Farg’ona filiali


Linuxda konsol va terminal bilan ishlash


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana15.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1481625
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Operatsion mustaqil ish

Linuxda konsol va terminal bilan ishlash 
Linuxning zamonaviy distributivlarida masalan Ubuntuda ikkita interfeys 
mavjud: grafik interfeys va buyruq qatori interfeysi. 
Grafik foydalanuvchi interfeysi (Graphical user interface, GUI). - grafik 
tugmalari, qalqib chiquvchi menyular, oynalar va boshqa elementlar yordamida 
dasturni boshqarishni nazarda tutadi va bunda ko’pgina amallarni sichqoncha 
yordamida bajarish mumkin. 
Grafik foydalanuvchi interfeysi afzalliklari: dastur va uning tarkibini 
vizualizatsiya qilish, dastur imkoniyatlarini hujjatlarni o'qimasdan o'rganish 
mumkin. 
Buyruqlar satri interfeysi (Command Line Interface, CLI). - buyruqlar 
yordamida dasturni boshqarish.
Buyruqlar satri, qobiq, konsol - bu atamalar buyruq kiritish va chiqarishni 
ta'minlaydigan standart kirish / chiqarish qurilmalari yordamida inson-operatorining 
operatsion tizim bilan o'zaro ta'sirini tashkil etish uchun ishlatiladi. Buyruqlar 
harflar, raqamlar, belgilardan iborat bo'lib, satrma -satr yoziladi, Enter tugmachasini 
bosgandan so'ng bajariladi. Bu erda asosiy vosita - klaviatura. 
Buyruqlar satri interfeysi tizim yadrosiga o'rnatilgan bo'lib, u grafik interfeys 
ishga tushmasa ham mavjud bo'ladi. 
Afzalliklari: resurslarning kam sarflanishi, buyruqlar bajariladigan harakatlar 
ro'yxatining moslashuvchanligi, buyruqni avtomatik tarzda bajarish qobiliyati
buyruqlarni nusxalash va joylashtirish qobiliyati.
Konsol va terminal buyruqlarni dasturiy qobiq yordamida bajaradi. 
Dasturiy qobiq - bu buyruqlar tarjimoni, u buyruq satriga kiritilgan 
buyruqlarni taniydi va buyruqni bajarish uchun dasturlarni ishga tushiradi. 
Ubuntuda qobiq sifatida “bash” qobig’i ishlatadi va u bash tilidagi buyruqlarni 
taniydi. 
Bashni boshqa qobiq dastur bilan xam almashtirish mumkin, ulardan bir 
nechtasi bor. Har bir qobiq o'ziga xos sozlash va imkoniyatlarga ega.
Buyruqlar satriga ikki yo'l bilan kirish mumkin: konsol yoki terminal orqali. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling