Farg’ona davlat universiteti
Download 23.41 Kb.
|
LOYIXAMIZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyihaning ro’yxatdan o’tish kodi
- 5. Loyihani istiqbolli vazifasi
- 6. guruh: Guruh rahbari
- 7. Loyihani tatbiq etish mexanizmi.
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI A-161 “O’zbekistonda zamonav iylashuv sharoitida oila va bolalarni himoya qilish tizimida ijtimoiy himoya qilish tizimida ijtimoiy hamkorlik masalasi” loyihasi doirasida o’tkazilayotgan “Biz bo’lmasak, kim” mavzusidagi Respublika yoshlar forumida ishtirok etish uchun Loyiha mavzusi: yoshlar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish.
№____________________________ Loyiha rahbari: A. Nurmuhametjanov Farg’ona 2017-yil Loyiha to’g’risida ma’lumot 1.Loyiha nomi: Biznes kompaniya dars-trening (Biznes g’oyalar , hamda tadbirkorlik faoliyatini yoshlar doirasida rivojlantirish. ) 2.Muammo yechimiga yo’naltirilgan loyiha : Hozirgi davrda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy startegiya talablaridan kelib chiqib, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatining yo’nalishi harakatini rivojlantirish, yaratilayotgan qulay imkoniyatlardan foydalanib tadbirkorlik sohasida yangi biznes g’oyalarni rivojlantirish, yoshlar o’rtasida bandlik va samaradorlikni oshirish, yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlik ko’nikmalarini egallashga yaqindan ko’maklashish va ularning faol hayot tarzini yanada rivojlantirish ko’zda tutilgan. 3. Loyiha dolzarbligi: Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi strategik rivojlanish yo’li, yoshlarni bu jarayonlarga keng tortish, amaliy qo’llab quvvatlash orqali jamiyatda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda o’z o’rnini topish uchun mavjud imkoniyatlardan to’laqonli foydalanishga yo’naltirish talabi dolzarbligini isbotlaydi. 4. Loyiha maqsadi: Yangi, zamonaviy biznes va tadbirkorlik g’oyalarini shakllantirish, yoshlar orasida keng ommalishib borayotgan tadbirkorlik xarakatini har tomonlama qo’llab quvvatlash, bu masalaga manzilliy va hududiy yondashish, yoshlarga aniq maqsadga qaratilgan amaliy ko’nikmalar berish, tadbirkorlik bo’yicha ilg’or tajribalarni yaqindan tanishtirish, ular bilan aniq maqsad sari birgalikda qadam tashlash. 5. Loyihani istiqbolli vazifasi Yangi ilg’or biznes g’oyalar bilan tanishtirish Mavjud muammolarni o’rganish Yoshlarni individual shug’ullanishga va ularni mexnat qobilyatini oshirishga ko’maklashish. biznesmen va tadbirkor etikasini o’rgatish iqtisodiy bilimlarni o’rgatish psixologik va motivatirlik darslari bilan yoshlarni biznesga bo’lgan ishonchini shakllantirish dunyoda muvofaqiyatga erishgan boy insonlarning tajribasini nazariy jihatdan o’rgatish iqtisodiy masalalar bilan shug’ullanish va yoshlarni iqtisodiy ongini rivojlantirish Biznes tizimi taraqqiyotida xorij tajribalaridan nazariy o’rgatish Nazariy o’rganilgan bilimlarni amaliyot bilan birgalikda amalga oshirish tizimini yoshlarda shakllantirish Yoshlarni egallagan ko’nikmalari asosida ilk biznes g’oyalarni amalda qo’llashga ko’maklashish O’quv muassasasi huzurida kichik biznesni amalga oshirish (maktab, kollej , litsey va universitet amaliy kompaniyalarini tashkil qilish) Yoshlarning darsdan keying bo’sh vaqtini bandligini ta’minlash, ularning bekorchi yod g’oyalarga o’ralib qolishini oldini olish 6. guruh: Guruh rahbari Nurmuhamedjonov Ahmadjon Mahmudovich FarDU Ijtimoiy ish nazariyasi va uslibiyoti kafedrasi kata o’qituvchisi Farg’ona viloyati Marg’ilon shahri Tel: +998905615548
Haydarov Bobur Mirzo Xabibullo o’g’li 05.11.1994 FarDU Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Ijtimoiy ish yo’nalish 2-bosqich talabasi Farg’ona viloyati Quva shahri A. Sadiyev 48-uy Tel: +998906329777
Akramov Davronbek Oybek o’g’li 01.06.1995 FarDU Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Ijtimoiy ish yo’nalish 2-bosqich talabasi Andijon viloyati Xonobod shahri A. Fitrat mahallasi 151-uy Tel; +998945657968
Loyiha bir yil muddatga mo’ljallangan bo’lib , loyiha ummumiy o’rta ta’lim maktablarining barcha o’quvchilariga, kasb-hunar kolleji va akademik litsey talabalari va Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun mo’ljallangan. Unga ko’ra bu ta’lim muassasalarida biznes kompaniya trening-dars tashkil etiladi. Yoshlarni biznes va tadbirkorlikka yuqori darajada jalb qilish, unda o’quvchi talabalarni yosh darajasiga qarab psixologik va mativatirlik treninglar o’tkazib biznes kompaniyalarga jalb qilinadi. Biz tashkil etmoqchi bo’lgan biznes kompaniyalarda o’quvchi talabalarni yoshi va bilim darajasiga qarab biznes va tadbirkorlikka nazariy va amaliy tarzda o’rgatiladi. (tizim 3- xil darajada amalga oshiriladi )
Umum ta’lim maktablarda Akedemik litsey va kasb-hunar kollejlarda Oliy o’quv yurtlarda Yoshlarni nazariy biznes va tadbirkorlikka o’rgatish quyi bosqichdan yuqori bosqichga qarab amalga oshiriladi. Nazariy bilim amaliyot bilan birgalikda olib boriladi. Dastlab yoshlarga nazariy ta’lim berish qismda: biznesmen va tadbirkor etikasini o’rgatiladi iqtisodiy bilimlar o’rgatiladi psixologik va motivatirlik darslari bilan yoshlarni shakllantiriladi dunyoda muvofaqiyatga erishgan boy insonlarning tajribalari nazariy jihatdan o’rgatiladi iqtisodiy masalalar bilan shug’ullanish orqli yoshlarning iqtisodiy ongini rivojlantirib boriladi guruhda o’quvchilar bilani savol-javoblar o’tkaziladi Iqtisodiy vaziyatlarni muhokama qilinadi Biznes tizimi taraqqiyotida xorij tajribalaridan nazariyalar o’rgatiladi Amaliy qismda: Nazariy o’rganilgan bilimlarni amaliyot bilan birgalikda amalga oshrish Yoshlarni egallagan ko’nikmalari asosida ilk biznes g’oyalarni amalda qo’llashga ko’maklashiladi va maslahatlar beriladi Xozirda faoliyat ko’rsatayotgan tajribali tadbirkorlar bilan uchrashuvlar uyushtiriladi O’quv muassasasi huzurida kichik biznesni amalga oshirish (maktab, kollej , litsey va universitet amaliy kompaniyalarini tashkil qilish) Tashkil etilgan kompaniyalarni biznes va moliyaviy dasturlarini tuza olishi lozim Biznes rivojlantiruvchi video lavhalar va ro’liklar, kino filimlar yoshlarga taqdim etiladi. Dars-treninglar har bir bosqichda quyidagicha taqsimlanadi: Maktablar uchun: Kompaniya nomi “ kichik biznes kompaniya dars trening “ Nazariy va amaliy biznes va tadbirkorlik bilimlari o’rgatiladi Hozirda faoliyat ko’rsatayotgan tajribali tadbirkorlar bilan uchrashuv o’tkaziladi Yoshlarni tadbirkorlik va biznes korxonalariga sayohat uyushtirish Guruhda o’quvchilar bilani savol-javoblar o’tkazish Iqtisodiy vaziyatlarni muhokama qilishni o’rgatish Maktab yoshlari orasida maktab kompaniyasini (maktab yoshlarini ishlab chiqaruvchi biznes g’oyalari asosida) tashkil etiladi. Masalan Guruh tomonidan maktab hududida bo’sh yerlarni o’zlashtirib, bu hududda ekin mahsulotlarini ekib, , yoki qo’l mehnati asosida ijod mahsullarini yaratib biznesni tashkillashtirish mumkin. Maktab Kompaniya tashkil etilganda trenerlari tomonidan trening a’zolariga lavozimlar ta’sis etiladi (masalan kompaniya prezidenti, ishlab chiqarish vitse prezidenti , moliyaviy ishlar vitse prezidenti , ishlab chiqarish menedjeri, reklama agenti va ishlab chiqarish ishchilari) . Aytib o’tilgan maktab kompaniyasini mablag’ bilan ta’minlash, amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishni moliyaviy jihatlarini xisobga olib, maktab xududida erkin aksiya sotiladi yoki maktab ma’muriyati tomonidan mablag’ ta’minlanadi va bu mablag’ ishlab chiqarishga yo’naltiriladi. Faoliyat maktab rahbariyati va trenrerlar tomonidan nazorat qilib turiladi. Bu ishlab chiqarishdagi daromad maktab kompaniyasi xodimlarning faoliyatiga qarab taqsimlanadi. Maktab hududida ishlab chiqarish yarmarkasini tashkil etish. Bunda maktab yoshlar qo’l mehnati asosida ishlab chiqargan ijod mehnat mahsullarini erkin narxda sotadilar. Akedemik listey va Kasb-hunar kollejlarda biznes kompaniya dars- treningni tashkil etish Nazariy va amaliy biznes va tadbirkorlik bilimlari o’rgatiladi Hozirda faoliyat ko’rsatayotgan tajribali tadbirkorlar bilan uchrashuv o’tkaziladi Yoshlarning tadbirkorlik va biznes korxonalariga sayohati uyushtiriladi guruhda o’quvchilar bilani savol-javoblar o’tkazish Iqtisodiy vaziyatlarni muhokama qilishni o’rgatish Davlatning moliyaviy muassasalari ( bank, soliq, moliy va boshq) xodimlari bilan dars treninglar o’tkaziladi. Biznesni rivojlantiruvchi video lavhalar va ro’liklar, kino filimlar ko’rsatish Akademik listey va Kasb-hunar kollejlarida kollej yoki litsey kompaniyasini (talaba yoshlarini ishlab chiqaruvchi biznes g’oyalari asosida va ta’lim muassasasining ixtisoslashgan yo’nalishiga qarab ) tashkil etiladi. Masalan: Guruh tomonidan ta’lim berilayotgan muassasa hududida bo’sh yerlarni o’zlashtirib, bu hududda ekin mahsulotlarini ekib kichik biznesni tashkillashtirish mumkin, yoki yoshlarining qo’l va aqliy mehnat ijodi mahsullari bilan ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni tashkillashtirilishi mumkin. Kolej yoki litsey Kompaniya tashkil etilganda,talabalar orasida lavozimlar ta’sis etiladi (masalan: kompaniya direktori, ishlab chiqarish rahbari , moliyaviy ishlar rahbari, marketing raxbari, ishlab chiqarish menedjeri, reklama agenti va ishlab chiqarish ishchilari) Aytib o’tilgan kollej yoki litsey kompaniyasini mablag’ bilan ta’minlash, amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishning moliyaviy jihatlarini xisobga olib, ta’lim muassasasi xududida erkin aksiya sotiladi yoki ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan ta’minlanadi va bu mablag’ ishlab chiqarishga yo’naltiriladi. Barcha faoliyat ta’lim muassasi rahbariyati va kollej yoki litsey kompaniya dars trening ta’sischilari tomonidan nazorat qilib turiladi. Bu ishlab chiqarishdagi daromad kollej yoki litsey kompaniyasi xodimlarning faoliyatiga qarab taqsimlanadi. Akademik listey va Kasb-hunar kollejlarda ishlab chiqarish yarmarkasini tashkil etish. Bunda talabalar qo’l va aqliy mehnati ijod mahsullarini erkin narxda sotadilar. Oliy o’quv yurtlarida Universitet biznes kompaniya dars trening Nazariy va amaliy biznes va tadbirkorlik bilimlari yuqori darajada o’rgatiladi Hozirda faoliyat ko’rsatayotgan tajribali tadbirkorlar va xorijiy biznes vakillari bilan uchrashuv o’tkaziladi Yoshlarni tadbirkorlik va biznes korxonalariga sayohat uyushtiriladi Guruhda talabar bilan savol-javoblar o’tkazish , Iqtisodiy vaziyatlarni muhokama qilishni o’rgatish Davlatning moliyaviy muassasalari ( bank, soliq, moliya va boshq) xodimlari va xalqaro iqtisodiy tashkilot xodimlari bilan dars treninglar o’tkaziladi. Biznesni rivojlantiruvchi video lavhalar va ro’liklar, kino filimlar ko’satish Oliy o’quv yurtlar talabalari orasida Oliy o’quv yurti kompaniyasini (talaba yoshlarini ishlab chiqaruvchi biznes g’oyalari asosida va ta’lim muassasasining ixtisoslashgan yo’nalishiga qarab ) tashkil etadi. Masalan: Iqtidorli talabalarning qo’l va aqliy ijod mahsullari biznesi yoki talabalarning ixtisoslashgan yonalishiga qarab ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni tashkillashtirilishi mumkin. Oliy o’quv yurti Kompaniya tashkil etilganda talabalar orasida lavozimlar ta’sis etiladi (masalan kompaniya direktori, ishlab chiqarish rahbari , moliyaviy ishlar rahbari, marketing raxbari, ishlab chiqarish menedjeri, reklama agenti va ishlab chiqarish ishchilari) Aytib o’tilgan Oliy o’quv yurti kompaniyasini mablag’ bilan ta’minlash, amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishni moliyaviy jihatlarini xisobga olib, ta’lim muassasasi xududida erkin aksiya sotiladi yoki ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan ta’minlanadi va bu mablag’ ishlab chiqarishga yo’naltiriladi. Barcha faoliyat ta’lim muassasi rahbariyati va trenerlar tomonidan nazorat qilib turiladi. kompaniya daromadi a’zolar faoliyatiga qarab taqsimlanadi. Biznes g’oyalarni rivojlantirishga mo’ljallangan trening – darsimizda yoshlarni rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratish kerak. Maktab kompaniya dars trening ta’lim berish so’ngi ahbarot tehnologiyalardan foydalanib, zamonaviy jihozlangan va shinam xonalarda amalaga oshirilishi lozim. Darslar malakali iqtisodiyot fani oq’ituvchilari va tajribali mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Darslar yakunlanyotganda, bu dars-treningni tugatganligini bildiruvchi maxsus sertifikat beriladi. sertifikat berilishi uchun O’quvchilar trening darslarni to’liq tugatishi kerak, aniq va yangi biznes g’oyani yaratishi va amalda qo’llashi kerak. Darslar davlat tomonidan bepul tarzda amalga oshiriladi. Kutilayotgan natija: Biznes g’oyalar , hamda tadbirkorlik faoliyatini yoshlar doirasida rivojlantirishga yo’naltirilgan “biznes kompaniya dars-trening loyihamiz muntazam va ma’suliyat bilan amalga oshirilib borilishi evaziga quyidagi natijalarga erishish rejalashtirilgan. Yoshlar doirasi tadbirkorlik faoliyati hamda biznes g’oyalar rivojlanadi Yashlar hozirgi zamon talabiga mos biznes va tadbirkorlik bilimlarni egallaydi. Yoshlarning o’z- o’zini bandligini ta’minlash imkoniyati kengayadi. Yoshlarning turmush sharoitida iqtisodiy faoliyatlarni erkin rejalashtira oladi. Jamiyat uchun biznes va tadbirkorlik sohasida malakali kadrlar yetishib chiqadi. Yoshlar iqtisodiy vaziyatlar va iqtisodiy muammolarni to’g’ri tahlil qila oladi. Yoshlar egallagan amaliy va nazariy bilimlari asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshira oladi. Download 23.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling