Farg’ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya 1-kurs 22-63-guruh talabasi Botirov Egamberdining Umumiy tabiiy geografiya fanidan tayyorlagan taqdimoti. Mavzu: Yer-Quyosh sistemasidagi sayyora


Download 1.31 Mb.
Sana23.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1046843
Bog'liq
1-mavzu


Farg’ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya 1-kurs 22-63-guruh talabasi Botirov Egamberdining Umumiy tabiiy geografiya fanidan tayyorlagan taqdimoti.
Mavzu:Yer-Quyosh sistemasidagi sayyora. Yerning shakli va harakatlari.
Ularning geografik oqibatlari.
Yer va uning o‘lchamlari
Yer- Quyosh sistemasidagi sayyora.Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 149,6 mln. km. Quyoshdan Yergacha yorug‘lik 8 minut 20 soniyada yetib keladi. Orbita bo‘ylab harakat tezligi 29,79 km/sek.
0‘z o‘qi atrofida 23 soat, 56 minut, 4,09 sekundda aylanib chiqadi. Quyosh atrofida 365,242 sutkada aylanib chiqadi. Yer o‘qi ekliptika tekislgiga 66° 31' 22 " og‘gan. Ekvatorial radiusi 6378 km. Maydoni 510 mln. km2. 0‘rtacha zichligi 5,515 g/sm3. Massasi 5,976 x 1021 tonna. Yerda 11 xil kimyoviy element - kislorod, vodorod, kremniy, aluminiy, natriy, magniy, kalsiy, temir, qalay uglerod va titan eng ko‘pi (99,5%). Quyosh va yulduzlar deyarli butunlay vodorod va geliydan iborat. Yer koinotda geoximik anomaliyadir. Yeming tuzilishida eng muhim narsa unda bir qancha konsentrik qobiqlaming bo‘lishidir. Bular yadro, mantiya, yer po‘sti, gidrosfera, atmosfera va magnitosferadir.
Quyosh sistemasi
1.Merkuriy 2.Venera 3.Yer 4.Mars
5.Yupiter 6.Saturin 7.Uran 8.Neptun
*9. PULUTON
Puluton ko’p rasmiy adabiyotlarda quyosh sistemasidagi sayyora sifatida tan olingani yo’q.
Yerning shakli
Yeming shakli qanday degan muammo qadimdan olimlami qiziqtirib kelgan. Yeming shaklini yassi, yapaloq, tekis, qabariq, doirasimon, sharsimon degan fikrlar asta-sekin ma’lumotlar yig‘ilishi bilan vujudga kelgan. • Yeming shakli sharsimon ekanligini miloddan avval IV asrda Aristotel tomonidan isbotlangan. Mazkur g‘oya XVII asrgacha fanda hukm surib keldi. Qadimgi olimlar Yeming sharsimon ekanligini quyidagi dalillar bilan isbotlashgan:
qirg‘oqqa yaqinlashayotgan kemaning avval tepa qismi (machtasi), so‘ng o‘rta qismi oxiri pastki qismining ko‘rinishi.
• Yer yassi, tekis bo‘lganda kemaning hamma tomoni birdan ko‘rinar edi;
• Qirg‘oqdan uzoqlashayotgan kemani dastlab pastki qismini so‘ngra o‘rta va yuqori qismini ko‘zdan g‘oyib bo‘lishi;
• Tog‘larga yaqinlashib kelganda dastlab tog1 tepalari, so‘ngra tog‘ etaklari ko‘rinadi;
• Oy tutilganda Yeming unga tushadigan soyasi har doim to‘g‘ri doiraning bir qismi shaklida bo‘lishi;
• Quyosh chiqayotganda dastlab tog‘laming tepasini yoritishi. Quyosh botgandan keyin ham ma’lum vaqt davomida tog‘ cho‘qqilarini yoritilib turishi, Yer yuzasi yassi bo‘lsa, tog‘lar etagidan tepasigacha barobar yoritilgan bo‘lar edi;
XVII asrga qadar olimlar Yemi shar shaklida deb tasawur qilishgan. Ammo keyinchalik Yeming qutblari siqilgan va ekvator atrofida qavariq ya’ni shar emas, balki Yeming ekvator tekisligidagi radiusi Yer o‘qining yarmidan uzunroq bo‘lgan ellipsoid yoki sferoid degan flkrlar paydo bo‘ldi. Hozirgi paytda Yeming shaklini bir necha variantlari bor. Chunki Yemi shakli bu qandaydir ma’noda umumlashgan tushunchadir. Shuning uchun Yemi shaklini bir necha taxminlari bor: sfera, ellipsoid, uch o‘qli ellipsoid, geoid. Sferoid - Yeming shaklini umumiy va yirik ko‘rinishi. Bunda Yer bitta aylanish o‘qiga va ekvatorial simmetrik tekislikka ega. Sferoid aniq ifodalangan simmetriya o‘qiga ega emas, uning hamma o‘qlari bir xildir. Shuning uchun Yer shaklini sferoid ko‘rinishi Yeming haqiqiy shakliga o‘xshamaydi. Bu nomuvofiqlik geografik qobiqning yuzalama tuzilishini o‘rganganda mintaqalaming aniq ifodalanishida aks etadi.
Ellipsoid - asosiy o‘q aniq ifodalangan, ekvatorial simmetriya tekisligi mavjud, meridional tekisliklar ham aniq ifodalangan. Yerning bu ko‘rinishi oliy geodeziyada koordinatalami hisoblashda, kartografik andozalami tuzishda ishlatiladi.
Uch o‘qli ellipsoid - Yeming ekvatorial kesimi ham ellips shakliga ega ekanligi aniqlangan. Geoid - Yersimon shakl degan ma’noni bildiradi. Geoid - Dunyo okeanining o‘rtacha sathiga mos keladigan yuza sathi bo‘lib, bu yuzada og‘irlik kuchi bir xil qiymatga ega. Bu yuzada jismlaming o‘zo‘zidan gorizontal siljishi mumkin emas, ya’ni mazkur yuza gorizontal holatdadir.
Geoid
Ellipsoid
Yerning shakli va harakatlari. Ularning geografik oqibatlari Qadimda Gretsiyada Yer aniq shar shaklda, chunki Xudo ishni bekamiko‘st qiladi deyishgan, shar shaklidaligining isbotlanishi oldinga qo‘yilgan qadam edi. 1672-yili Parijdan Kayennaga mayatniklik soat olib ketishayotganida ekvatorga yetganda sutkasiga 2 minut 28 sekund orqada qola boshlagan. Mayatnikni 2,8 mm ga qisqartirishga to‘g‘ri kelgan. Nyuton buni markazdan qochish kuchi bilan va Yer markazidan uzoqlashgani bilan isbot etgan.
Ellipsoid o‘lchamlarini F.N.Krasovskiy aniqlagani eng yaxshi deb topilgan.
Ekvatorial radius (a) yoki Yerning katta yarim o‘qi 6378,2 km
Qutbiy radius (b) yoki kichik yarim o‘q 6356,8 km
Radiuslar farqi (a-b) 21,4 km
Yeming siqiqligi (a-b)1:298,3m
Ekvator bo‘yicha ellips aylanasi 40076 km
Ellipsoid yuzasi 510,lxl06km2
Yeming hajmi 1083x109 km3
Bir biriga perpendikulyar bo‘lgan ekvatorial radiuslar 213 m gacha farq qiladi, ya’ni Yer uch o‘qli ellipsoid shaklida.
Janubiy qutb radiusi shimoliy qutb radiusidan 70-100 m qisqa ekan.
Geometrik noto‘g‘ri shakl bo‘lganidan Yer shaklini geoid shaklida deb aytiladi.
Yeming sharsimon ekanligining geografik oqibatlari quyidagilardan iborat:
  • Quyosh nurining noto‘g‘ri taqsimlanishi, ya’ni ekvatordan qutblarga tomon kamayib borishi.

  • 2. Zonallikning vujudga kelishi.
    3. Atmosfera, okean oqimlari, suv qalqishi.
    4. Yer yuzasining kecha va kunduzga bo‘limshi.
    5. Yer relyefiga ta’siri. Tekkis, ochiq, keng joyda kuzatuvchiga osmon gumbazi bilan yer tutashgandek ko‘rinadigan chiziq ufq (gorizont) deb ataladi.
    Gorizont turlari:
    1. Ko‘rinma gorizont.
    2. Haqiqiy gorizont. Yuqoriga ko‘tarilgan sari gorizont uzoqligi oshadi. Qancha yuqoriga ko‘tarilganda gorizont uzoqligining qancha bo‘lishi, ya’ni D = 3,86 V h formulasi bilan aniqlanadi bunda h kuzatuvchi-ning balandligi. Yeming o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishining geografik oqibatlari. Yeming sutkalik aylanishining geografik oqibatlari quyidagilar:
  • Kecha va kunduzning almashinishi.

  • 2. Bir vaqtning o‘zida turli joyda mahalliy vaqtning turli bo‘lishi.
    3. Harakatdagi har bir jismning shimoliy yarimsharda o‘ngga, janubiy yarimsharda chapga burilishi.
    4. Quyosh va Oy tortishishidan Yerda qalqish (suvda, atmosferada, litosferada) bo‘lishi. Oy sutkasida (24 soat, 50 minut) ikkita ko‘tarilish va ikki qaytish bo‘ladi. Penjinada 13, Fandida 18 m gacha.
    5. Ikkita qutbning vujudga kelishi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling