Farg'ona davlat universiteti Pedagogika psixologiya fakulteti Amaliy psixologiya yo'nalishi


Download 21.02 Kb.
bet2/5
Sana13.08.2023
Hajmi21.02 Kb.
#1666756
1   2   3   4   5
Bog'liq
22.22-guruh talabasi Yusupxojayeva Nilufarxon

Birinchidan, uning asosiy yo'nalishi kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasini o'rganishdan iboratdir. Har bir shaxs hamisha ma'lum ijtimoiy guruhlar doirasida faoliyat ko'rsatadi. Bu uning oilasi, mehnat jamoasi, ko'cha - kuydagi norasmiy guruhdagi do'stlari davrasi, o'quv jamoasi, sinf, audotiriya, boshqaruv muassalari va hokazo. Shaxsning yakka va turli guruhlar doirasida o'zini tutishi, xulq - atvori, mavqei, unga o'ziga xos guruhiy tazyiqqa beriluvchanlik kabi qator xodisalar aslida o'sha guruhlarni boshqarish, sog'lom o'zaro munosabatlar sharoitini yaratish -- bu odamlarni samarali o'zaro muloqotga o'rgatishning zaruriyatidir.
Ikinchidan, shaxsning ijtimoi-psixologik qiyofasi masalasi ham bugungi kundagi o'zgarishlar va ma'naviy jihatdan poklanish davrida o'ta muhim sohadir. Zero, har bir shaxsning jamiyatda ro'y berayotgan tub islohotlarga munosabati, ularni idrok qilish va anglash darajasi, o'z - o'ziga nisbatan munosabatining tabiati, xulqidagi ijtimoiy motivlar va yo'nalishlar katta ahamiyatga egadir. Ayniqsa, bolaning voyaga yetishi jarayonida uning ijtimoiylashuvi, ya'ni ijtimoiy munosabatlar muhitiga kirib borishi, ijtimoiy ta'sirlarni ongiga singdirishi va u yoki bu turdagi xulq andozalarini mustahkamlash, mafkuraviy dunyoqarashining shakllanishi jarayonlarining psixologik tabiatini tekshirish barkamol shaxsni voyaga yetkazish dasturini yaratish uchun zarur. Lekin har bir shaxsda bu jarayon o'ziga xos tarzda ro'y berishi sababli, ijtimoiy psixologiyada uning ijtimoiy tiplari farqlanadi va har bir murabbiy yoki tarbiyashi ularni bilishi amaliy ahamiyat kasb etadi.
Uchinchidan, jamiyat miqyosida ro'yo beradigan ommaviy hodisalar ham ijtimoiy psixologiya uchun tatbiqiy ahamiyatga ega. Chunki alohida shaxs tarbiyasida ommaviy xodisalarning, katta guruhlarning ta'sirini inkor etish -- masalaga bir yoqlama yondashishga barobardir. Masalan, shaxs uchun u mansub bo'lgan millat, elat yoki xaqlning ro'yxati, uning ongidagi asrlar davomida saqlanib kelayotgan an'analar, rasm - rusmlar, aqidalar, udumlar, faoliyat stereotiplari kabilar o'z muayyan ta'sir kuchiga ega. Millatning ruhi ilk bolalikdayoq shaxs ongiga u o'zlashtirgan milliy til orqali, oila muhitida shakllanadi. Shu kabi va boshqa ommaviy psixologik jarayonlarning shaxs ijtimoiy xulq-atvoriga ta'sirini o'rganuvchi ijtimoiy psixologiya va uning xususiy tarmog'i bo'lgan etnopsixologiya ijtimoiy- psixologik qonuniyatlarni bilishda va ularni boshqarishda katta amaliy ahamiyatga ega.
Ijtimoiy psixologiya o'rganadigan eng asosiy va yuqorida ta'kidlab o'tilgan muammolarni o'z ichiga olgan masalalardan biri kunda ijtimoiy psixologiyaning fikricha, bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning predmeti ham va uning doirasida o'tkaziladigan barcha tadqiqotlarning umumiy ob'ekti ham muomaladir. Muomala va muloqotning inson hayotida tutgan o'rnini aniqlash, turli ijtimoiy faoliyatlar sharoitida samara beradigan muomala turlari va uslublarini yoritish, uning sof psixologik mexanizmlarini tadqiq etish, fanning eng muhim tatbiqiy yo'nalishlaridandir.

2
Ijtimoiy psixologiya 21 asrga kelib fanlar tizimida alohida o'ringa ega bo'lgan soxalardan biriga aylandi. Chunki sir emaski, insoniy munosabatlar, har bir faoliyat sohasida shaxslararo munosabat o'ziga xos dolzarblik kasb etib bormoqda.
Ijtimoiy psixologiyaning fanlar olamida paydo bo'lishi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning yuqorida ta'kidlaganidek, sotsiologiya va psixologiya fanlari oralig'ida ,, tug'ilishi'' jarayonining o'zi bir nechta bosqichlarni o'z ichiga olganligini ta'kidlash joiz:
1. Ijtimoiy-psxologik bilimlarning falsafa va umumiy psixologiya doirasida jamlanishi (eramizdan avvalgi 6 asrdan tortib toki yangi davrlarning 19 asrigacha bo'lgan vaqt).
2. Ijtimoiy hayot sirlarini falsafa, sotsiologiya va umumiy psixologiya doirasida tushuntirish orqali mustaqil fanga aylanish davr: (19 asrning 50-60 yillaridan to 20 asrning 20-yillarigacha).
3. Ijtimoiy psixologiyaning mustaqqil fan va amaliyot yo'nalishi sifatida to'la shakllanishi davri (20 asrning 20- yillaridan boshlab).
Ta'kidlash o'rinliki, ijtimoiy psixologiyaning predmeti aniqlash osonlikcha ro'y bermagan. Manbalardan ma'lum bo'ldiki, bu borada fan tarixida uch xil yondashuv mavjud bo'lgan:

Download 21.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling