Farg’ona filiali


Dasturlarni ishga tushirish usullari


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana15.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1481625
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Operatsion mustaqil ish

Dasturlarni ishga tushirish usullari. 
Tez ishga tushirish paneli orqali dasturlarni ishga tushirish 
Ekranning chap tomonida joylashgan “Tez ishga tushirish paneli”ni ochish va 
unda kerakli dastur yorlig’ini tanlash. 
Menyudan qidirish maydoni orqali dasturlarni ishga tushirish 


Tez ishga tushirish panelini ochib, qidiruv maydoniga dastur nomini yozishni 
boshlash bilan kiritilgan harflarga qarab mavjud dasturlar ro'yxati taklif qilinadi. Bu 
ro’yxatdan kerakli dastur nomi tanlab, uni ishga tushirish mumkin bo’ladi(21-rasm). 
Shuningdek ekranning pastki qismidagi "Vikipediya" yoki "Google" 
tugmalarini bosib, qidiruv maydonidagi so'zni qidiradigan saytlarni xam ochish 
mumkin bo’ladi. 
21-rasm. Dasturlarni nomi bo’yicha saralab ishga tushirish oynasi
Xuddi shunday usulda fayllarni xam topib, ochish mumkin(22-rasm). 
22-rasm. Fayllarni nomi bo’yicha saralab ishga tushirish oynasi
Ishga tushirish vidjeti orqali dasturlarni ishga tushirish 
Agar Win+R yoki Alt+F2 tugmalari bosilsa, dasturni ishga tushirish vidjeti 
ochiladi(23-rasm), unda dastur nomini kiritib, Enter tugmasini bosish bilan uni ishga 
tushirish mumkin. 
23-rasm. Dasturni ishga tushirish vidjeti 
 
Bu vidjet ilgari kiritilgan buyruqlarni saqlaydi, ularni klaviaturadagi 
“yuqoriga” va “pastga” tugmachalari bilan tanlash mumkin. 


Global menyu orqali dasturlarni ishga tushirish 
Global menyudan foydalanish biroz qiyin, buning uchun quyidagi amallarni 
bajarish kerak(24-rasm): 
1. Navigatsiya maydonini ochish. 
2. "Приложения" bo’limini ochish. 
3. Keyin kerakli kategoriyani ochish va undan kerakli dasturni topish. 
Agar klaviatura yordamida bajarilsa: 
1. Navigatsiya maydonini ochish (Win yoki Alt + F1 tugmalari 
yordamida) 
2. Ctrl + Alt + Tab tugmachalarini bosish va Tab yoki “yuqoriga” va 
“pastga” tugmalarini bosib kerakli "Программы" bo’limini tanlash. 
3. Tab yoki “yuqoriga” va “pastga” tugmalaridan foydalanib, kerakli 
dasturni topib, uni ishga tushirish. 
24-rasm. Global menyu orqali dasturlarni ishga tushirish 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling