Farg’ona filiali


Konsol oynasi.Konsolda buyruqlarni bajarish


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana15.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1481625
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Operatsion mustaqil ish

Konsol oynasi.Konsolda buyruqlarni bajarish. 
Konsolga Ctrl+Alt+Fx tugmalar birikmasini terish orqali kirish mumkin (bu 
erda Fx - F1 dan F6 gacha bo'lgan tugmalar). Shundan so'ng foydalanuvchi nomi va 
paroli kiritilishi kerak (parol hech qanday ko'rinmaydi, na yulduzcha, na chiziqcha - 
umuman).Grafik interfeysga qaytish uchun Ctrl+Alt+F7 tugmalar birikmasi 
bosiladi. Konsol ishlashi uchun grafik qobiq umuman kerak emas. 
22-rasm.Консол ойнаси 
Yuklash vaqtida Linux Ubuntu ettita to'liq ekranli konsollarni ishga tushiradi, 
ularning har biri o'z mustaqil seansiga ega.Bu konsollarning birinchisidan 
oltinchisigacha -buyruq qatori interfeysi va ettinchisida grafik rejim ishga tushadi. 
Foydalanuvchi tizim yuklanish vaqtida faqat grafik rejimini ko'radi. 
Quyidagi klaviatura tugmalarini bosib, virtual konsollardan biriga o'tish mumkin: 
Ctrl + Alt + F1 - birinchi virtual konsoli; 
Ctrl + Alt + F2 - ikkinchi virtual konsoli; 
Ctrl + Alt + F3 - uchinchi virtual konsoli; 
Ctrl + Alt + F4 - to'rtinchi virtual konsoli; 
Ctrl + Alt + F5 - beshinchi virtual konsoli; 
Ctrl + Alt + F6 - oltinchi virtual konsoli; 
Ctrl + Alt + F7 - ettinchi virtual konsoli, grafik rejimiga qaytish. 
Terminal bilan bog'liq yuqorida keltirilganlarning hammasi konsol uchun ham 
amal qiladi. Barcha terminal buyruqlari konsolda ishlaydi. Bundan tashqari, terminal 
grafik qobiqda ishlashda konsol yordamchi dasturlaridan foydalanish imkoniyatiga 
ega bo'lish uchun yaratilgan. 
Terminal bo'lsa, nima uchun konsol kerak? Quyidagi misollar yordamida 
tushunib olish mumkin: 
• video karta drayveri bilan bog'liq muammolar bo'lsa, grafik qobiq umuman 
yuklanmasligi mumkin. Bunda konsolga kirish mumkin bo’ladi. Konsol 
buyruqlarini ishlatib, tizimni qayta o'rnatmasdan, drayver muammosini hal 
qilishin mumkin; 
• ba'zida biror dastur xatosi butun grafik qobiqni muzlatib qo'yishi va "qotib 
qolishi"ga olib kelishi mumkin (garchi bu tez -tez sodir bo'lmasa ham). Bunda 
quyidagi buyruq bilan konsolga o'tish mumkin:


top 
qotgan yoki osilib qolgan jarayon va buyruq sonini ko'rib, 
kill -9 jarayon raqami 
buyruq bilan uni tugatish mumkin. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling