazaga olingan hududlar Talaba: Olimjonov. F O’qituvchi: Akramov. A Reja: 1-Qizil kitob xaqida tushuncha - 2019 yil 6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika institutida “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi”ning navbatdagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu nashr soha mutaxassislarining besh yillik izchil mehnati mahsuli sanaladi. U “Chinor ENK” nashriyoti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Ekologiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi (FA) hamkorligida tayyorlangan.
Qisqach tarif - Yangi nashrda o‘n yil avvalgisidan kamroq o‘simlik nomi keltirilganining sababini FA Botanika Instituti olimlari shunday izohladi: o‘tgan vaqt davomida olib borilgan o‘rganishlar davomida eski ro‘yxatdagi ba’zi o‘simliklar o‘zi aslida O‘zbekiston hududida uchramasligi, ba’zilari O‘zbekiston hududida kamyob bo‘lgani bilan qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda keng tarqalgani, yana ayrim turlar esa kamyob bo‘lmay katta mintaqalarda uchrashi yuzaga chiqqan. Shunga asoslanib yangi nashrda Olatov shafrani, Martius qilicho‘ti, Tojikiston alloxruzi kabi o‘simliklar ro‘yxatdan chiqarib tashlangan.
- O‘zbekiston avvalgi tuzumdan Orol dengizining qurib borishi bilan bog‘liq ekologik inqirozni, aholi salomatligi va atrof-muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, suv va yer resurslarini yo‘qotgan yerlarni meros qilib oldi. 1980 yillar oxirida O‘zbekistondagi ekologik muammolar shunchalik kuchayganki, Respublika hukumatining 1988 yil aprel oyida qabul qilgan qarorida davlatning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari viloyatlar (tumanlar), shuningdek Toshkent shahri tashkil qilingan davlat organlari maxsus yechim bo‘lgan.
Reja: 4- O’zbekiston ekologik harakati - Ekologik xavfsizlik sohasida davlat boshqaruvini tubdan yaxshilash maqsadida va respublikada atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik sharoitni yaxshilash, chiqindilarni atrof-muhitga zararli ta’sirini oldini olish va aholi salomatligi, aholi turmush tarzi sifati va darajasini oshirish uchun qulay sharoit yaratish, chiqindilar bilan ishlash tizimini uzoq vaqt mobaynida yaxshilash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi № PF-5024 «Ekologiya va atrof-muhit sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» farmoniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi № PF-2915 «O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashki etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiO‘zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasigaaylantirildi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |