Tez ishga tushirish panelini ochib, qidiruv maydoniga dastur nomini yozishni
boshlash bilan kiritilgan harflarga qarab mavjud dasturlar ro'yxati taklif qilinadi. Bu
ro’yxatdan kerakli dastur nomi tanlab, uni ishga tushirish mumkin bo’ladi(21-rasm).
Shuningdek ekranning pastki qismidagi "Vikipediya" yoki "Google"
tugmalarini bosib, qidiruv maydonidagi so'zni qidiradigan
saytlarni xam ochish
mumkin bo’ladi.
21-rasm. Dasturlarni nomi bo’yicha saralab ishga tushirish oynasi
Xuddi shunday usulda
fayllarni xam topib, ochish mumkin(22-rasm).
22-rasm. Fayllarni nomi bo’yicha saralab ishga tushirish oynasi
Ishga tushirish vidjeti orqali dasturlarni ishga tushirish
Agar
Win+R yoki Alt+F2 tugmalari bosilsa, dasturni
ishga tushirish vidjeti
ochiladi(23-rasm), unda dastur nomini kiritib, Enter tugmasini bosish bilan uni ishga
tushirish mumkin.
23-rasm. Dasturni ishga tushirish vidjeti
Bu vidjet ilgari kiritilgan
buyruqlarni saqlaydi,
ularni klaviaturadagi
“yuqoriga” va “pastga” tugmachalari bilan tanlash mumkin.
Global menyu orqali dasturlarni ishga tushirish
Global menyudan foydalanish biroz qiyin, buning uchun quyidagi amallarni
bajarish kerak(24-rasm):
1. Navigatsiya maydonini ochish.
2. "Приложения" bo’limini ochish.
3. Keyin kerakli kategoriyani ochish va undan kerakli dasturni topish.
Agar klaviatura yordamida bajarilsa:
1. Navigatsiya maydonini ochish (Win yoki Alt + F1
tugmalari
yordamida)
2. Ctrl + Alt + Tab tugmachalarini bosish va Tab yoki “yuqoriga” va
“pastga” tugmalarini bosib kerakli "Программы" bo’limini tanlash.
3. Tab yoki “yuqoriga” va “pastga”
tugmalaridan foydalanib,
kerakli
dasturni topib, uni ishga tushirish.
24-rasm. Global menyu orqali dasturlarni ishga tushirish