Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova
Download 337.83 Kb.
|
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axloqiy tarbiya
Aqliy tarbiya
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kelib chiqayotgan yangidan-yangi muammolarni ilmiy asosda hal qila oladigan shaxsni tarbiyalash bosh masala hisoblanadi. Buning uchun esa aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish, aqliy mehnat qilish madaniyatiga o‘rgatish zarur. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning o‘zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, sistemalashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Bularning hammasi dars vaqtida amalga oshirib borishi aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish malakasini shakllantirish kerak. Aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish, talabalarga mustaqil bilim olishda eng muhim element bo‘lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya ,bolalarlarda aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, malakasini hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Aqliy tarbiya talabalarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirasini mustahkamlash, fikrlash operatsiyalarini ratsional o‘tkazish kabi malakalarni o‘stiradi. Aqliy tarbiyasi etuk, o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik - bu donolik. Donolik - bu insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo‘lmas», - deyiladi. Axloqiy tarbiya «Axloq», «hulq» va «atvor» so‘zlari arabcha so‘z bo‘lib ular o‘zbek tilida ham o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Ayrim odatlarda «axloq-kishilarning har bir jamiyatga xos xulq me’yorlari majmui» desa, boshqalar esa «axloq-ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, hamma sohalarda kishilarning hatti-harakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi» deyishadi. Axloq me’yorlari hulq atvorning regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid hatti-harakat axloqsizlik harakati deb qaraladi. Shunisi ham borki, huquq majburiy bo‘lsa axloq ixtiyoriydir. Axloqiy tarbiya odamlarni nomusli vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevar bo‘lishga o‘rgatish bilan profilaktika ishlarini ham olib boradi. Axloqiy tarbiyada yaxshi hulqni takomillashtirish uchun kurashiladi. Xalq ta’limi tizimida o‘qitish tarbiyalanuvchilarning axloqiy mukammallashish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularda ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi. Shaxsning jamoat va vatanga, mehnatga, kishilarga, o‘z hulqiga munosabatlarni quyidagilarda o‘z aksini topgan: a)jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash; b) mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash; v) atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat, yuqori muomala madaniyatiga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish; g) shaxsning o‘ziga, o‘z hulqiga, axloqiy munosabatni tarbiyalash. Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini Alpomish, To‘maris, Shiroq kabi xalq qahramonlari; A.Temur, Ulug‘bek, Bobur singari davlat arboblari va sarkardalarimiz, Ibn Sino, Beruniy kabi olimu fuzalolarimiz qarashlariga tez-tez murojaat qilishimiz, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishning asosini tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda tarbiya borasidagi jahon standartlariga ham e’tiborni qaratmoq lozim. Estetik tarbiya ancha keng ma’noga ega bo‘lib shaxsni tabiat va jamiyatdan go‘zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o‘rgatadi.3[30] Tarbiya turlarining hammasi bir-birlari bilan o‘zaro uzviy bog‘liq, lekin shunga qaramasdan o‘z mazmunidan kelib chiqqan holda, ular o‘z spetsifikasiga ham egadir. Endi biz quyidagi: aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekologik tarbiya, xuquqiy tarbiya, estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi kabi tarbiya turlarining har biriga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo‘ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o‘zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma’naviy motivlar shakllangan bo‘ladi. Bu motivlar esa o‘sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag‘batlantiradi. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash - tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirib olishgina ,bolalarlarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanish darajasi turlichadir. Jumladan: 1. Axloqiy onglilik. 2. Axloqiy qadriyatlar. 3. Axloqiy his-tuyg‘ular. Pedagogikada axloqiy tarbiyani rivojlantirishni bir necha uslublari mavjud bo‘lib, bu uslublarni biz 2-rasm orqali ifoda etib o‘tamiz. Download 337.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling