Farg'ona davlat universiteti
Download 201.61 Kb.
|
12mavzu
Farg'ona davlat universiteti Uzumchilik Mevachilik va Savzavotchilik qoʻshma fakulteti Savzavotchilik polizchilik va kartoshkachilik yoʻnalishi 22-70 guruhi talabasi To'xtasheva Dilafruz ning Kimyo fanidan Mustaqil ta'limi Mavzu: Aromatik va to'yinmagan ikki asosli karbon kislotalar Bajardi: D.To‘xtasheva Qabul qildi: H.Jo'rayev Mavzu:Aromatik va to'yinmagan ikki asosli karbon kislotalar Reja:
Karbon kislotalar haqida tushuncha Aromatik karbon kislotalar To‘yinmagan ikki asosli karbon kislotalar Karbon kislotalar – tarkibida karboksil guruh saqlovchi organik birikmalar. Karboksil guruh bilan bogʻlangan radikalga qarab Karbon kislotalar alifatik (toʻyingan, toʻyinmagan), alitsiklik, aromatik va geterotsiklik boʻlishi mumkin. Karboksil guruhning soniga qarab bir, ikki va koʻp asosli yoki molekulasiga —ON, =SO, N, kabi guruhlar kirishiga qarab oksi-, keto- va amino- Karbon kislotalar deb ataladi. Karbon kislotalar koʻpincha, anʼanaviy (trivial) nom bilan ataladi: sirka, salitsil, moy, kapron valerian kabi kislotalar kuchsiz boʻlib, dissotsialanish konstantasi 1,410 5 atrofida. Lekin karboksil guruhi elektrofil radikal bilan bogʻlangan boʻlsa, uning kislotalik kuchi ortadi, mas, benzoy kislota (S6N5SO-ON), propiol kislota (NS=S-SOON) va b. Karbon kislotalar kimyoviy faol boʻlib, karboksil guruhining gidroksilini boshqa guruhlarga almashtirishi mumkin, masalan Karbon kislotalar spirtlar taʼsirida, mineral kislotalar ishtirokida) murakkab efirlar, RS15, tionil xlorid, sulfuril xlorid taʼsirida esa xlorangidridlar, suv tortib oluvchi vositalar ishtirokida esa angidridlar (RCO2)2O hosil qiladi. Karbon kislotalar. amidlarini xlor angidridlarga ammiak, aminlar taʼsir ettirib olish mumkin. Karbon kislotalar radikal qismi boʻyicha ham turli xil reaksiyalarga kirisha oladi.
Karbon kislotalar tabiatda erkin va birikma holida keng tarqalgan. Ular yogʻ, efir moyi, hoʻl mevalar tarkibiga kiradi. Karbon kislotalar tabiiy birikmalardan (yuqori yogʻ kislotalari, limon kislotasi va b.) yoki sintetik usulda, mas, Aromatik karbon kislotalari o‘zlarining kislotalilik kuchi (rKa) bilan alifatik qator to‘yinmagan kislotalardan kuchlidir. Aromatik yadro karboksil guruhidan uzoqlashgan bo‘lsa, bunday kislota kuchsizlanadi. Aromatik yadrodagi o‘rinbosar yadroning induktiv ta’sirini o‘zgartirib, anionning solvatlanish darajasini o‘zgartirishi mumkin.spirtlar, aldegidlarni oksidlab olinadi. Achitish (moy kislotali, sut kislotali, sirka kislotali achitish) yoʻli bilan Karbon kislotalar spirtlar olish ham keng tarqalgan. Karbon kislotalar va ularning hosilalari xalq xoʻjaligida keng qoʻllaniladi. Masalan: paxta moyidan olinadigan distillangan yogʻ kislotalari asosida turli xil sovunlar tayyorlanadi. Telomerizatsiya usulida olingan yuqori tarmoqlangan yogʻ kislotalar (VIK) asosida lok, emallar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Aromatik karbon kislotalarning tuzilishida aromatik halqa bilan birga bir necha karboksil guruhi mavjud bo’ladi. Karboksil guruhi benzol halqasi bilan bevosita bog’langan yoki yon zanjirda bo’lishi mumkin. Karboksil guruhi yon zanjirda joylashgan kislotalar alkil – aromatik karbon kislotalar deb qaraladi. Ikki asosli aromatik kislotalar. Ikki asosli aromatik kislotalar yuqorida eslatib o’tganimizdek uchta izomer ko’rinishida mavjud bo’ladi: 1. Ftal, izoftal va tereftal kislotalarni benzolning tegishli gomogolarini oksidlash orqali olinadi: 2. Ftal kislota sanoatda naftalini oksidlab olinadi: 3. Tereftal kislota ftal kislotaning kaliyli tuzini izomerlab olinadi. Reaksiya CO2 muhitida 4000C da yoki kadmiy ftalat ishtirokida boradi. Tereftal kislotani hosil bo’lish unumi 95% tashkil qiladi: 4. Tereftal kislota yana benzol kislotaning kaliyli tuziga 300 atm bosim ostida CO2 biriktirib olinadi. Download 201.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling