Farg'ona davlat universiteti Pedagogika psixologiya fakulteti Amaliy psixologiya yo'nalishi
Download 21.02 Kb.
|
22.22-guruh talabasi Yusupxojayeva Nilufarxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi yondashuv
- Uchinchi yondashuv
- V.N.Myashivenning
Birinchi yondashuvga ko'ra, ijtimoiy psixologiya inson psixikasiga oid ommaviy xodisalarni o'rganadi. Ushbu yondashuv doirasida ayrim tadqiqotchilar sinflar psixologiyasini o'rganish zarur deb tan olishsa, boshqalar har qanday ijtimoiy uyushma yoki guruhga oid qonuniyatlarni, ularning an'analarini, urf-odatlariyu, rasm-rusmlarini o'rganish dolzarb ekanligini ta'kidlaganlar. Yana bir guruh tadqiqotchilar esa ijtimoiy psixologiya ko'pchilikka qarashli bo'lgan ijtimoiy fikrni yoki moda kabi ommaviylashib ketadigan jarayonlar sababini o'rganishi lozim, deb topadigan. Ularning fikrini riivojlantirib, ushbu yondashuvga xayrixoh bo'lgan boshqa bir olimlar guruhi ijtimoiy psixologiyasining predmeti aslida jamoa psixologiyasini o'rganish ekanligini yoqlaydilar. Bu yondashuvning umumiy xulosasi shuki, ijtimoiy psixologiya moxiyatan aslida jamoa psixologiyasidir. Bizning fikrimizcha, jamoalarining katta yoki kichikligi msalaning boshqa tomoni bo'lib, umumiy fikr shuki, ijtimoiy psixologiya odamlar to'plangan, biror faoliyat yoki manfaat sabab jam bo'lgan yerda o'z predmetini topishi mumkin.
Ikkinchi yondashuv tarafdorlarining fikridagi umumiylik shuki, ularning ta'kidlashlaricha, ijtimoiy psixologiya shaxsning ijtimoiy qiyofasini, ijtimoiy obrazini, tasavvurlarini o'rganadi. Turli olimlar fikrida o'ziga xoslik esa aynan shaxsning qaysi sifatlariga ko'proq e'tiborini qaratishida namoyon bo'ldi. Kimdir shaxsning alohida ijtimoiy sifatlariga urg'u bersa, boshqalar uning tipologiyasini ahamiyatli predmet ekanligini ta'kidladi. Bundan tashqari, shaxsning guruhdagi o'rni, shaxslararo munosabatlar va umuman munosabatlar tizimi ushbu yo'nalish tarafdorlarining diqqat markazida bo'ldi. Ya'ni shaxsning jamiyatga aloqasi va aloqadorligi bunda asosiy ilmiy fakt hisoblanadi. Uchinchi yondashuv yuqorida ikki yondashuvning o'ziga xos tarzdagi uyg'unlashuvi shaklida namoyon bo'ldi. Ya'ni, unga ko'ra ijtimoiy psixologiya ommaga xos bo'lgan psixologik xodisalarni ham, shaxsning guruhdagi maqomini ham birdan o'rganishi lozim. Rus olimi B.D.Parigin turli yondashuvlarga e'tibor bergan xolda ijtimoiy psixologiya o'rganadigan eng muhim masalalarni yagona andozada umumlashtirdi. Ya'ni uning fikricha, ijtimoiy psixologiya quyidagilarni o'rganadi: 1) shaxsning ijtimoiy psixologiyasi; 2) jamoalar ijtimoiy psixologiyasi va muloqoti; 3) ijtimoiy munosabatlar; 4) ma'naviy - axloqiy faoliyat shakllari. Yana bir rossiyalik olim V.N.Myashivenning yozishicha, ijtimoiy psixologiya: a) odamlarning guruh shaaroitidagi o'zaro hamkorligi ta'sirida paydo bo'ladigan psixologik o'zgarishlarni; b) ijtimoiy guruhlarning turli xususiyatlarini; v) jamiyatda ro'y beradigan jarayonlarining psixologik tomonlarini o'rganadi. Yuqorida taklif etilgan barcha yondashuv va nuqtai nazarlarni birlashtirgan yagona fikr esa shunday iboratki, ijtimoiy psixologiya fan tarmog'i sifatida psixik faoliyatga ikki tomondan -- jamiyat miqyosida ro'y beradigan ommaviy psixik jarayonlardir. Oxirgilari ko'pgina manbalarda ijtimoiy-psixologik xodisalar deb nomlanadi. Download 21.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling