Farg`ona davlat universiteti sirtqi bo`lim “iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar bo`icha) yo‘nalishi “makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanidan


MDH davlatlarining ayrim tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmining nisbati


Download 113.15 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi113.15 Kb.
#1626614
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Иктисод курс иши

MDH davlatlarining ayrim tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmining nisbati




Hisob, rublda

Hisob, dollar bilan

Eng rivojlangan sanoat tarmoqlari







Yoqilg'i sanoati

110,0

130,1

Metallurgiya

123,1




Qurilish materiallari sanoati

125,4

176,1

Mashinasozlik, transportdan tashqari

110,0

120,0

Hamma mashinasozlik

92,3

94,2

Yog'och, yog'ochni qayta ishlash va mebel sanoati

84,0

130,2

To'qimachilik va tikuvchilik sanoati

83,9

96,6

Teri va poyabzal sanoati

102,4

132,0

Ortda qolgan sanoat tarmoqlari







Transport muhandisligi

53,2

55,4

Kimyo sanoati

61,6

39,9

Qog'oz -qog'oz sanoati

17,6

22,0

Energetika

37,1

48,1

O'rtacha rivojlanish darajasiga ega bo'lgan tarmoqlar







Oziq-ovqat sanoati

62,6

74,6

Barcha sanoat

73,5

84,6

1-jadval
1992 yildan hozirgi kungacha Rossiya iqtisodiyotining tarmoq tuzilmasi sezilarli darajada o'zgarganiga e'tibor qaratildi. Shunday qilib, yoqilg'i sanoati, qora va rangli metallurgiya, shuningdek kimyo va neft-kimyo sanoatining ulushi oshdi. O'z navbatida, mashinasozlik va metallga ishlov berish, engil sanoat va qurilish materiallari sanoatining ulushi kamaydi. Bunday o'zgarishlar shuni ko'rsatadiki, bozor islohotlari davrida Rossiya iqtisodiyoti xom ashyoga katta e'tibor qaratdi. Tovar sektori rivojlanishiga katta turtki, neft narxining muttasil oshishi bo'ldi.
Strukturaviy o'zgarishlar ish bilan bandlikda ham namoyon bo'ladi. Bozor islohotlari davrida bandlarning umumiy soni kamayib, ishsizlik paydo bo'ldi. Rossiyada ishsizlik darajasi 1995–1998 yillarda o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi va 1999 yildan boshlab iqtisodiy o'sish tufayli ishsizlik darajasi biroz pasayib ketdi. Sanoat, qishloq xo'jaligi va qurilishda band bo'lganlar soni ancha kamaydi. O'z navbatida, ulgurji va chakana savdoda, shuningdek, moliya sektorida bandlik o'sishi kuzatildi. Bu tendentsiyalar, bir tomondan, ishlab chiqarishning umumiy pasayishi, ikkinchi tomondan, bozor infratuzilmasining vujudga kelishi bilan bog'liq. Ba'zi hollarda (ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, san'at) band bo'lganlar soni sezilarli darajada o'zgarmadi, bu esa ushbu tarmoqlar faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari bilan izohlanadi.

2) IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH SHAROITIDA SANOAT SIYOSATINING RIVOJLANISH TENDENSIYASI.
Ma’lumki, vujudga kelgan va ixtisoslashgan korxona sanoat tarmog‘ini yaratmaydi, chunki tarmoq turdosh korxonalar guruhidan iborat. Lekin, har qanday turdosh korxonalar guruhi ham tarmoq yarata olmaydi. Buning uchun u o‘zining xususiyatiga ko‘ra mavjud tarmoqlar farq qilinishi va aholi ehtiyojlari nuqtai nazaridan yirik masshtabli ishlab chiqarishga ega bo‘lishi kerak. Shunday qilib, ixtisoslashgan korxonalarning guruhlari va tarmoqlari bir-biridan farqlanadi. Shunga muvofiq holda, tarmoqlarni guruhlash sxemasini quyidagicha ajratish mumkin:
— asosiy sanoat tarmoqlari guruhi;
— sanoat tarmoqlari guruhi;

  • ixtisoslashgan korxonalar guruhi.

Bunday yondashuvda, masalan mashinasozlik quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

  1. Mashinasozlik;

  2. Mashinasozlik tarmog‘ida og‘ir, energetika va transport mashinasozligi;

  3. Transport mashinasozligi tarmog‘ida lokomotivsozlik, vagonsozlik va boshqalar;

4. Sanoat tarmog‘i hisoblanmagan ixtisoslashgan korxonalar guruhi. Zamonaviy sanoat uchun ilmiy texnik-taraqqiyot va ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi xarakterlidir. Shunga o‘xshash jarayon sanoatni hududiy tashkil etishga ham taalluqlidir. Ishlab chiqarishning texnologik bosqichlariga ko‘ra tarmoqni hududiy bo‘linishi turli tarmoq korxonalarining birlashuvi natijasida ishlab chiqarishning hududiy birlashmalari tashkil topishiga olib keladi. Demak, sanoat hududiy va tarkibiy tuzilishi jihatidan differensiyalanmoqda. Shu bilan birga, teskari jarayon - ishlab chiqarish integrasiyasini ham kuzatish mumkin. U yoki bu sanoat tarmoqlariga tegishli korxonalar biri ikkinchisidan ishlab chiqarish, texnik-konstruktiv va texnologik jihatdan o‘ziga xosligi, yoqilg‘i, energiya resurslari, xom ashyo manbalariga, ishchi kuchi to‘plangan mintaqalar, tayyor mahsulot iste’mol qilish joylariga nisbatan joylashuvi bilan farqlanadi. Bu esa tarmoqlarni oqilona mujassamlashuvini o‘ta oshirib yuboradi. Birinchidan, alohida olingan tarmoq muayyan mintaqa kompleksi tarkibiga faqat ayrim korxonalari bilan kiradi. Shuning uchun, juda kam hollarda ishlab chiqarishning barcha tuzilmaviy elementlari va bosqichlari namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, hamma tarmoqlar ham o‘z korxonalari bilan bir vaqtda har bir mintaqa hududiy ishlab chiqarish kompleksida ishtirok etmaydi. Uchinchidan, bir tarmoq korxonalari ixtisosligi va tuzilmasi turlicha bo‘lgan mintaqa o‘zaro ta’sir xarakteridagi ishtiroki bilan belgilanadi. Bunda tarmoqlar orasidagi farqlar quyidagi holatlarga bog‘liq:

  1. Ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi, miqyosi va samaradorligi;

2. Mahalliy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarga mos kelish darajasi;
3. Mehnat, moddiy va tabiiy resurslardan foydalanish masshtabi;
4. Tevarak atrofidagi ishlab chiqarish kuchlariga ta’siri;
5. Sanoatning boshqa tarmoqlari va xo‘jalikning boshqa bo‘g‘inlari bilan aloqalari;
6. Sanoat komplekslarini shakllantirish qobiliyati;
7. Mintaqalararo tayyor mahsulot, energiya, yoqilg‘i, xom ashyo almashinuvida ishtirok etish darajasi. Yukoridagi belgilar asosida ma’lum bir mintaka tarmoklariga baxo bsrilsa, ular birinchi navbatda mintakalararo va mintakaviy tarmoklarga bo’linadi. Iktisodiy rayonlar axamiyatga ega tarmoklar xududiy ishlab chikarish komplekslari ixtisoslashuvi bUyicha rayonlararo alokalarda ishtiroki, mamlakat ichida xududiy mexnat taksimoti bilan belgilanadi. Ularning uziga xos xususiyati mintakalararo alokalarda ishtiroki, tashki bozorga ishlashidir. Rayonlashtirish jarayonida bu tarmoklar lal kiluvchi rol o’ynaydi. Rayonlararo tarmoklar turlicha namoyon bUladi. Ulardan biri mintaka uchun ixtisoslashgan bo’lib, sanoat tuzilmasida asosiy o’rinlarni egallasa, boshqalari esa kushimcha soxa xisoblanadi. Iqtisodiy geografik rayon alamiyatiga ega tarmoklarning uziga xos xususiyati shu xudud ishlab chikarish kompleksi extiyojlarini kondirishi bilan belgilanadi. Bu tarmoklar boshka tarmoklarni rivojlantirishga yordam beradi. Shu bilan birga, resurslardan kompleks foydalanish yordam beradi. Shu bilan birga, resurslardan kompleks foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining dastlabki bosqichlarida iqtisodiy o‘sish asosan ekstensiv asosda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiya va yuqori malakali kadrlar bilan to‘yinishi borasida intensiv o‘sish omillarining roli ortib boradi. Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi o‘ziga xosligi shundaki, ishlab chiqarishni kengaytirishga o‘sish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, xususan, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, yuqori malakali va mehnat maxsuldorligi baland bo‘lgan ishchi kuchidan foydalanish hisobiga erishiladi. Bu holatda ishlab chiqarish real hajmining o‘sish sur’atlari uni ishlab chiqarishning jami xarajatlari o‘zgarish sur’atidan yukori bo‘ladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, iqtisodiy o‘sish turi shartli belgilanishi mumkin, chunki u real xo‘jalik amaliyotida «sof» ko‘rinishda amalda uchramaydi. Intensifikasiya faqat bizning zamonamizgagina xos jihat emas, Intensiv iqtisodiy o‘sishning ekstensiv o‘sishdan keyin kelishi har safar ishlab chiqarishning texnologik usuli – ishlab chiqarish kuchlarini o‘zaro bog‘lash usuli va bu tarkibiy qismlarning sifat o‘zgarishlari ortidan keladi. Xarajatlar hajmining o‘sib boruvchi yakuniy natijalarga o‘zgarishining birinchi bosqichida resurslarni tejovchi o‘sish ro‘y beradi. U foydalaniluvchi an’anaviy resurslar hajmi o‘zgarmagan yoki qisqargan holda raqobat, ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqaruv, marketing, narx va boshqa omillar hisobiga yakuniy mahsulot hajmining o‘sishi bilan tavsiflanadi. Bunday o‘sishning davomiyligi ma’lum bir texnologiyalardan foydalanishda resurslar miqyosi bilan cheklab qo‘yiladi. Shu sababdan ishlab chikarish texnologiyalari o‘zgarmagan holda resurslarni tejovchi o‘sishning uzoq muddat saqlanishi iqtisodiy rivojlanish oldida to‘sik bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda korporativ strategiyaning bir bo‘lagi xisoblangan vertikal integrasiyani yakuniy maxsulot ishlab chiqaruvchi o‘zaro hamkor korxonalarning ma’lum bir guruhi yoki ishlab chiqarish zanjiri»ni tashkil etuvchi tuzilmasi sifatida tushuniladi. Neoklassik nazariyotchilar“ vertikal integrasiyani «ikki tomonlama qiymat keltiruvchi» texnologik zanjir hosil qiluvchi ishlab chiqarish kuchlarining to‘planishi sifatida qaraydi. Institusional nazariyotchilar esa vertikal integrasiyani tranzaksiya xarajatlarini qisqartirishning ma’lum bir shaklini hosil qiluvchi tuzilmalar sifatida e’tirof etadi. Sanoat tarmoqlarining foydali biznes faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy yo‘nalishi sifatida R. Bleyer, D. Kazermanlarning qarashlari ham ustun hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida yirik va vertikal integrasiyalashgan korxonalar iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi, chunki bunday mulk shakli taqlid qilish uchun yanada qulayroq hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining boshlang‘ich bosqichida yirik vertikal integrasiyalashgan tuzilmalar samaradorligini oshirish gipotezasini tasdiqlovchi bir qator tadqiqotlar mavjud." Qiyosiy ustunliklar bo‘yicha tadqiqot olib boruvchi nazariyotchilar" esa mahsulotning xayotiy yo‘li va texnologik yangilanish jarayonlarini amalga oshiruvchi yangicha boshqaruv shakli sifatida e’tirof etadi. u yoki bu iqtisodiy rayon hududida turli vazifalarni bajaruvchi tarmoqlar orasidagi bog‘liqlikni faqat sifat jihatidagina emas, balki miqdor jihatidan ham aniqlash mumkin. Bu fikrlar eng avvalo tarmoklarning mintaqaviy ixtisoslashuvi ta’rifiga tegishlidir. Bu borada ilmiy adabiyotlarda ikki qonuniyat aks etgan. Birinchisi shartli ravishda ishlab chiqarish”, ikkinchisi esa olib chiqib ketuvchi" deyiladi. “Ishlab chiqarish” yondashuvi mazmunan tahlil qilinuvchi ko‘rsatkichlarning mamlakat o‘rtacha darajasidan farkini darajasini aniqlashdan iborat. Sanoat tarmoqlarining ixtisoslashuv va mahalliylashuv koeffisiyentlari A.T.Xrushyev bo‘yicha quyidagicha aniklanadi: Bu yerda S - r-rayon (r=1, 2, 3..., n)dagi і-tarmoq (i=1, 2, 3 ..., tyuning ixtisoslashuv koeffisiyenti; R, - r-rayondagi і-tarmoq ishlab chiqarish hajmi, R - r-rayondagi barcha sanoat ishlab chiqarish hajmi, R – mamlakat biror tarmog‘idagi ishlab chiqarish hajmi; R – mamlakat barcha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi; L- g-rayondagi і-tarmoqning mahalliylashuv koeffisiyenti[117; 70-b.]. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, ixtisoslashuv koeffisiyenti rayon sanoat tarmog‘i ulushining mamlakat sanoat tarmok ulushi nisbatidan iborat bo‘lsa, mahalliylashuv koeffisenti tarmoq bo‘yicha butun mamlakat tarkibidagi rayon ulushidir. u yoki bu rayon sanoat mahsuloti ishlab chiqarishiga ixtisoslashuvi hududiy mehnat taqsimoti mahsulidir. U asosan rayonlararo ixtisoslashuv bilan uzviy bog‘langan. “Olib chiqib ketuvchi”ga o‘ziga xos yondashuv zarur. shuning uchun unga alohida urg‘u berilayotganinini ta’kidlab o‘tish lozim. Muayyan maxsulot ishlab chikaruvchi tarmoqning mintaqalararo tovar ayirboshlash koeffisiyentini umumiy hajmga nisbatan quyidagicha aniqlash u yoki bu iqtisodiy rayon hududida turli vazifalarni bajaruvchi tarmoqlar orasidagi bog‘liqlikni faqat sifat jihatidagina emas, balki miqdor jihatidan ham aniqlash mumkin. Bu fikrlar eng avvalo tarmoklarning mintaqaviy ixtisoslashuvi ta’rifiga tegishlidir. Bu borada ilmiy adabiyotlarda ikki qonuniyat aks etgan. Birinchisi shartli ravishda ishlab chiqarish”, ikkinchisi esa olib chiqib ketuvchi" deyiladi. “Ishlab chiqarish” yondashuvi mazmunan tahlil qilinuvchi ko‘rsatkichlarning mamlakat o‘rtacha darajasidan farkini darajasini aniqlashdan iborat. Sanoat tarmoqlarining ixtisoslashuv va mahalliylashuv koeffisiyentlari A.T.Xruщyev bo‘yicha quyidagicha aniklanadi: Bu yerda S - r-rayon (r=1, 2, 3..., n) dagi і-tarmoq (i=1, 2, 3 ..., tyuning ixtisoslashuv koeffisiyenti; R, - r-rayondagi і-tarmoq ishlab chiqarish hajmi, R - r-rayondagi barcha sanoat ishlab chiqarish hajmi, R – mamlakat biror tarmog‘idagi ishlab chiqarish hajmi; R – mamlakat barcha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi; L- g-rayondagi і-tarmoqning mahalliylashuv koeffisiyenti[117; 70-b.]. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, ixtisoslashuv koeffisiyenti rayon sanoat tarmog‘i ulushining mamlakat sanoat tarmok ulushi nisbatidan iborat bo‘lsa, mahalliylashuv koeffisenti tarmoq bo‘yicha butun mamlakat tarkibidagi rayon ulushidir. u yoki bu rayon sanoat mahsuloti ishlab chiqarishiga ixtisoslashuvi hududiy mehnat taqsimoti mahsulidir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilgacha barqaror rivojlanish bo‘yicha dasturining to‘qqizinchi maqsadi «Iqtisodiy rivojlanish va aholining farovonligini oshirish uchun sifatli, ishonchli, barqaror infratuzilma, jumladan hududiy miqyosdagi infratuzilmani ishlab chiqish» vazifalarini yechishga qaratilgan. Mazkur vazifalar sanoatning tarmoq tarkibini va uni hududiy tashkil etishni takomillashtirishni taqozo etmoqda. Jahonda sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, sanoatni hududiy jihatdan samarali tashkil etishda joyning tabiiy resurs va mineral xom ashyo bazasi, demografik salohiyati va mehnat resurslari, ekologik holati kabi mahalliy omillardan kelib chiqib korxonalarni joylashtirish, mehnat resurslaridan unumli foydalanish, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, mavjud ishlab chiqarish kuchlaridan samarali foydalanishga qaratilgan tadqiqotlar muhim vazifalardan hisoblanadi. Respublikamizda sanoatni rivojlantirishda hududlarning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari, geografik xususiyatlari hamda ekologik vaziyatni hisobga olgan holda sanoatning hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Download 113.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling