Farg'ona davlat universiteti Pedagogika psixologiya fakulteti Amaliy psixologiya yo'nalishi
Download 21.02 Kb.
|
22.22-guruh talabasi Yusupxojayeva Nilufarxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- V.M.Makdugoll
- G.M.Andreeva
Farg'ona davlat universiteti Pedagogika - psixologiya fakulteti Amaliy psixologiya yo'nalishi 1-kurs 22.22-guruh talabasi Yusupxo'jayeva Nilufarxonning sotsial psixologiya fanidan yozgan mustaqil ishi Ijtimoiy psixologiya kirish REJA: 1. Ijtimoiy psixologiya fanining predmeti va vazifalari 2. Ijtimoiy psixologiyaning predmatini aniqlashga oid yondashuvlar 3. Ijtimoiy psixologiyaga oid dastlabki tasavvurlar 1 Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning bilan birga u o'ta navqiron fandir. Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma'naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda kishilar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning xosilasi ekanligi bilan e'tirof etilsa, ijtimoiy psixologiya o'z uslubiyati, predmati va fanlar tuzumida tutgan o'rnining yangiligi insoniyat tarqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki belganligi bilan tavsiflanadi . Dargaqiqat, ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida so'z borar ekan, uning rasman e'tirof etislishi 1908-yil deyiladi. Chunki, aynan shu yili ingliz olimi V.M.Makdugoll o'zining ,, ijtimoiy psixologiyaga kirish'' kitobini, amerikalik sotsiolog E.Ross esa ,,ijtimoiy psixologiya'' deb nomlangan kitobini chop ettirgan edi. Bu asarlarda birinchi marta alohida fan -- ijtimoiy-psixologiyani mavjudligi tan olindi. Uning predmetiga ta'rif berildi. Ikkala muallif ham -- biri psixolog ikkinchisi sotsiolog bo'lishiga qaramay, bu fanning asosiy predmeti ijtimoiy tarqqiyot hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlarni uyg'unlikda o'rganishdir, degan umumiy xulosaga kirishgan. To'g'ri, mazkur mualliflarning har xil fan sohasining vakili ekanligi, ularning ijtimoiy psixologik hodisalar tabiatini yoritishga nisbatan o'ziga xos qarashlarning mavjudligi va bunday yondashuv to hozirgacha davom etmoqda. Rus olimasi G.M.Andreeva ta'kid etganidek ijtimoiy psixologiya sohasida ishlayotgan mutaxassisning aslida kim ekanligi -- psixologmi, sotsiologmi yoki faylasufmi, -- uning ushbu fan predmaetiga yondasguviga o'z aksini topadi, chunki agar u sotsiolog bo'lsa ijtimoiy qonuniyatlarni avval boshidan jamiyatdagi an'analar va umumiy qoidalar tilida tushuntirishga intilsa, psixolog -- konkret olingan shaxs psixologiyasining qonuniyatlarini umumjamiyat qonun-qoidalariga tadbiq etishga harakat qiladi. Nima bo'lganda ham shuni asosli tarzda e'tirof etish zarurki ijtimoiy psixologiyaning alohida fan bo'lib ajraralib chiqishga ilmiy manbalar ikki fan -- psixologiyasi va sotsiologiyasi yutuqlari va har qaysisining doirasida ma'lum muammolarning yechilishi uchun yana alohida fanning tan olinishi yuzaga keldi. Shuning uchun ham uzoq yillar mobaynida ijtimoiy psixologiya sohasida tadqiqotlar olib borayotgan olim yoki izlanuvchining -- psixologik yoki sotsiolog yondashuvining ustuvorligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Demak, bu fanning tug'lishi sohasining aniqlab olishga sabab bo'lgan sotsiologiya fanlari G.M.Andreeva aniqlagandek, aslida uning ,, ota-onalaridir''. Umumiy holda hozirgi kunda ijtimoiy psixologiyaning predmetini quyidagicha ta'riflash mumkin: ijtimoiy psixologiya -- odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyati jarayoni davomida ularda hosil bo'ladigan tasavvurlar, fikrlar, e'tiqodlar, g'oyalar, his-tuyg'ular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fan, shaxs va jamiyat o'zaro bog'likligida sodir bo'ladign psixologik hodisalar taxlil etuvchi ilmiy yo'nalishdir. Demak, har bir shaxsni jamiyatda yashashi uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda o'ziga o'xshash shaxslar bilan o'rnatadigan murakkab o'zaro munosabatlarni va ularning tasirida hosil bo'ladigan xodisalarni psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish -- ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasidir. Shu kabi umumiy ta'riflardan yana biri -- ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy vaziyatlarda yuz beradigan ijtimoiy muloqotning murakkab shakllar mexanizmlarni o'rganuvchi fandir. Shuni mamnuniyat bilan e'tirof etish joizki O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 19- sessiyasida respublikamiz Prezidendi Islom Karimov oliy ta'limni isloh qilishda va malakaviy kadrlarni tayyorlashda ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida alohida o'rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo'lish uchun shaxs nafaqat o'z iqtidori bilimi va saviyasini oshirish zarur, balki jamiyatda turlicha ijtimoiy munosabatlar tizimiga tayyor bo'lmog'i ijtimoiy faoliyati boshqarishning, odamlar bialn turli jamoalrda ishlash, hodimlar faoliyatini muvofiqlashtirishga oid ilmiy qonuniytalr va qoidalarni mukammal egallamog'i zarur. Boshqaruv, marketing va menejment, ta'lim va tarbiyaa sohalarida ayniqsa, inson omili va uni boshqarishning psixologik kamol topishi yo'lidir. Shuning uchun bugungi kunda yurtboshimiz ta'kidlaganidek ijtimoiy psixologiyadur va umuman ijtimoiy faoliyat bial shug'ulanuvchi fanlarning asosiy vazifasi -- barkamol avlod tarbiyasining taminlovchi barcha ma'anaviy ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyati tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usularini hayotga tadbiq etishdir. Bu o'rinda , ayniqsa, ijtimoiy tafakkurning yangicha dunoqarash va munosabatlarning shakllanishi insonning, o'ziga va o'zgalarga ta'sir etish mexanizmlari o'rganish eng dolzarb masaladir.Chunki, mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqillikga erishish bo'sag'asidayoq, ,,respublikada vujudga kelgan ijtimoiy - siyosiy va sotsial - psixologik vaziyat bizni juda tashvishlantirmoqda'', deb, bu vaziyatni barqarorlashtirish uchun ijtimoiy psixologik omillarni o'rganish, taxlil qilish va amaliy choralar ko'rishga jamoatchilikning diqqatini tortgan edilar. Lekin ming afsuski, u paytda ijtimoiy psixologiya fan sifatida xali yurtimizda rivojlanmagan, bu sohada fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o'tkazuvchi markazlar mavjud emas edi. Faqat mustaqillikga erishganimizdan keyingina mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyoti uchun yaratilgan shart - sharoitlar bois bu fan ham shakllanish pallasiga o'tadi. Ijtimoiy psixologiya alohida fan sifatida nafaqat bo'lg'usi psixologlar hamda pedagoglarga, balki xalq xo'jaligining turli tarmoqlari uchun malakali, oliy ma'lumotli qadrlar tayyorlovchi oliy o'quv yurtlarida ham o'qitilmoqda. Xo'sh, bugungi kunda ijtimoiy psixologiya fan sifatida o'z baxs mavzusini va predmetini qaysi ob'ektlarga qaratmoqda? Download 21.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling