Farg’ona Davlat Universiteti Sirtqi bo’lim Iqtisodiyot yo’nalishi c 20. 23 guruh talabasi Mirzayev Muhriddinning Pul va Banklar fanidan


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana15.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1269118
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mirzayev Muhriddinning PUL VA BANK fanidan mustaqil ishi

Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik doimiy 
ravishda narx-navoning ko`tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo`lsa, bunday 
inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini 
buzmaydi: narx-navo ba`zi bozorlarda ko`tarilishi bilan bir vaqtda boshqa bozorlarda 
pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari 
o`z ta`sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar to`g`risidagi ma`lumotlarni 
oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi 
bilan taklifni rag`batlntirib boradi. Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi 
shunday ko`rinishda bo`ladiki, bunday holatda ba`zi bir iste`mol mahsulotlariga narx-
navo ma`muriy tarzda davlat tomonidan o`rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan 


10 
asosiy maqsad, davlat tomonidan ba`zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» 
darajada belgilaydi.
Yashirin inflyatsiya sharoitida narx-navoning keskin o`sishi kuzatilmasligi 
mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul 
mablag`lariga kerakli mahsulotlarni harid qilib bo`lmasligi holatlari paydo bo`ladi. 
Iqtisodiyotda yashirin inflyatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning narxnavosi 
hamda aholini daromadlarini o`sishi vaqtincha to`xtatiladi. Yashirin inflyatsiyani 
vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan ma`muriy nazorat 
o`rnatishdir. 
Buning natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va 
o`zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga 
hamda tartibga solish shakliga bevosita bog`liq bo`ladi. Ushbu inflyatsiyaning salbiy 
tomoni shundan iboratki, inflyatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab 
chiqarish rivojlanmaydi. Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan 
milliy iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflyatsiyaning yuzaga 
chiqishining quyidagi to`rtta omillari mavjud:
- qog`oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq 
monopoliyasi; 
- hozirgi zamon davlat funktsiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini ortishi; 
- kasaba uyushmalari tomonidan byudjet muassasalari ishchi-xodimlarining ish 
haqlarini oshirish bo`yicha faoliyati;
- iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish 
sohasida ayrim xo`jalik sub`ektlarining monopoliya (oligopoliya) holatining 
mavjudligi.
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi 
sabablarga bo‘lish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monetar-pul siyosati bilan 
va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq turlariga bo‘linadi. Pul muomalasi muomaladagi pul 
massasaini bank tomonidan muomalaga chiqarilgan pullarning bankga qaytib kelish 
tezligini ifodalaydi. Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki 
qog‘oz pullar amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan 
amal qiladi. Qog‘oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo‘lgan oltin pullarning 
nazariy miqdoriga teng bo‘lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz 
bermaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan talab pulning barqarorligini ta‘minlaydi, shuningdek, 
pul muomalasi mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy tizimlarda o‘z kuchiga ega. Pul 
muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi va pul 
muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. 


11 
Xulosa 
Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma‘lum 
xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, o‘tgan davr 
inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik 
bo‘lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog‘oz pullar 
chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya‘ni ishlab 
chiqarish va tovarooborot sur‘atlarini oshirmasdan yoki bu ko‘rsatkichlar kamayib 
ketgan holda davlat tomonidan bo‘ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy 
yo‘llaridan biri qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo‘lgan. Natijada 
muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo‘lgan oltin miqdoridan oshib 
ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya‘ni, 
xaqiqatda pul birligi o‘zida ko‘rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan. 
Oldingi inflyatsiyalarning yana bir xususiyati shundaki, ular ma‘lum davrda namoyon 
bo‘lgan. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling