Farg’ona davlat universtiteti “Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash” fakulteti II – bosqich 21 – 61 guruhi talabasi Mo’minjonova Zohidaxonning Dorivor o’simliklar flora va sistematikasi fanidan taqdimoti


Download 1.45 Mb.
Sana22.09.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1684718
Bog'liq
O\'simlik florasi va sistematikasi

Farg’ona davlat universtiteti “Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash” fakulteti II – bosqich 21 – 61 guruhi talabasi Mo’minjonova Zohidaxonning Dorivor o’simliklar flora va sistematikasi fanidan taqdimoti

Mavzu: Semizo’tdoshlar (Crassulaceae) oilasi.


Reja:
Oltin tomir turkumi.
Tarqalishi va ekologiyasi.
Xom-ashyoni yig’ish va uning sifati.
Kimyoviy tarkibi.
Tibbiyotda qo’llanilishi.
Oilaning tarkibida er yuzining iliq va quruq hududlarida tarqalgan 30 turkumga mansub 1500 ga yaqin turi mavjud. O’rta Osiyoda 7 turkumga mansub 42 turi tog’ va yaylov zonalarining nam, shag’al aralash mayin tuproqlarida o’sadi. Ularning aksariyat qismi ko’p yillik, tanasi etli kserofit o’t-o’simlik. Barglari etli, butun, navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari turli xildagi gul to’plamlarida, qo’sh jinsli, aktinomorf, odatda 5 a’zoli, lekin a’zolarining soni o’zgaruvchan. Tojbarglari tutash emas, erkin. Mevasi – tup barg yoki qisman ko’sakcha, urug’i endospermsiz.
Oilaning asosiy turkumlari Oltin tomir (Rhodiola L.), semizo’t (Sedum), soxta semizak (Psedosedum), tilovut (Rosularia) hisoblanib, ular orasida eng istiqbolli dorivor turlar Oltin tomir (Rhodiola L.) tarkibiga kiradi.
Oltin tomir (R. hetrodontha (Hook. f. et Thomson) Boriss.).
Ko’p yillik o’simlik. Ildizi kuchli, vertikal, biroz yon ildizlari bor. Ildizpoyasi shoxlangan, to’mtoq uchburchakli qipiqli barglar bilan qoplangan, uzunligi 7-8 mm, eni 8 mm. Poyasi (15)-30-40 sm balandlikda, tik turuvchi, soni 1-3 ta. Barglari oralari ochiq joylashgan, uchburchak-tuxumsimon, kengaygan asosi yuraksimon, ba’zida yuqori qismi cho’zilgan, poyani o’rovchi, o’troq, yirik tishsimon, ko’kimtir rangda. To’pguli zich, kallasimon qalqonchasimon, barglar bilan o’ralmagan. Gullari kalta gulbandlarda, mayda, uzunligi 3-4 mm (changchilarsiz), ikki uyli, 4 a’zodan iborat. Kosachabarglari qizg’ish, tumtoqlashgan, chiziqli. Gultojibarglari chiziqli, tumtoqlashgan, qizg’ish, kosachabargdan bir yarim baravar uzunroq. CHangchilar gultojibarglardan ikki baravar yoki undan ko’proq uzunlikda, iplari qizg’ish yoki sarg’ish-yashil, uzunligi 5 mm ga yaqin, changdonlari qizg’ish, qisqa changchilar kosachabarglarga qarama-qarshi joylashgan.
Urug’chisi lansetsimon, kalta yo’g’on ustunchalarga ega. Urug’chi osti qipiqlari cho’zinchoq yoki deyarli kvadrat shaklida, o’yilgan, och qizil yoki to’q sariq rangga ega, bargak uzunligining yarmiga teng. Bargaklar gultojibarglarga teng, to’g’ri, chiziqli-cho’zinchoq, kalta uchi qayrilgan. Urug’lari qo’ng’irrang, ellipssimon, uzunligi 1-5 mm. May-iyun oylarida gullaydi.
Bu asosan yuqori tog’ o’simligidir. Alp va subalp mintaqalarida o’sadi. Daryo qirg’oqlari bo’ylab u archa mintaqasining yuqori qismigacha boradi. Tarqalishining balandlik chegaralari dengiz sathidan 900-2800 m balandlikda, eng zich o’sish maydonlari 1700-2000 m balandliklarda joylashgan. Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 4000 m gacha balandlikda toshli qiyaliklarda va qoyalarda o’sadi.
Tarqalishi va ekologiyasi.
Bu asosan yuqori tog’ o’simligidir. Alp va subalp mintaqalarida o’sadi. Daryo qirg’oqlari bo’ylab u archa mintaqasining yuqori qismigacha boradi. Tarqalishining balandlik chegaralari dengiz sathidan 900-2800 m balandlikda, eng zich o’sish maydonlari 1700-2000 m balandliklarda joylashgan. Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 4000 m gacha balandlikda toshli qiyaliklarda va qoyalarda o’sadi. Umumiy tarqalishi. Markaziy Osiyo (Pomir-Oloy), Himoloy, Markaziy Mo’g’uliston, Tibet, Qashqar, Afg’oniston. Dorivor xom-ashyo sifatida o’simlikning ildizpoyasi ishlatiladi.
Xom-ashyoni yig’ish va uning sifati.
Ma’lum bir hududdan xom-ashyoni yig’ish davriyligi kamida 20 yil bo’lishi kerak. Yig’imning optimal davri – avgust oyi, urug’chi tuplari mevalash fazasida urug’lari to’kilgan vaqtda amalga oshiriladi. Yig’im paytida ildizpoyalarning bir qismi o’sish joylarida qoldirilishi kerak.
Yig’ilgan xom-ashyo (ildizi va ildizpoyasi) oqar suvda yuviladi, eski po’stidan, chirigan qismlardan tozalanadi va soyada quritiladi. Keyin ildizlar bo’laklarga bo’linadi va 50-600S haroratda quritgichlarda quritiladi. Shu tarzda quritilgan xom-ashyo 30 kg qoplarga solinadi va quruq, havo yaxshi aylanadigan xonada saqlanadi. Oltin tomirning xom-ashyosi uzunligi 9 sm va eni 2-5,1 sm, qattiq, burishgan, ko’pincha yuzasi yaltiroq eski poyalarning qismlari bo’lgan, kesilgan ildizpoyalarning bo’laklaridan iborat. Ildizpoyadan uzunligi 2,5-4 sm va eni 0,5-1,2 sm bo’lgan qo’shimcha ildizlar chiqadi. Xom-ashyo ustki tomondan oltin tusli, kesilgan joylarda pushti yoki och jigar rangga ega. Hidi o’ziga xos bo’lib, atirgul hidini biroz eslatadi.
Kimyoviy tarkibi.
Er osti organlarida olma, vino organik kislotalari mavjud. Triterpenoidlar: ursol, fenolkarbon, gall, kofe, ferula kislotalari. Kumarinlar: umbelliferon, eskuletin, taninlar 6,31%, flavonoidlar: kempferol, kversetin, astragalin, izokversetin, kversemeritrin va antraxinonlar. Er usti qismida kumarinlar, 1,46% taninlar va flavonidlar mavjud.
Tibbiyotda qo’llanilishi.
Oltin tomir ildizidan suyuq ekstrakti toliqqanda stimullovchi vosita sifatida ishlatiladi; asteniyaga moyil insonlarga tavsiya etiladi (ayniqsa, yuqori aqliy mehnat talab qilinadigan ishlarda);somatik va yuqumli kasalliklardan so’ng astenik holatli bemorlar uchun; asab tizimining funksional kasalliklarida – nevrozlarning turli shakllari, vegetativ-qon tomir distoniyasi, gipotenziyada qo’llaniladi. Oltin tomir ekstraktidan yuqori asabiy qo’zg’aluvchanlikning aniq asoratlari kuchayganda, bezgak holatlarida, gipertonik inqirozda qo’llash mumkin emas. Ekstraktdan foydalanganda nojo’ya ta’sirlar kam holatlarda uchraydi.
E’tiboringiz uchun
raxmat!!!
Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling