Farg’ona filiali
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Operatsion mustaqil ish
8-rasm.
Tizim tarkibidagi dastur, ilova va yangilanishlarni o'rnatish parametrlarini tanlash oynasi Shu bilan birga, bu oynada diskni qo'lda bo'lish bilan ovora bo'lishni xohlamasdan, o'rnatish dasturi yordamida qattiq diskni avtomatik ravishda bo’limlarga ajrataish imkoniyatini beruvchi «Стереть диск и установить Ubuntu» (Diskni o'chiring va Ubuntuni o'rnating) variantini xam tanlash mumkin. Agar kompyuterda allaqachon o'rnatilgan tizim bo'lsa, o'rnatuvchi dastur yana bir nechta variantlarni taklif qilishi mumkin, masalan: «Переустановить систему»(Tizimni qayta o'rnatish), «Удалить систему и совершить переустановку»(Tizimni olib tashlash va qayta o'rnatish) va «Установить Ubuntu рядом с уже установленной системой»(Ubuntuni o'rnatilgan tizim yonida o'rnatish-bunda kompyuter yoqilganda, qaysi tizimni yuklashni tanlash mumkin). Tizimni o’rnatish «Другой вариант» bandini tanlab, «Продолжить» tugmasini bosish bilan davom ettiriladi. Odatda bo'sh qattiq diskda bo'limlar bo’lmaydi, shuning uchun ularni yaratish kerak. Buning uchun keying oynada «Новая таблица разделов»(Yangi bo'lim jadvali) tugmasi bosiladi. 9-rasm. Qattiq diskda bo’limlarni yaratish oynasi O'rnatish dasturi yangi bo'lim yaratilishini va bu diskdagi mavjud barcha bo'limlar o'chirilishini ogohlantiradi, bo'sh qattiq disk holatida bo'limlar bo’lmaydi, shuning uchun keying oynada «Продолжить» tugmasi bosiladi. Keyingi oynada yangi bo'lim yaratish uchun «Свободное место» bo’limini tanlab + belgisi bosiladi. 10-rasm. Bo’lim ro’yxatini ko’rish va ularni yaratish oynasi Birinchidan, tizimning o'zi uchun tizim bo'limi (ildiz bo'limi) yaratilishi kerak. Buning uchun keyingi ochiladigan oynada(11-rasm) quyidagi ma'lumotlarni ko'rsatamiz: Размер(Hajmi) - ildiz bo'limi uchun kamida 10-15 Gigabayt hajm ko'rsatish kerak, lekin ko'proq, masalan, 50 Gigabaytni ko'rsatish yanada yaxshiroq; Тип нового раздела(Yangi bo'lim turi) - "Первичный" varianti tanlanadi; Местоположение нового раздела(Yangi bo'limning joylashuvi) - "Начало этого пространства" varianti tanlanadi; Использовать как(Qo'llash) - Ext4 jurnalli fayl tizimini tanlash tavsiya etiladi, chunki bu fayl tizimi ildiz bo'limiga eng mos keladi; Точка монтирования(O'rnatish nuqtasi) - ildiz bo'limi uchun "/" belgisini qo'ying va "OK" tugmasi bosiladi. 11-rasm. Yangi bo’lim yaratish oynasi Tizim bo'limi yaratiladi, endi foydalanuvchi ma'lumotlari saqlab turish uchun alohida bo'lim yaratilishi kerak. Bu bo’lim tizimni qayta o'rnatishda yoki hatto Linux distributivi o'zgartirilayotganda, foydalanuvchining barcha shaxsiy ma'lumotlarini (hujjatlar, rasmlar, videolar) o'z joyida saqlab qolish uchun kerak bo’ladi.Buning uchun, 10-rasmdagi oynada «Свободное место» bo’limini tanlab yana + belgisi bosiladi va ochiladigan oynada(11-rasm) quyidagi ma’lumotlar kiritiladi. Размер(Hajmi) - iloji boricha ko’proq, boshqacha qilib aytganda, qolgan hamma bo’sh joyni ko'rsatish mumkin;; Тип нового раздела(Yangi bo'lim turi) - " Логический" varianti tanlanadi; Местоположение нового раздела(Yangi bo'limning joylashuvi) - "Начало этого пространства" varianti tanlanadi; Использовать как(Qo'llash) - Ext4 jurnalli fayl tizimi tanlanadi; Точка монтирования(O'rnatish nuqtasi) - bo'limi uchun " /home " yozuvi kiritiladi va "OK" tugmasi bosiladi. 11-rasm. Shu yo’l bilan qattiq diskda Tizim fayllari va foydalanuvchi ma’lumotlari uchun ikkita bo’laklar yaratiladi, endi distributivni o'rnatishni boshlash mumkin. Buning uchun «Установить сейчас»(12-rasm) tugmasini bosing. 12-rasm. Shundan keyin, Ubuntu o'rnatuvchisi diskdagi barcha o'zgarishlarni saqlashni so'raydi(13-rasm), aynan shu joygacha oldin qilingan barcha ammalarni bekor qilish mumkin, tizimni o’rnatishni davom ettirish uchun «Продолжить» tugmasini bosish kerak. 13-rasm.Qattiq diskda qilingan o’zgarishlarni saqlash oynasi Shundan so'ng, vaqt mintaqasini tanlash taklif etiladi(14-rasm),kerakli mintaqa tanlanib, «Продолжить» tugmasi bosiladi. 14-rasm.Vaqt bo’yicha mintaqani tanlash oynasi Keyingi qadamda tizim foydalanuvchilari yaratilishi kerak. Ochiladigan oynada(15-rasm) foydalanuvchi ma’lumotlari: Ismi, kompyuter nomi, login, parol kiritiladi va tasdiqlanadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan «Требовать пароль для входа в систему»(Kirish uchun parolni talab qilish) bayroqchasi-parametrini yoqilgan holda qoldirish tavsiya qilinadi. Agar har safar tizimga kirilganda parolni kiritish ehtiyoji bo’lmasa, «Входить в систему автоматически»(tizimga avtomatik kirish) bandini tanlash mumkin (kompyuterdan aniq faqat bitta foydalanuvchi foydalangan holda tavsiya etiladi). 15-rasm.Tizim foydalanuvchisi ma’lumotlarini kiritish oynasi Ma'lumotni kiriting va «Продолжить» tugmasini bosing. Linux Ubuntuni o'rnatish jarayoni boshlanadi va taxminan 10-15 daqiqa davom etadi. Tizimni o’rnatish quyidagi xabar oynasi paydo bo’lganda tugallanadi. «Перезагрузить»(Qayta ishga tushirish) tugmasini bosish bilan yangi o’rnatilgan tizimni qaytadan yuklash mumkin.Yangi o’rnatilgan tizim ish stoli quyidagi ko’rinishga ega: 16-rasm.Ubuntu ish stoli Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling