Farg’ona Davlat Universiteti Sirtqi bo’lim Iqtisodiyot yo’nalishi c 20. 23 guruh talabasi Mirzayev Muhriddinning Pul va Banklar fanidan


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana15.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1269118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mirzayev Muhriddinning PUL VA BANK fanidan mustaqil ishi




Farg’ona Davlat Universiteti
Sirtqi bo’lim
Iqtisodiyot yo’nalishi 
 
C 20.23 guruh talabasi Mirzayev Muhriddinning 
 
Pul va Banklar fanidan
 
 
MUSTAQIL ISHI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tekshirdi:
Sh. Maxsudov 
 
 
 
 
 
 
 
2023-yil 



 
 
Reja: 
 
 
1. Pul tizmi va elementlari.
2. Inflyatsiya va uning turlari. 
3. Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo’llari. 
4. Kredit va uning mazmuni.  
5. Pul islohotlari 



1.

Pul tizimi va uning elementlari.  
Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomilasini qonuniy va 
mutonosib ravishda tashkil qilishda qullaniladigan uslublar mujmuasi tushuniladi. 
Xozirgi pul tizimi XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik 
usulining yuzaga kelishi munosabati bilan shakllangan, biroq uning ayrim elementlari 
bundan oldinroq paydo bo’lgan. 
Pul tizimi quyidagi asosiy elementlari o’z ichiga oladi. 
1. Pul birligi, so’m, rubl va boshqalar. 
2. Baho masshtabi-dastlab u pul birligining oltinga teng qismi sifatida, hozir 
jahon pullariga nisbati. 
3. Pulning turlari. Šiymatni o’zida ifodalanishiga ko’ra pullar ikki turga 
xaqiqiy va xaqiqiy pulni o’rnini bosuvchi pullarga bo’linadi. 
Xaqiqiy pullar nominal qiymatini uzida ifodalovchi real qiymatga ega bo’lgan metal 
pullar bo’lib ular har xil shakllarda chiqarilgan.Qog’oz pullar xaqiqiy pullarning vakili 
bo’lib pulning muomila funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. 
Umuman pullar qo’yidagi turlarga bo’linadi 
1 Qog’oz pullar 
2. Kredit pullar. Kredit pullar qoђoz pullardan farq qilib ular bir vaqtni o’zida 
qiymatni ifodalaydi va u kredit xujjat bo’lib, kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi 
iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarga davlat banki biletlari, veksel, 
banknot, chek, kredit kartochkasi va boshqalar kiradi. 
3. Tangalar asosan nekel va bronzadan tayyorlanadi. Tarixiy ma’lumotlarga 
kura birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda xozirgi 
Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiyev rusida zarb kilingan. 
Dastlab tangalar oltindan, keyinchalik ular boshqa metallda zarb kilingan. 
Qog’oz pullar tarixiy manbalarga kura XII-asrda Xitoyda, 700-yillarda kumush 
tangalar chiqarilgunga kadar Buxoro davlatida kogoz puldan foydalanilgan. Amerika 
va Yevropada qoђoz pullar XVII-XVIII asrlarda chiqarilgan 
4. Emissiya tizimi - Bu muomiladagi bank biletlari, xazina biletlari, 
qoђoz pular va qimmatli qoђozlarni chiqarishdir. Buni Markaziy bank 
amalga oshiradi. Šimmatli qoђozlarni ularni emitentlari - davlat, banklar, 
xissadorlik jamiyatlari chiqaradi. 
5. Muomiladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasi- Markaziy 
bank. 
Pul tizimining tarixan 2 turi mavjud. 
1. Metall pullar tizimi. 
2. Kredit va kogoz pullar tizimi.



Metal pullar tizimi bimetalizm (oltin va kumushni qonuniy tartibda umumiy ekvivalent 
ekanligi) va monometalizm (fakat ularni birini umumiy ekvivalentligi) turlariga 
bo’linadi. 
Muomiladagi pullarning asosiy qismini Qog’oz pullar tashkil qiladi. Šoђoz 
pullardan foydalanilishiga sabab: 
a) Qimmatbaho metallar, xususan oltin tanga pullarni real va nominal 
qiymatlari o’rtasidagi farqni vujudga kelishi. Masalan. 10 grammlik tanga 
faydalanilishi tufayli 7 grammga kelgan. 
b) Ba’zi mamlakatlarda pulni real va nominal qiymatlari to’ђri bo’lmagan 
qalbaki tangalarni chiqarilishi. 
v) Metal pullarni bo’zilishi, yo’qolishi davlat xazinasiga qimmatga 
tushadi. Šoђoz pulni chiqarish bunga nisbatan arzonga tushadi. 
Ravojlangan mamlakatlarning pul tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi. 
1. Pul birligi. 
2. Valyuta kursini belgilovchi qoidalar. 
3. Baho masshtabi. 
4. Pul ko’rinishlari – kredit biletlari, qoђoz pul va tanga. 
5. Emissiya tizimi 
6. Davlat yoki kredit apparati. 
Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi quyidagi xususiyatlarga ega. 
- Oltinga almashilmaydigan, keyinchalik qoђoz pul aylanadigan, kredit pullarga o’tish. 
- pulni muomilaga nafaqat xo’jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki davlat 
xarajatlarini qoplash uchun chiqarish. 
- pul muomilasida naqd pulsiz aylanishning ustunligi 
- pul muomilasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi. 
Shu kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning, hatto ayrim mamlakatlar pul tizimi o’ziga 
xos xususiyatlarga ega. 
Ќar bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustakil pul tizimiga 
ega. Respublikamizda mustakil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 1992 yilni 
noyabr oyida «so’m-ko’pon» larni muomilaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul tizimining 
ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomilagacha milliy valyuta «so’m»ni 
chiqarilishidir. 
O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari: 
1. Pul birligi - so’m 
2. Pul birligining turlari - qoђoz va metal pullar 



3. Ularni muomilaga chiqarish qoidalari. 
4. Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari. 
5. Naqd pulsiz tulov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda 
davlat tomonidan belgilangan shartlar. 
6. Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari. 
7. Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari. 
8. Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat 
tomonidan belgilangan valyuta kursi. 
Xulosa 
O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat 
manfatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy 
pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va oson bo’lmagan 
vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga 
qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlariga ega 
ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo etadi. Zero mustaqil pul tizimiga 
ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lishi mumkin emas.
Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizda 2003 yilni 15 oktyabridan joriy 
xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi. 
Respublikamizda milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirishga 
erishilganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti yangi yuksalishlarga erishayotganligidan, uni 
jahon iqtisodiy hamjamiyatdagi integrasiya jarayoni yanada tezlashayotganligidan 
dalolat beradi. 


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling