Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova


Download 337.83 Kb.
bet49/51
Sana01.04.2023
Hajmi337.83 Kb.
#1315305
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr

4.AQSHda maktabgacha tarbiya
AQSH ta’lim tizimi. Mamlakat ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari:
1-8-sinflargacha bo`lgan boshlang`ich maktablar (bunday maktablarda bolalar 6 yoshdan 13 yoshgacha o`qiydilar);

  • 9-12-sinflardan iborat o`rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo`lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
    Amerika Qo`shma SHtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo`lib, u 2 yoki 4 yil o`qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlarda amalga oshiriladi.
    So`nggi bosqich, dorilfununlar va boshqa oliy o`quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan as’irantura yoki doktoranturalardir.

AQSHda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o`quv yurtlarida davlat jamoa, xususiy tasarruflarda va diniy muassasalar ixtiyorida bo`lishi mumkin.
Shunisi diqqatga sazovorki, AQSH maktablarining bitiruvchi sinf o`quvchilaridan tashqari barcha o`quvchilar taotillar ‘aytida asosan ish bilan band bo`ladilar. AQSH maktablarida o`quv yili 180 kun. Bir soat dars 45-50 minut.
Amerika konstitustiyasiga muvofiq ta’lim tizimi tasarrufidagi shtatlar boshqaruv muassasalari ixtiyoridadir. 1979 yilgacha ta`limni mablag` bilan taominlash, ta`limda davlat siyosatini amalga oshirish, o`quv yurtlarida faoliyatni muvofiqlashtirib borishni Sog`liqni saqlash, Ijtimoiy taominot va ta’lim ishlari vazirligi olib borar edi. 1979 yilda Ta’lim vazirligi mustaqil bo`lib ajralib chiqdi.
Ta’lim tizimlariga mablag` ajratish bo`yicha AQSH dunyo mamlakatlari o`rtasida yetakchi o`rinlardan birini egallaydi. AQSH ta’lim tizimining rivojlanish suroati ancha yuqori bo`lib, uning boshlang`ich ta’lim bosqichida o`qishi lozim bo`lgan bolalarning 99,9 foizi o`rta bo`g`ini 94,5 foizi ta’lim oladi. O`quvchilar umumiy sonining 46 foizi o`rta maktabni tamomlagach, kollej va universitetlarga kiradilar. Barcha toifadagi ta’lim maskanlarida 58 million yosh, shu jumladan, taotilning oliy bosqichida 12 million yigit-qiz tahsil oladi. AQSHda har 10 ming aholiga 307 talaba to`g`ri keladi. Bu jahonda yuksak ko`rsatkichlardan biridir.
Bulardan tashqari AQSHda har yili 33 million kishi uzluksiz ta’lim va malaka oshirish tizimlarida bilim oladilar. Mamlakatda 3 million o`qituvchi mehnat qiladi. Ha’ yili o`rta maktabni 3 million o`quvchi, bakalavr darajasidagi oliy ta’lim bosqichini 932 ming kishi, magistr darajasida esa 300 ming kishi tugallaydi, yiliga 30 ming kishi doktorlik ilmiy darajasini oladi.

Download 337.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling