Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova
Tarbiyachilik kasbining axloqiy sifatlari
Download 337.83 Kb.
|
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr
Tarbiyachilik kasbining axloqiy sifatlari
«Tarbiyachi-ustoz bo`lishi uchun boshqalarning aql–idrokini o`stirish, mahrifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatan’arvar, haqiqiy fuqaro etib yetishishi uchun avval, tarbiyachining o`zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi ana shunday buyuk fazilatga ega bo`lishi kerak».Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, uning har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgarligini taqozo etadi. Shunga kura tarbiyachi bolalarga kundalik hayotga, o`yinlarga, mashg`ulotlarga, birgalikda mehnat faoliyatiga, ular bilan bo`ladigan muomilada, muloqotda ibrat, namuna bo`lishi, bolani har tomonlama diqqat bilan o`rganish, uning shaxsiy hususiyatlari, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning hulq atvori, ish natijalarini haqqoniy baholash va ularga o`z vaqtida yordam ko`rsata olish hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi.Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga mas`uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun halq hamda jamiyat oldidagi o`z mas`uliyatini anglashiga, ta`lim-tarbiya vazifalarini xal etishga ijodiy yondoshishi, o`z mahoratini doimo tokamillashtirib borish va ishdagi hamkasblarni o`sishiga ko`maklashishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo bilimli bo`lishi, o`zi yashab turgan o`lka hayotini bilishi, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo`lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasi, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatilarini bilish kerak. Har bir tarbiyachi o`ziga quyilayotgan zamonaviy talablarni his eta bilish davlatimiz va maktabgacha ta`lim muassasalari olidga qo`yilayotgan vazifalarni muvafaqqiyatli amalga oshirishining garovidir. Bu talablar: - bolaning sog`ligini saqlash va mustahkamlash; - aqliy qobiliyatlarini o`stirish; milliy qadriyatlar mahnaviyatimizning g`oyaviy-aqliy tamoyillariga mos ehtiqod va qarashlarini tarkib to’tirish; - Ona Vatanga muxabbatni, ijtimoiy faollikni shakllantirish; - yosh avlodda o`rtoqlik, do`stlik hissini, xalollik va mehnatsevarlikni tarkib to’tirish. Pedagog-tarbiyachi: O`zbekiston Resubliksi Konsitutsiyasini, O`zbekiston Resubliksi qonunlrini, O`zbekiston Resubliksi Vazirlar maxkamasi, ta`lim muassasalarini boshkarish organlari tomonidan chiqarilgan qarorlarni; Bola huquqlari konventsiyasini, O`zbekiston Resubliksi «Bola xukulari kafolatlari tug`risidagi qonunni, maktabgach pedagogika va psixologiyayosh fiziololgiyasi va gigenasi; birinchi tibbiy yordam asoslarini); nutkida kamchiligi bor bolalar bilan ishlashni defektologiyani, fukorolik va mehnat qonunchiligini ; mehnat muxofzsi v me`yorlarini, texniki va yongin xafsizligi qoidalarini bilishi kerak. Tarbiyachi (o`qituvchi-tarbiyachi) faoliyatining tahlili u pedagoglik faoliyatini bajarish jarayonida bajaradigan bir qator vazifalarni ajratib ko`rsatish imkonini beradi. Tarbiyachining vazifalari deganda bajarilishi o`sib kelayotgan avlodga ta`lim-tarbiya berish maqsad hamda vazifalarga muvaffaqiyatli erishini ta`minlaydigan kasbga oid majburiyatlar majmui tushuniladi.pedagogning vazifalari murakkab, ular bir-biriga jips singib, bir-biri bilan uzviy aloqada bo`ladi. Ammo kasbga oid majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun o`qituvchi, tarbiyachida shakllantirilish lozim bo`lgan bilim va ko`nikmalar mazmunini aniqlash maqsadlarida ularning farqlash, analitik ko`rib chiqish talab etiladi. Download 337.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling