Farg’ona Davlat Universiteti Sirtqi bo’lim Iqtisodiyot yo’nalishi c 20. 23 guruh talabasi Mirzayev Muhriddinning Pul va Banklar fanidan


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana15.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1269118
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mirzayev Muhriddinning PUL VA BANK fanidan mustaqil ishi

O`rmolovchi inflatsiya. Bunda narx-navo sekin o`sadi va inflatsiya suratlari 
yiliga 1-3 % dan 5-10 % gacha bo`ladi. Mamlakatda iqtisodiy o`sish davom etadi
ishsizlik katta bo`lmaydi, bunday inflatsiya odatda, iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlarga xosdir. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada 
rivojlantirishni rag`batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Pulning 
qiymati barqarorligidagi o`zgarish sеzilmasligi mumkin. Masalan 1998 yilda inflatsiya 
suratlari Avstriya, Belgiya, Germaniyada – 1.0 %, Ispaniya, Buyuk Bretaniya va 
AQSH da – 2 %, Gresiyada esa 4.8 %ni tashkil etgan. Bulardan tashqari bu guruhga 
G`arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlari, Kanada, Yaponiya, Sengapur, Malayziya, 
Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va boshqalar kiradi.
Suzib yuruvchi inflatsiya. Bunda yillik inflatsiya suratlari 10 % dan 100 % gacha 
bo`ladi. Mamlakatda narx-navo tezroq o`sa boshlaydi, iqtisodiy o``sish suratlari 
pasayadi, ishsizlik ko`paya boradi. Bunday inflatsiya rivojlanayotgan mamlakatlarga 
xosdir. Masalan 2001 yilda Rossiyada inflatsiya – 18 % ni, O`zbekistonda esa – 24 % 
ni tashkil etgan. 2002 yili O`zbekistonda inflyatsiya darajasi ancha pasaydi, uning 
o`rtacha oylik miqdori 1.6 %dan iborat bo`ldi.
Geperinflatsiya. Bu haddan tashqari kuchaygan inflatsiya bo`lib, uning yillik 
o`sish sur’atlari 100 % dan ko`p bo`lib ayrim holatlarda 1000 % dan ham ortadi. Narx-
navo shiddat bilan o`sadi, pul qadri g`oyat tez pasayadi, pul topishga intilish eng past 
darajaga keladi. Geperinflatsiya sharoitida korxonalar va aholi nima qilib bo`lsa xam, 
chet el valyutasini yig`ishga xarakat qilishadi. Narx-navoni umuman tartibga solib 
bo`lmay qoladi, narxlar oyiga 50 % dan o`sadi. Tovarlarni sotib olishda barter usulida 



foydalanish vujudga keladi. Pul muomalasi izdan chiqadi. Geperinflatsiya sur’atlari 
1985 yilda Boliviyada-38000 %, 1990 yilda Nekaraguada-8500 %, Peruda-8291 %ni 
tashkil etgan. 1991 yilda SSSR parchalanib ketgandan so`ng, sobiq ittifoqdosh 
respublikalarda ham geperinflatsiya ro`y berdi. O`zbekistonda esa 1994 yilda inflatsiya 
darajasi eng yuqori cho`qqiga chiqib 1282 % ni tashkil etgan . Inflyatsiyaning kеlib
chikish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko`rsatish mumkin: talab inflyatsiyasi va 
ishlab chiqarish bilan bog`liq inflyatsiya (taklif inflyatsiyasi).

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling